Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari. Auditorlik tekshiruvining turlari



Yüklə 35,74 Kb.
səhifə2/2
tarix26.09.2023
ölçüsü35,74 Kb.
#149140
1   2
alisher aka audit

operatsion audit –boshqaruv masalalari bo’yicha korxonaning turli tarkibiy bo’linmalariga maslahat berish kabi faoliyat (masalan, marketing ishlarini baholash, korxona tarkibiy tuzilmasini baholash va sh. k.);
muvofiqlik auditi – ushbu korxona bo’linmalari faoliyati, uning ma’muriyati va zarur bo’lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan, tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan tekshirish va baholash, risklarni kamaytirish va h.k.
AQSHda ichki auditorlarning professional tashkilotlari 1941 yilda tashkil topgan bo’lib, Ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of Internal Auditors) deb nomlangan. U hech qancha vaqt o’tmasdan «Тaraqqiyotga hamkorlik orqali erishiladi» degan shior bilan chiqqan. O’tgan asrning 70 yillarida institut o’zining xalqaro markazini Florida shtatiga ko’chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar negizida qurilgan:
Ichki auditorlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o’z manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish, hamda malaka mahoratini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib chiqqan. Institut ichki aditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi, umumta’lim faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot me’yorlarini ishlab chiqadi. U o’z funksiyalarini va ichki auditorlar xizmatlarini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda.
Institut ichki auditorlarning professional olamida yuqori obro’ga ega. Uning dunyo bo’yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning AQSHdagi bo’limlaridan tashqari Avstraliya, ХХR, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va SHimoliy Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud.
Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Auditning predmeti taftishdan o’laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning to’g’riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga to’liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi.
Auditning o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Korxonada audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini talab qiladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari bir-biridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p.
Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. SHuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. SHunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.


1





2.




3


Yüklə 35,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin