Audit ishchi dasturini tayyorlash va tuzish Begzod oripov
ga muvofiq amalga oshiriladi. «Auditni rejalashtirish» nomli 3-AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim.
«Auditni rejalashtirish» nomli №3 AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim. Standartga muvofiq, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:.
Qonunchilikda belgilangan tartibga ko’ra, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar 3-sonli “Auditni rejalashtirish” nomli AFMS asosida amalga oshirilishi majburiy etib belgilangan bo’lsada, biroq, amaliyotda auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur standart talablari yoki unda belgilangan tartib-qoidalarga tekshiruvlar jarayonida to’liq amal qilinmayapti yoki har bir tekshiruvning umumiy rejasi va dasturi turlicha yondashuvlar asosida tayyorlanib kelinmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilrok to’xtalib o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim.
«Auditni rejalashtirish» nomli №3 AFMS har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim.