4. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning rivojlanish bosqichlari So’nggi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida audit sohasi moliyaviy bozorning muhim elementlaridan biri sifatida jiddiy ravishda isloh qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, ushbu hodisaga tadbirkorlik tizimlarining faoliyat yuritishi va rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarining o’zgarishi, xususan kelgusida global dolzarb vazifalarni echish doirasida integratsiya jarayonlarining faollashuvi, auditorlik faoliyatining dunyoning iqtisodiyoti ko’proq modernizatsiyalashgan mamlakatlari hamda hududiy va xalqaro iqtisodiy birlashmalarni shakllantirishga intilishi, so’nggi yillarda biznes faoliyatini rivojlantirishning intellektual omillarining kuchayishi, zamonaviy informatsion texnologiyalaridan foydalanish va boshqalar sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston jahon xo’jalik tizimining teng huquqli a’zosi bo’lib borar ekan, mamlakatimiz audit tizimining rivojlanishiga xalqaro tajriba yanada kattaroq ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (4chizmaga qarang). Bunga muvofiq auditorlik faoliyatini tartibga solishda bosh qomusimiz Respublika Kostituttsiyasi va undan so’ng “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun hamda Oliy majlis palatalarining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlari muhim ahamiyatga kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.