“Avestoda”da oila va unda ayolning tutgan o’rni
Saidov Javohir Olimjon o’g’li
Jizzax davlat pedagogika instituti
Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”
da oila masalasiga jiddiy e’tibor berilganligi, jamiyat va oiladagi ayollarning tutgan
o’rni masalalari tarixiy ildizlari xususida muallifning fikr va mulohazalari o’rin
olgan.
Kalit so’zlar: Avesto, Oila, Ayol, jamiyat, Ashovan, Axuramazda, Daena,
Sovasri.
Tarix fani ibtidoiy davrni o’rganishda mazkur davrdagi xotin – qizlarga
munosabat, ularni jamiyat hayotida egallagan mavqelari ijtimoiy faolliklarini
ta’minlovchi omillar: mintaqaviv tabiiy muhit, mehnat turlari, oilaning jamiyatdagi
o’rni masalasiga alohida e’tibor qaratadi.
Ma’lumki jamiyat a’zolarining yarmini tashkil qiladigan xotin – qizlar
barcha zamonlarda moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishda erkaklar bilan bab
– barobar mehnat qilib kelganlar. Bashariyat tarixi zarvaraqlarida ayol zakovati –
yu jasorati, karomati – yu matonati borasida juda ko’plab misollar keltirilgan.
Shuning uchun ham hamma ma’naviyati yuksak yurtlarda ayollar oilaning
tarbiyachisi – ona, elning teng huquqli a’zosi sifatida e’zozlangan, huquqlari
doimo himoya qilingan.
Ko’hna Sharq tarixi haqida ma’lumot beruvchi eng qadimiy manbalardan
biri bo’lgan “Avesto” da ham oila, uning o’rni, unda ayollarning huquq va
burchlari, xotin – qizlarning jamiyatda tutgan o’rni, onalarning oiladagi mavqeyi
kabi masalalarga to’xtalib o’tilgan. Bu be’jiz emas albatta chunki xotin – qizlar
kelajak avlodni dunyoga keltiruvchi va uni tarbiya etuvchi mo’tabar zotlar
hisoblanishadi. Shuning uchun ham Zardushtiylik dinida qiz bolaning tarbiyasiga,
hunar egallashiga alohida e’tibor qaratilgan. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra har bir
ota – ona o’z qizini balog’at yoshiga yetguncha o’z zamonasining barcha
hunarlarini bilishini taminlashi, mol boqish-u ro’zg’or tutishni mukammal
o’rgatish, e’tiqodda bosiq, pokiza qilib tarbiyalashi zarur qilib belgilangan
1
. Bu
jihatlar birinchidan qiz bolani saramjomlik, pokizalik va isrofgarchiliksiz hayot
kechirishini ta’minlasa, boshqa jihatdan yangi hayotda qiynalmasligini va o’sha
joy odamlarini mehrini qozonishiga ko’maklashadi.
Buning uchun qiz bola ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan barkamol bo’lmog’i
zarur. Bunda shubhasizki onaning roli va mavqeyi ancha yuksakdir
2
.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da baxtli makon haqida so’z
yuritiladi. Zardusht Axuramazdadan dunyodagi eng baxtli joyni so’raganida u
“Bunday joy bir Ashovan uy tiklagan makondir. O’sha makonda mo’bad ro’zg’or
tebratadi. Uy bekasi, farzandlar, sigirlar galasi va suruvlar yashaydi. Bu uyda
sigirlar galasi yaxshi parvarish etiladi. Uy bekasi baxtiyor, farzandlar shodmon.
Hamisha olov gurillab turadi”
3
deb javob beradi. Yuqoridagi jumladan ham
ko’rinib turibdiki, ayol o’zini baxtli sezgan makon dunyodagi eng baxtli makondir.
Ayol o’zini sevimli yori va bolalari davrasida baxtli bo’lishini hisobga olsak
shubhasiz eng baxtli joy bu - oila hisoblanadi.
Xotin – qizlar jamiyatda erkaklar bilan teng hurmat e’tiborda bo’lish bilan
bir qatorda ular bilan bir safda ta’lim tarbiya olishadi. Biz buni hatto
Zardushtiylikda Oliy Tangri Axura – Mazdaga qilingan iltijo va murojaatlarda ham
ko’ramiz: “Axura – Mazda yaratgan yaxshilik g’oyasiga, sog’lom, aql – xushi tetik
farzandlarga, uzoqni ko’ra biladigan, jasur, dono, turli tillarni biladigan o’g’il –
qizlarga olqishlar bo’lsin!”
4
.
Yigit – qizlarning oila qurishi doimo jamoa, ota – ona izmida bo’lgan. Ular
agar kattalarning roziligini olmay turmush qurishsa, butun jamoa oldida merosdan
mahrum etilganliklari e’lon qilingan. Oila qurishda yigit tomon har doim biror
hunar biladigan, uy – ro’zg’or sirlaridan xabari bo’lgan va albatta nasli toza
qizlarni kelinlikka tanlashgan. Agarda yer yuzida inson zurriyotining ko’payishiga
1
Xomidiy.X. Avestodan shohnomagacha. T.: 2007, 109-bet.
2
o’sha manba 110-bet.
3
Avesto.(A.Maxkam tarjimasi) – T.: Sharq. 2001, 113-bet
4
Boboyev X. Xasanov S. “Avesto – ma’navyatimiz sarchashmasi. T.: 2001. 104-bet.
qarshi chiqib, turmush qurmay yurgan qiz bo’lsa, u qopga solinib, 25 qamchin
kaltaklangan
5
.
Ayollarning jamiyatda va oilada tutgan o’rni benihoya kattadir. Uning
jamiyatda, oilada va insoniyat tarixida tutgan o’rniga berilgan eng adolatli baho
quyidagi fikrdir balki: “Dastlabki kundayoq Axuramazda ayollarga buyurdi: ey
ayol! Seni e’tiqodli va pahlavon erkaklarni vujudga keltirib, mehr to’la
og’ushingda parvarish et, deb yaratdim toki ular nodurustlik va nopoklik ildizini
yer yuzidan yo’qotsinlar
6
”.
“Avesto”da shu jihati e’tiborliki ayollar nomi ham ramziy, ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Jumladan inson vafot etgandan so’ng ruhni go’zal qiz Daena
olib ketadi
7
. Bundan tashqari yodgorlik matnida xotinlar “Rita Siyabonu” yoki
“Oshabonu” deb yuritilib buning ma’nosi quydagichadir “poklik va rostlik
nuri”dir. Bu jihatdan ko’rinib turibdiki ayollar poklik va haqiqat ramzi
hisoblanishgan va buni amalda namoyon ham etishgan. Bundan tashqari “Avesto”
da singil so’zi “Sovasri” tarzida berilgan bo’lib, “Muqaddas va hayrihox”
ma’nosini anglatgan.
Oilada ayol farzand tarbiyachisi bo’lishi bilan birga mehribon rafiqa hamdir.
Jamiyatimizda esa ayollar olima, shoira, murabbiy, ijodkor, tadbirkor, mohir
boshqaruvchi kabi ma’sulyatli ishlarda erkaklar bilan bir qatorda samarali mehnat
qilib kelmoqdalar. Darhaqiqat ayolga bo’lgan munosabatni birinchi o’ringa
qo’yish, ayolning hurmat – izzatini joyiga qo’yish, uning mavqeyini yanada
yuksaklarga ko’tarish davr talabidir.
Yuqorida takidlangan fikr muloxazalardan shunday xulosa qilish mumkinki,
hozirgi kunda jamiyat yuksalgan sari tariximizga, milliy qadriyatlarimizga e’tibor
juda kuchayib bormoqda. Mana shunday milliy qadryatlarimizdan biri ayolga
munosabat masalasidir. Bu masala eng dolzarb masala bo’lib, jamiyatimiz
taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Chunki oila ayol bilan farovon, tinch, mustahkamdir.
Oila tinch bo’lsa jamiyatimiz, butun davlatimiz yurtimiz tinchdir. Oila bilan
5
Xomidov X. “Shohnoma”ning shuxrati. T.: 1991,92-bet.
6
Xomidiy.X. Avestodan shohnomagacha. T.: 2007, 114- bet.
7
Sulaymonova F. Sharq va g’arb. T.: O’zbekiston. 1997, 27-bet.
ayollarimiz erkaklarga nisbatan ko’proq bog’langandir. Muhtaram Birinchi
Prezdentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ayol avvalo har bir insonning
beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini
singdiradigan uni hayot bo’ronlaridan asrab – avaylaydigan fidoyi insondir”.
Dostları ilə paylaş: |