Bolalar bilan she'r yodlash Bolalar uchun yozilgan she'riy asarlar mazmuni o‘z xarakteri jihatidan turlichadir. “Bolajon” tayanch dasturida tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘y-xatida o‘qib berish va yodlatish uchun she'rlar ko‘rsatilgan.
Bolalar bilan she'r yodlashda tarbiyachi o‘z oldiga birdaniga bir necha vazifalarni: she'rga nisbatan qiziqish va uni bilish istagini uyg‘otish; umuman she'r mazmunini, ayrim qiyin joy va so‘zlarni tushunib olishga yordam berish; esda saqlab qolishiga erishish; tinglovchilar oldida she'rni ifodali o‘qishga o‘rgatish; poeziyaga nisbatan muhabbat tarbiyalash vazifalarini qo‘yadi.
Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she'r hajmi jihatidan uncha katta bo‘lmasligi, kichik guruhlarda 1—2 banddan oshmasligi, katta guruhlarda sal kattaroq bo‘lishi lozim. Bolalar bir oy ichida o‘rta hisobda 1—2 she'rni (mashg‘ulotda) yod oladilar. Ba'zi asarlarni (ertaklar, ashulalar, sanashlar) bolalar sayr, o‘yin jarayonida beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan yakka ish olib borish uchun ulardan qaysilari tez, qaysilari sekin, qaysilari puxta, qaysilari bo‘sh yod olishlarini yaxshi bilishi kerak.
Birinchi kichik guruhda bolalarga dastlab qofiyadosh nutq o‘rgatiladi. Tarbiyachi guruhcha bilan o‘ynash vaqtida bolalarga parcha, she'rlarni harakatlari bilan o‘qib beradi. Keyinchalik tarbiyachi bolalarning unga parchalarning, she'rlarning so‘zlarini aytishga yordam berishlariga erishishga intiladi.
Kichik guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ko‘rsatmalilik, o‘yin harakatlari, ovozga taqlid qilish va hokazo usullardan keng foydalaniladi. Masalan,
MAVZU: Sh.Sa'dullaning "Lola va Mushuk" she'rini yodlatish. MAQSAD: Bolalarni she'rga qiziqtirish, shs'r mazmunini tushunishlariga yordam berish, turaman-yuvamai, qora mosh - yuvosh kabi qofiyali so‘zlarni qaytarish. Ularga ayrim so‘zlarni birgalikda takrorlashni o‘rgatish. Bolalarda tartibli, ozoda bo‘lishga havas uyg‘otish. Savollarga javob bsrishga o‘rgatish KeRAKLI JIHOZLAR: she'r asosida ishlangan rasm yoki yuz-qo‘lini yuvayotgan qiz bolaning; qora mushukning rasmi. Qo‘g‘irchoq va qora mushukchaiing o‘yinchog‘i.