Tahliliy amallar nima? A. Bu auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash;
B. Bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarni aks ettirish;
C. Bu mijoz korxonani inventarizatsiya qilish;
D. Bu mijoz korxonaning arifmetir hisob-kitoblarini tekshirish;
ANSWER: A
Qaysi javobda ekspertga to’g’ri ta’rif berilgan? A. Auditor tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalteriya hisobi va auditdan boshqa ma’lum sohalarda etarli darajadagi bilim va tajribaga ega, taalluqli masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan shaxs;
B. Auditor tashkilotining shtatida turmaydigan, faqat buxgalteriya hisobi sohalarda etarli darajadagi bilim va tajribaga ega shaxs;
C. Auditor tashkilotining shtatida turadigan, buxgalteriya hisobi va auditdan boshqa ma’lum sohalarda etarli darajadagi bilim va tajribaga ega, taalluqli masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan shaxs;
D. Auditor tashkilotining shtatida turadigan, audit sohasi bo’yicha etarli darajadagi bilim va tajribaga ega shaxs;
ANSWER: A
Auditorlik tanlash - ? A. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir;
B. Bu alohida yozuvlar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir;
C. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan moddalardir;
D. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun tanlab olingan elementlardir;
ANSWER: A
O`zbekistonda Majburiy auditorlik tekshiruvining o‘tkazish muddati qanday? A. Hisobot yilidan keyingi yilning 15 - iyunigacha;
B. Hisobot yilidan keyingi yilning 1 - fevraligacha;
C. Hisobot yilidan keyingi yilning 15- apreligacha;
D. Hisobot yilidan keyingi yilning 1- martigacha;
ANSWER: A