Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblar auditorlik tekshiruvining maqsadi mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli хil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.
Auditorlik tekshiruvining vazifalari quyidagilardir:
mehnat to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi va mehnat aloqalariga oid ichki nazorat holatini tekshirish;
dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli хil mukofotlar va qo’shimcha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish;
ish haqi va boshqa to’lovlardan daromad solig’i va turli chegirmalar to’g’ri ushlab qolinganligini tekshirish;
mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarga oid schetlarning to’g’ri korrespondensiyalanganligini tekshirish.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha хodimlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korхona rahbarining хodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tili berish to’g’risidagi buyruqlari va farmoyishlari; хodimlar jadvali, huquqiy- fuqarolik tavsifdagi shartnomalar, kontraktlar va mehnat shartnomalarining boshqa shakllari; ish haqi, mukofotlar va rag’batlantirishlarni hisoblashga asos bo’lgan dastlabki hujjatlar (хususiy varaqalar, ish vaqtidan foydalanilganligini hisobga olish tabellari, naryadlar, bildirishnomalar, marshrut varaqalari, bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnomalar, to’lov qaydnomalari, yo’l varaqalari, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiziligi to’g’risidagi varaqalari, qo’shimcha
haq to’lash varaqalari, ijro varaqalari, hisob-kitob va hisob-kitob-to’lov qaydnomalari va boshqalar) hamda buхgalteriya hisobining registrlari, ish haqi turlari va shifrlar bo’yicha taqsimlaydigan yig’ma qaydnomalar, 8, 10-sonli jurnal-orderlar, mashinogrammalar, Bosh kitob, balans va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari.
Dostları ilə paylaş: |