Audio va video materiallarga ishlov berish



Yüklə 151,06 Kb.
səhifə2/3
tarix10.04.2023
ölçüsü151,06 Kb.
#95877
1   2   3
Audio va video materiallarga ishlov berish xojaroy

Shundan so’ng 4-rasmdagi oyna ochiladi va yozilgan audio yozuv “ WMA” kengaytmasi orqadi ko’rsatilgan manzil va nom bilan saqlanadi.
Ovozli fayilga ega bo’ldik endi unga ishlov berish kerak, yani ayrim qismlarini olib tashlash, tovush balandliklarini o’zgartirish, sifatini oshirish, boshqa ovozlar qo’shish mumkin bo’ladi. Buning uchun maxsus audio tahrirlagichlar kerak bo’ladi. Ularning birnechtasi bilan tanishib chiqamiz:
• Windows muhitida:




A
S Ableton Live S Acid Music Studio S Adobe Audition S Adobe Soundbooth S Ardour S Audio Units B
S Band-in-a-Box S Bitwig Studio

C
S Cakewalk Sonar D
S Digital Performer F
S FormatFactory S Free Audio Editor

G
S GarageBand L
S Linux MultiMedia Studio S Logic Pro S Logic Studio







M

S

V







S MAGIX Samplitude

S Schism Tracker

S Virtual ANS







S MiniLyrics

S Sound Forge

S Virtual Studio







S Mp3DirectCut

S Sound Normalizer

Technology







S Music Construction

S SoX (программа)

S Vocaloid







Set

S Steinberg Nuendo

3







N

S SunVox

S N-Track Studio







S Nero WaveEditor

S SuperCollider

S Propellerhead







P

T

Reason







S Pro Tools

S Tracktion (DAW)

S Studio One







R

S Traktor DJ Studio

П







S Real Time

U

S Протокол







AudioSuite

S Utau

описания диска







S REAPER




P







S Record




S Редактор







(программа)




табулатур







S ReCycle













S Rosegarden
















• Android operatsion tizimida

S ocenaudio v3.0.5 S Audacity v2.1.2 S Wavosaur v1.1 S Capriccio v1.2.5 S AZ Audio PolyGrid v1.00 RC1 S Mammut 0.59 S Marek Dolleiser InTune 3.2

S Sionsoft QuickAudio 2.0 S NCH Swift Sound WavePad 4.03
S Steinberg WaveLab v5.01b S Dubstep
S Audiops Audio Pitch And Shift v5.1.0.2 S Audacity 1.3.14 S Free Audio Editor v2010 8.3.2

S Martin Pesch mp3DirectCut 2.12 S Smasher v1.1.6 S Wave Editor S Audio Edit Magic 9.2.15 Build 795 S Acoustica Premium Edition v4.00.357 S Sound Forge v.9.0 S Adobe Audition 2.0 S GoldWave v5.08

iOS operatsion tizimida


S Audio Mastering S Traktor Dj


S GarageBand
Yuqoridagi jadvallardan ko’rinib turibdiki audio fayllarga ishlov berish uchun dasturlarni tanlash imkoniyati keng ekan. Shu kabi dasturlardan biri Sound Forge - ovoz tahrirlagichidir. Bu dasturdning imkoniyatlari juda keng bo’lib yaratilgan ovozli fayillarni yuqoridagi kengaytmalarning biriga keltirish mumkin bo’ladi. Hozirgi kunga kelib bu dastur ovozlar bilan ishlovchi ularni yaratuvchi dasturlar orasida yetakchi hisoblanadi.O’zining tarkibida ovozlarni qayta ishlash uchun hamma imkoniyatlarini mujassamlashtirgan. Quyida shu dastur bilan qisqacha tanishib chiqamiz:

Videofayllar. Analogli va raqamli video
Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli. Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik va hk) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap shundaki, inson ko’zi yuqori yori tilganlikda ham aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug’lik sezuvchan elementlardan tashqari deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va yoritilgan obyektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning natijasida ranglar xususiyatidan ko’ra obyekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi. Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha kichik bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo’ladi.
Analogli video haqida qisqacha ma’lumot
Analogli video - Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va qatorlar (gorizontaliga) hamda kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil bo’lishi uchun sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir necha o’nlab chastotada almashadi.
Television standartlar
Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud:
NTSC (National Television Standard Committee - milliy television standartlar komiteti) amerika standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastotota 60 GGs

  • PAL (Phase Alternation Line - o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, kadrdagi satrlar soni 625. chastota 50 GGs;

  • SECAM (Sequentiel couleur avec memoire - xotirali ranglar ketma-ketligi) fransuz standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs.

Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot
Raqamli video - ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami. Unda raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda qo’llaniladigan tasvirni ekranga chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash imkoniyatiga ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5 MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish tendensiyalari kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga yaqinlashtirilishi analogli signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin almashishiga olib keladi. Dastlab video analogli formatdan raqamli formatga o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan biriga yoziladi. Bu qattiq disk, CD, DVD yoki ixtiyoriy boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni kompyuterdagi dasturlar yordamida namoyish etish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi qadamlar ham aynan raqamli va analogli videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD- Video va HDTV (High Definition TV - yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi.
Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari
CD AVI (Audio Video Interleave - audio va video almashinuvi) - videoni saqlash va Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan format, tasvir va ovozning bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi video yozilishida avval kadr, so’ngra shu kadrga mos ovoz navbatma-navbat yoziladi. Videokadrlarga bo’linishi tabiiy, lekin ovoz uzluksiz oqimga ega bo’lib, sun’iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo’lib olinadi. Agar ovozni ham videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, agar ovoz ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq sinxronligi buziladi, ba’zan ovoz tasvirdan “qochadi”. Bu formatdagi videoyozuvlarda odatda turlicha formatdagi video siqishlar (kompressiya) qo’llaniladi: Microsoft Video (8­va 16-bitli ranglarda), Motion JPEG, Microsoft RLE (8-bitli ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan Video for Windows dasturiy to’plami qo’llanilgan, lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning uchun juday qulay imkoniyatlar ham mavjud. Bu imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft companiyasi AVI formatni almashtirishga mo’ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced Streaming Format - mukammallashgan potoklar formati) va AAF (Advanced Authoring Format) formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi. Bunda eski AVI formati ham qo’llanishda davom etib, AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Quick Time Movie (.qt, .mov) - Adobe firmasi tomonidan Quick Time texnologiyalari asosida yaratilgan video yozish va namoyish etish uchun keng tarqalgan formatlardan biri. Turli videolarni ciqish formatini podderjka qiladi, shu jumladan MPEG va Indeo formatlarini ham, shuningdek, uzining xususiy kompressiya uslubiga ham ega. Mustaqil “yo’lakchalar”ga (video va audio) ma’lumot yozish imkoniyati mazkur formatning muhim jihati hisoblanadi
Videoma’lumotlar turli yo’lakchalarda turli chastotalarga va razresheniyaga, audioma’lumotlar - turlicha formatga ega bo’lishi mumkin va hk.
MPEG (Motion JPEG)(.mpg, .mpeg, .dat) - Harakatli tasvirlar bo’yicha ekspertlar guruhi (MPEG - Moving Picture Expert Group) tomonidan video yozish va namoyish etish uchun ishlab chiqilgan format. O’zining xususiy kompressiya algoritmiga ega. Hozirgi kunda raqamli videolarni yozish uchun faol qo’llanilayotgan MPEG-4 algoritmi ishlab chiqilgan.
Digital Video (.DV) - Raqamli videokamera va videomagnitofonlar uchun yaratilgan format. Aslida bu format emas balki DV firmasi tomonidan ishlab chiqilgan siqish diapazoni, kodlash standarti kabi xususiyatlarni aniqlovchi spessifikatsiya. Signal tarkibiy qismli, MJPEG siqish metodi 5:1 koeffitsiyentli.
Videoma’lumotlarni siqish
Videoma’lumotlarni siqishning asosiy ko’rinishlari:

  • oddiy, real vaqt rejimida;

  • simmetrik va asimmetrik;

  • sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida;

Videopotokni siqish yoki kadrlar bo’yicha siqish.

  1. Oddiy siqish (real vaqt rejimida).

Ko’pchilik tizimlar videoni raqamlashtirish bilan bir qatorda ularni siqadi ham. Bu operatsiyani sifatli bajarish uchun maxsus quvvatli prossessor talab qilinadi, shu sababli ko’pchilik kompyuterlardagi video kiritish/chiqarish platalari to’liq metrajli videolarni tahrirlash imkoniyatiga ega emas va ko’pincha kadrlarni o’tkazib yuboradi. O’tkazib yuborilgan kadrlar videotasvirlar silliqligini buzadi. Bundan tashqari kadrlar o’tkazib yuborilishi ovoz va tasvir sinxronligini buzilishiga olib keladi. Shu sababli raqamlashtirishda qo’llanuvchi videoplata sekundiga 24 kadrdan kam bo’lmagan tezlikni ta’minlashi va kadr o’tkazib yubormasligi zarur. Bu tasvir buzilishiga yo’l qo’ymaydi.

  1. Simmetrik va asimmetrik siqish.

Farq videoni siqish va dekompressiya uslubi bilan bog’liq. Simmetrik siqish 640x480 razresheniya bilan sekundiga 30 kadr tezlikda videofragmentni namoyish etishni taqozo etadi, agar uni raqamlashtirish va yozish xuddi shu parametrlar bilan bajarilgan bo ’lsa. Asimmetrik siqish - bu yetarlicha kattaroq vaqtda sekundiga videoni qayta ishlash jarayoni. Asimmetriklik darajasi odatda nisbat ko’rinishida beriladi. 150:1 nisbat siqilgan videoning bir minuti real vaqtdagi taxminan 150 minutga to’g’ri kelishini bildiradi. Asimmetrik siqish sifatli videoga va uning namoyishi tezligidagi optimallikka erishish uchun juda qulay va samarali uslub hisoblanadi. Lekin bu uslubda to’liq metrajli rolikni kodlash juda ko’p vaqt olishi mumkin, shu sababli ham bu kabi jarayonlar ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tomonidan bajariladi.

  1. Sifat yo’qotiladigan yoki yo’qotilmaydigan siqish.

Sifat yo’qotmasdan siqish usullari ko’p emas: ko’p uchraydigan baytlar kombinatsiyasi kichikroq bitlilariga yoki aniq qiymatlar ketma-ketligi kodlarga almashtiriladi. Siqish darajasi fayl tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy holatda ma’lumotlarga dekompressiya (manba ma’lumotlarini tiklash) uchun ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi ma’lumotlar tanlangan algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin. Hatto muvaffaqiyatli holda ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi. Ikki marta siqishning o’zi muvaffaqiyat.
Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati qo’llaniladi, go’yoki ko’zga sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti qancha yuqori bo’lsa, video sifati shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga sezilarli darajada bo’lmasada, manba va siqilgan material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video bilan ishlashda professionallar siqish koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi. Uni asimmetrik siqish koeffitsiyenti bilan chalkashtirmaslik kerak.
Bundan tashqari, video sifati faqatgina siqish algoritmiga bog’liq emas, sifat raqamlivideoplata parametrlariga, kompyuter konfiguratsiyasiga va hatto dasturiy ta’minotga bog’liq bo’ladi. Videotasvirlarni raqamlashtirish uchun plata tanlanayotganda raqamli video parametrlarini boshqarish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Videolarni raqamlashtirish va siqish uchun mo’ljallangan yaxshi tizim videotizimning texnik va dasturiy qismlari uchun muhim parametrlari ustida amallar bajara olishi kerak. Ko’pchilik hollarda videoning namoyish etish tezligi (kadrlar chastotasi/s) hal qiluvchi qiymatga ega bo’ladi, lekin bunday hollarda to’liq ekranli rejimda ishlashni rad etishga to’g’ri keladi. Boshqa hollarda esa sekundiga 15 kadrli tezlik yetarli bo’ladi, lekin bunda kadrlar sifati ideal bo’lishi lozim. Videolarni raqamlashtirish va siqish qurilmalari va dasturiy ta’minoti bu operatsiyalarni boshqara olishi kerak. Siqish uslublari juda ko’pchilikni tashkil qilishiga qaramasdan videolarni siqishning faqat MPEG (MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4) xalqaro standarti tan olingan.

  1. MPEG texnologiyasida potokli video siqish uslubi qo’llaniladi, bunda har bir kadr alohida qayta ishlanmaydi, video fragmentlarning dinamik o’zgarishlari tahlil qilinadi va ortiqcha ma’lumotlarni yo’qotish amalga oshiriladi. Ko’pchilik fragmentlarda tasvir foni yetarlicha stabil qoladi, harakat esa oldingi fonda amalga oshiriladi. Shu sababli MPEG algoritmi siqishni manba (kalit) kadrini yaratishdan boshlanadi. Qolgan tasvirlarni tiklashda tayanch kadr vazifasini o’tagan holda ular navbati bilan har 10-15 kadrga ko’chirib boriladi. Faqat ular orasida joylashgan ba’zi tasvir fragmentlari o’zgarishga duch keladi. Aynan ana shu farq siqishda saqlanib qoladi. MPEG-texnologiyasini qo’llash natijasida ba’zi sifat yo’qotishga olib kelsada, 200:1 dan ham yuqori siqish koeffitsiyentiga ega bo’lsih mumkin.

Videomontaj texnologik jarayonlari haqida
Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayoni hozirgi vaqtda uchta asosiy operatsiyani o’z ichiga oladi: raqamlashtirish, raqamlashtirilgan videoni qandaydir axborot tashuvchida saqlash va raqamlashtirilgan tasvirlarni dasturiy vositalar yordamida o’zgartirish.
Raqamlashtirish - bu analogli manba (masalan, videokamera) signalini raqamli shaklga aylantirish hisoblanadi. Raqamli videokameradan foydalanilganda bu operatsiyaga hojat qolmaydi, chunki bunda raqamlashgan signalga ega bo’lamiz. Almashtirish aniqligi ikkita asosiy xarakteristika: raqamlashtirish darajasi va diskretizatsiya chastotasiga bog’liq bo’ladi. Raqamlashtirish darajasi deganda kiruvchi signallar bo’linadigan amplitudalar bo’yicha darajalar soni tushuniladi. 256 darajaga bo’linganida ma’lumot yo’qotilmasligi aniqlangan. Diskretizatsiya chastotasiga raqamlanayotgan tasvir razresheniyasi bog’liq bo’ladi. Masalan, 720x576 razresheniyeda diskretizatsiya chastotasi 13.5 MGsni tashkil qiladi.
Ikkinchi amal - raqamlangan tasvirning qaysidir axborot tashuvchida saqlanishi bo’lib, texnik tomondan jarayondagi eng murakkab amal hisoblanadi. Buning uchun turlicha ma’lumotlarni siqish texnik-dasturiy uslublar qo’llaniladi.
Uchinchi amal - raqamlashtirilgan va siqilgan tasvir va ovozni dastiy vositalar yordamida o’zgartirish bo’lib, bu jarayon yakunida olingan natijani qiyinchiliksiz axborot tashuvchilarda saqlash mumkin bo’ladi. Bu amallar asosan kompyuter qurilmalari yordamida bajariladi.

  • Windows muhitida:



  • Windows muhitida:



• iOS operatsion tizimida

S fxguru: movie fx director

S wevideo

S magisto

S vidcutter

S androvid video editor

S klipmix

S mvideocut

S vidtrim

S andromedia video editor

S vivavideo

S kinemaster/kinemaster

S videoshow

pro







S Vizzywig

S VideoGrade 4.0.3

S iMovie 2.2.1

S Videolicious 3.6.1

S Videoshop 5.2.2

S Action Movie FX 3.2.3

S Cute CUT 1.7.4

S Splice 3.3.0

S SlideStory 1.5.7

S Clipper 1.5

S Vizzywig 5.0

S Drop’n’Roll 3.2

S Pinnacle Studio 5.4.9






Yüklə 151,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin