Epchil -Ishni tez va uddaburonlik bilan bajarish qobiliyatiga ega;uddaburon.”Mening oilam”. (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.1-qism.15-bet)
Erka
Epchil -Ishni tez va uddaburonlik bilan bajarish qobiliyatiga ega;uddaburon.”Mening oilam”. (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.1-qism.15-bet)
Erka-Mehr,suyish hissi bilan munosabatda bo’linadigan;suyukli.Erkalatib chaqirmoqchi bo’lsangiz ,Hoshimjon deb aytasiz.”Mening oilam”. (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.1-qism.7-bet)
F
Farq-Narsalar orasidagi nomuvofiqlik,noo’xshashlik;Ayirma,Tafovut.Ular o’rtasidagi farqni tushuntiring.”Ertakdagi qahramon”. (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.2-qism.13-bet)
Futbol-har biri 11 kishidan iborat ikkita kamandaning bir-birining darvozasiga oyoq,bosh,yelka zarba bilan ko’proq to’p kiritishga asoslangan sport o’yini.Men futbol to’garagini yaxshi ko’raman.”Kun tartibi”. (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.1-qism.19-bet)
Ferma-chorva mollari va parrandalarni yetishtirish (Boqish va saqlash)uchun mo’ljallangan bino.Oyim bo’lsa uyimizdan 300 metr naridagi fermada sigir sog’adi.”Mening oilam” (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.1-qism.7-bet)
G
Gripp-nafas yo’lining yallig’lanishi va haroratning ko’tarilishi bilan harakterlanadigan yuqumli kasallik.Yaqinlashib qarasa gripp ekan.”Takrorlash.Endi gripp bo’lmayman” (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.2-qism.90-bet)
Gulxan-Isinish yoki boshqa biror maqsatda o’tin qalab,ataylab yondirilgan o’t,alanga.Daraxt Shoxini olib qochib, Keyin gaulxan yoqishfgan.”Siz buni bilasizmi?”. “Gugurtga qadar”hikoyasi.”Ixtirolar sarguzashti”kitobidan.(1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.2-qism.86-bet)
Grafit-Sof uglevodning bir turi,to’q kulrang yoki qora tusli mineral.Hozirda Qalam ishlab chiqarishda grafit degan toshdan foydalaniladi.”Siz buni bilasizmi?: “Qalamga qadar”hikoyasi. .”Ixtirolar sarguzashti”kitobidan (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.2-qism.85-bet)
H
Hiyla-Aldash uchun ishlatiladigan yo’l:aldovchi, chalg’ituvchi ish, tadbir, xatti-harakat: nayrang, firib. Serkaboboning hiylasi. “Ertakdagi qahramon”. (1-sinf.O'qish va Ona tili savodxonligi.2-qism.10-bet)