Auditorlik tekshiruvida firibgarlikni aniqlash


Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi



Yüklə 297,45 Kb.
səhifə2/4
tarix18.09.2023
ölçüsü297,45 Kb.
#145211
1   2   3   4
Auditorlik tekshiruvida firibgarlikni aniqlash-fayllar.doc

2. Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi
“Firibgarlik” terminii bundan 30 yil oldin Don Kressi tomonidan kiritilgan edi. Don Kressi firibgarlik mohiyatini o’rganib, barcha firibgarlikda mavjud bo’lgan uchta omilni ajratib ko’rsatdi. Keyingi yigirma yil davrda firibgarlik uchburchak modeli mustahkamlandi. Ilovada berilgan firibgarlikning uchta elementi quyidagilarni o’z ichiga kamrab oladi:

  • Firibgarlikni amalga oshirish uchun rag’bat;

  • Firibgarlikni amalga oshirish va uni yashirish imkoniyati;

  • Ratsionalizatsiya – o’z firibgarliginii oqlash uchun kerak bo’lgan firibgarning fikrlash tarzi.

Moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lgan katta qo’llamli salat yog’i firibgarigi bugungi kundagi firibgarlikka misol bo’la oladi. Mazkur firibgarlik Nyu-Djersida Xom ashyo o’simlik yog’i Itifoqi tomonidan amalga oshirilgan edi. Uning kontseptsiyasi oddiy bo’lgan: kompaniya o’zining amalda mavjud bo’lmagan zaxiralarini ko’p deb ta’kidlab, o’zining moliyaviy holatini yuqori ko’rsatadi. Ortiqcha ko’rsatillgan aktivlar kompaniyaga xarajatlarni kamaytirib, daromadlarni ortiqcha ko’rsatishga imkon beradi. Umuman olganda firibgarlik kreditorlar va ta’minotchilarga tahminan 150 mln AQSh dollariga aylandi (jorriy kursada 1 mlrd dollar). Firibgarlik oddiy tusda sodir qilingan edi. Kompaniya katta tsisternalarda salat yog’ini saqlagan, U katta hajmda o’simlik yog’igko’rib chiqqan. Firibgarlik kompaniya tomonidan quyidagicha amalga oshirilgan:

  • Birinchidan, u tsisternalarni katta hajmdagi suv bilan to’ldirigan.

  • Ikkinchidan, oqibatda suvning sathi yog’ bilan qoplanadi. Buning natijasida auditor tsisternani tekshirganda uning yuqori, ya’ni yog’li sathini ko’rgan.

  • Uchinchidan, kompaniya auditorning tekshiruv marshrutini hisobga ollib, bir tsisternadan ikkinchi tsesternaga suvni haydab turgan.


Mazkur firibgarlik bugungi kunda ham ayrim firibgarlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunki nopok shaxslar firibgarlikni amalga oshirish maqsadida inventirizatsiyadagi kamchiliklardan foydalanmoqda. Mazkur elementlar bilan bog’liq omillar firibgarlik yoki qizil bayroqlar riski omillari deb nomlanadi. Oddiy misol sifatida qurilish kompaniyada sodir bo’lgan firibgarlik ko’rsatiladi. Kompaniya yo’l qoplamasi tagidan kanalizatsiya va suv oqish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirdi. Dastlab bu ishlar uncha katta bo’lmagan summadan boshlanib, ish yakunida bir yilda undan olingan daromad 30 mln dollarni tashkil qildi. Qurilish ishlari Michigan va Kolorodo shtatlarining turli xududlarida amalga oshirlgan. Kompaniyalar ko’p holatlarda qurilish materiallarini ish bajarilayotgan joydan sotib oladi. Bitimga qurilish vakilari imzo qo’yyadi va to’lovni amalga oshirish uchun u buxgalteriyaga yuboriladi. Firibgarlik uchburchagi mazkur holatda qanday ishlashini ko’rib chiqamiz. Firibgarlikning mohiyati shundan iboratki, buxgalter sohta ta’minot uchun qalbaki xujjat tayyorlaydi. To’lovni amalga oshirish maqsadida hisob yozuvini, kvitantsiyani va xaridga buyurtma tayyorlaydi. Birinchidan, firibgarlik amalga oshirilishi uchun qandy rag’batlar mavjud bo’lgan? Buxgalter ko’p sonli moliyaviy muammolar bilan duch kelgan. Bu muammolar qarib qolgan ota-onalarini boqish, ularning dori-dormonga ketgan xarajatlarini o’z zimmasiga olish kabilardan iborat bo’lgan. Ikkinchidan, yangi prezident xarajat moddalarini hali belgilashga o’lgurmagan. Chunki imkoniyat bu uchun mavjud emas edi. Uchinchidan, oqilona harakat qilish ancha murakab bo’lgan. Firibgar bunday firibgarlikda bir marta qo’shimcha daromad olish va u xech qachon fosh etilmasligiga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, bu firibgarlik keyincha yanada foyda keltirish mumkinligi to’g’risida o’ylagan. Bu ishning boshqa bir nozik tomoni shundan iborat ediki, yangi prezident barcha vitse-prezidentlarni takdim qilgandan so’ng superrvizorlar yangi pikaplarga ega bo’lgan. Buxgalter esa bittasiga ham ega bo’lmadi. U xatto bonus ham olmadi. Buxgalterning fikricha, u olgan pullar raxbariyat va vitse-prezidentlar olayotgan puldan uncha farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda u o’z xatti-xarakatini oqilona bilib, to’lovlarni haqiqiy olayotganligiga o’zini ishontirdi. Agar firibgarlikning mazkur uch elementlarining biri ( tibbiy muxtojlik, nazoratning ichki vositalariniing yomon holatda bo’lganligi, ratsionalizatsiyalash) bo’lmaganda edi, uning sodir etilish ehtimoli mavjud bo’lmas edi. Shunday qilib, auditor firibgarlik sodir etilishi ehtimolini ko’rib chiqqayotganda –aktivlarni noqonuniy o’zlashtirilishi, moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi – firibgarlik uchburchagining elementlarini hisobga olib, ish boshlashi lozim. Firibgar sodir etilishiga sababchi bo’lgan rag’bat yoki bosim. Auditorlik guruh har bir tadbir bo’yicha firib sodir etilishiga bo’lgan rag’bat yoki bosimni , shu jumladan firibgarlik sodir etililshi mumkin bo’lgan ehtimoliy sohalarni ham ko’rib chiqishi lozim. Bu rag’batlar quyidagilarni kamrab oladi:

  • kompensatsiyaning boshqaruv chizmasi;

  • har qanday yaxshi foyda yoki yaxshilangan balans uchun boshqa moliyaviy bosimlar;

  • qarz shartnomalari;

  • aktsiyalar optsioni qo’llashining oxirigacha yoki muddati tugaguncha;

  • moliyaviy natijalar , kompaniya faoliyatining og’ir ahvoli yoki kompaniya faoliyatining davom etilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy farofonlik;

Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish rag’batlari quyidagilarni kamrab oladi:

  • jiddiy moliyaviy ishlar kabi shaxsiy omilllar;

  • shaxsiy daromad imkon bermagan farovon hayot kechirish uchun oila, do’stlar tomonidan ko’rsatilgan bosim;

  • Qimor o’yinlarga va norkotiklarga moyillik.

Firibgarlikni sodir etish imkoniyati. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati firibgarlik tadqiqotlarining asosiy va izchil jihatlari hisoblanadi. “Har bir kishi firibgarlikni sodir etish mumkin” tushuncha o’z oydinligiga qaramasdan u aslida ko’p ma’nolarni bildiradi. Bu degani nafaqat firibgarlik sodir etish uchun imkoniyat borligini, balki nazorat yo’qligini yoki bitimlar bilan bog’liq murakabliklar mavjudligini va bunday holatda jinoyatchi qo’lga tushish imkonniyati past ekanligini bildiradi. Auditor ko’rib chiqishi kerak bo’lgan firibgarlikni amalga oshirish imkoniyatlari quyidagilarni kamrab oladi:

  • Ishtirokchilar bilan katta bitimlar tuzish;

  • Kompaniyaning tanlagan munosabati ta’minotchi va mijozlarga muddat va shartlarni qo’yish imkoniyatining mavjudligi yoki mavjud emasligini bildiradi. Bu holat shaxslarga firibgarlik operatsiyalarni amalga oshirish uchun imkon beradi evi bermaydi;

  • Rahbariyatning aktivlar yoki buxgalteriya baholarida kelisha olmasligi.

  • Murakab yoki nobarqaror tashkiliy tuzilma.

  • Nazoratnin kuchsiz yoki mavjud bo’lmagan ichki vositalari.


Yüklə 297,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin