AVSTRALIYA PENSIYA TIZIMI XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Avstraliya pensiya tizimi.
2. Avstraliyada pensiyaga chiqish yoshi va ish staji.
3 Avstraliyada yoshga doir pensiyalarni tayinlanishi va to’lanishi.
5. Aholini ijtimoiy himoyalashda xususiy pensiya fondlarining ahamiyati.
5. Xususiy pensiya fondlariga fuqarolar tomonidan sug’urta badalarini to’lanishi..
TAYANCH SO’Z VA IBORALAR: Avstraliya pensiya ta’minoti tizimi, sug’urtalangan shaxslar, xalqaro Mehnat tashkiloti, Aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy ta’minot, pensiya tizimlari modellari, xalqaro mehnat tashkiloti, avlodlar birdamligi, xorijiy mamlakatlar pensiya tizimlari, pensiya ta’minoti tizimi, davlatning ijtimoiy siyosati, pensiya ta’minoti, davlat budjeti, davlat pensiya tizimi, nodavlat pensiya tizimi, davlat maqsadli jamg’armalari, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro moliya munosabatlari, byudjet tizimi, xalqaro moliya.
1. Avstraliya pensiya tizimi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi uzoq davr mobaynida shakllangan bo’lib, dastlab sanoat inqilobi oqibatida vujudga kelgan. Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida yuz bergan sanoat inqilobi taraqqiyot jarayoniga kuchli ta’sir o’tkazib, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga undadi.
Iqtisodiyotni sanoatlashtirish jarayonida yollanma ishchilar sinfi yuzaga kelganligi ularning ijtimoiy himoya qilish siyosatini o’zgartirishni talab qildi. Xususan kasallik, ishsizlik hamda mehnatda shikastlanganlik yoki qarilikda ularga ish haqi to’lanishi to’xtatib turilganda, ular turmush darajasini saqlash va qashshoqlik darajasiga tushib qolmaslik yangi qo’llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish zarurati paydo bo’ldi.
Alohida banklarda jamg’armalar tashkil qilish imkoni yaratildi, kasal yoki mehnatda shikastlangan ishchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ish beruvchilarning zimmasiga majburiyatlar yuklatildi, kasal bo’lganda va qarilik chog’ida moliyaviy yordam beradigan tashkilotlar rivojlandi, hususiy sug’urta fondlari ishchilar hayotini sug’urtalash va dafn nafaqasi ajratishni boshladi. Mazkur munosabatlar yangi “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Ijtimoiy ta’minot – bu jamiyat a’zolarini ijtimoiy vositalar yordamida himoya qilish tizimi bo’lib, u ishlab chiqarishning to’xtashiga sabab bo’ladigan iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar (kasallik, bola to’g’ish, ishsizlik, nogironlik, qarilik va o’lim munosabati) oqibatida ajratiladigan yordam va imtiyozlar yig’indisidir. Ijtimoiy ta’minotning moliyaviy manbasi yollanma xodimlar tomonidan majburiy ajratiladigan sug’urta badallari hisoblangan. Mazkur sug’urta ajratmalari sog’ligi, malakasi, yoshi va jinsidan qat’iy nazar barcha xodimlar tomonidan to’langan. Sug’urta kontseptsiyasi ishchilar birdamligini ifodalab, ishdagi hamkasblar muhtoj bo’lgan hollarda ularni ajratilgan sug’urta badallari yordamida moliyaviy qo’llab-quvvatlashni nazarda to’tgan. Buning natijasida ijtimoiy sug’urta tizimi halqaro miqyosdagi qoidaga aylandi.
Ijtimoiy ta’minot tizimi rivojlanishining dastlabki bosqichida ish haqisi yuqori hisoblangan xodimlar o’zini-o’zi sug’urta qilishi mumkin bo’lgan. Keyinchalik, ijtimoiy ta’minot tizimining taraqqiyoti jarayonida pensiya va nafaqalarning qat’iy belgilangan miqdori yuzaga keladi va sug’urta tizimi jamiyatning barcha a’zolarini qamrab olish g’oyasi paydo bo’ladi. Majburiy sug’urtalash tizimida eng kam ish haqi oladigan xodimlarga belgilangan sug’urta badali yuki yuqori ish haqiga ega hizmatchilarga nisbatan og’ir keldi.
O’z navbatida, eng kam ish haqi darajasiga asoslangan nafaqalar yuqori oylik oluvchi xodimlarni qoniqtirmasligi ma’lum bo’ldi. Buning natijasida, ish haqi miqdori bo’yicha majburiy badallarni yig’ishga asoslangan pensiya va nafaqalar tizimi vujudga keldi. Ijtimoiy ta’minot ish beruvchilar va ularning yollanma ishchilari tomonidan boshqariladigan hususiy tizim bilan birgalikda rivojlandi. Bu esa ijtimoiy ta’minotni sifatli ta’minlashga mo’ljallangan qo’yidagi tizimni yuzaga keltirdi:
qat’iy miqdorda davlat yohud ish haqi asosida hisoblangan pensiya;
hususiy fondlar hisobidan ajratiladigan pensiyalar.
Hozirgi kunga kelib har bir mamlakat pensiya ta’minoti tizimi o’ziga xos
hususiyatiga ega. Rivojlangan mamlakatlarda pensiya ta’minoti tizimi uch bo’g’indan iborat: davlat, nodavlat yoki hususiy pensiya jamg’armalari va sug’urta institutlaridir. Aksariyat mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqining hajmi va to’langan sug’urta badali miqdoriga qarab belgilanadi.
Xorij tajribasi shuni kÿrsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti tizimi aholining kam ta’minlangan, nogiron va keksayib qolgan fuqarolar turmush darajasini oshirish borasida tegishli choralar ko’rishi va sug’urta tizimini rivojlantirish zaruriyatini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, aholining qarishi bilan belgilanadigan demografik vaziyatning o’zgarishi pensiya ta’minoti hamda ularni isloh qilishga jahon hamjamiyati tomonidan bo’layotgan qiziqishning yanada oshishiga sabab bo’lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda pensiya ta’minoti tizimi bilan bir qatorda davlat tasarrufida bo’lmagan hususiy pensiya ta’minoti mavjud bo’lib, uning zarurligi quyidagi ikki asosiy sabablardan kelib chiqadi:
Birinchidan, bozor munosabatlari sharoitida fuqarolarni erkin faoliyat ko’rsatish bo’yicha ko’proq erkinlik berishi bilan bir qatorda, ularga ijtimoiy ta’minotni ta’minlash borasida mas’uliyat yuklaydi. Har bir fuqaro mehnatga qobiliyatiga ega davrdan boshlab, u qarigan yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganda o’zini ijtimoiy himoyalanishini uylashi kerak.
Ikkinchidan, har qanday rivojlangan davlatning moliyaviy imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Davlat fuqarolar qariganda yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganda barqaror ijtimoiy himoyalash siyosatini amalga oshirish imkoniga ega emas. Ijtimoiy ta’minot o’z imkoniyatlaridan kelib belgilanadi. Ya’ni davlat mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarni o’rtacha turmush darajasidan yuqori miqdorda ta’minlay olmaydi.
Shved sotsiologi G.Esping-Andercen ijtimoiy yo’naltirilgan davlatning liberal, konservativ va sotsial-demokratik modelga ajratadi: 59
Liberal model AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniyada shakllanib, unda xususiy mulk xukmronlik qiladi. Modelning asosiy shartlari: davlatning iqtisodiyotga kam aralashuvi; YaIMda davlat ulushining pastligi. Fuqarolarga ijtimoiy yordam sug’urta badallari hisobidan amalga oshiriladi. Bu jarayonga davlat mumkin qadar kam aralashadi, u asosan muayyan kafolatlarni tartibga solish bilan shug’ullanadi. Sug’urta to’lovlapi deyarli bir miqdorda bo’ladi. Tadbirkorlikni rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun talab qilinmagan xodimlarni ishdan ozod etish huquqiga egadir. Bunday xolatning o’ta liberal shakli AQSh ko’zatiladi. Ishlab chiqa-rish pasaygan sharoitda ijtimoiy dasturlar qisqartirilib, aholini muxtoj qatlami, avvalo xotin-qizlar, yoshlar va qariyalarga ijtimoiy himoya kamaytiriladi.
Konservativ (korporativ) model ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar hisoblangan Avstriya, Germaniya, Italiya, Frantsiya kabi mamlakatlarga xosdir. Bu modelda davlatning mavqei yuqori: ijtimoiy soha xarajatlariga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hamda xodimlar va ish beruvchilarning sug’urta badallari ajratmalari miqdori deyarli teng hisoblanadi. Qayta taqsimlashning asosiy yo’nalishlari davlat ixtiyorida yohud uning nazorati bo’ladi. Davlat fuqarolarning moddiy qo’llab-
quvvatlash vazifasini sug’urta tizimiga orqali amalga oshiradi. Shu sabab ijtimoiy nafaqalar miqdori mexnatdan olingan daromad va sug’urta badallari miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ishsizlik yuz bergan xolda kafolatlangan to’lovlar mexnat stajiga, to’lovlar muddati esa sug’urta badallari to’lashning davomiyligi, ularning miqdori va xodimning yoshiga bog’liq bo’ladi. Ishsizlik nafaqasi 50 yoshdan katta fuqarolarga to’lanadi.
Sotsial-demokratik (solidar) modelda axolini ijtimoiy ximoyasida davlatning ishtiroki muhimdir. Axoli daromadini tenglashtirish va uni bandligini ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Model Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya va Shveytsariyaga xosdir. Iqtisodiyotning rivojlangan davlat sektori – bu ijtimoiy soxani xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy axamiyatga molik ob’ektlarning ehtiyojlarini qondirishga yo’naltiriladi. Milliy mahsulot aholining kam ta’minlangan tabaqalari foydasiga qayta taqsimlanadi. Buning uchun soliq tortish darajasi juda yuqori belgilanadi. ShvetsiyaYaIMda davlat xarajatlarning ulushi 66 foiz, Daniyada 61 foiz, Finlyandiyada 56 foizni tashkil etadi. Ushbu modelning o’ziga xos xususiyatlariga ishsizlik darajasini imkon qadar kamaytirish bo’yicha tegishli choralar ko’riladi.
Pensiya tizimining tashkil etish va rivojlanishi bosqichlari dunyo mamlakatlarida turlicha kechgan. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlarida pensiya tizimi 1935 yilda joriy qilinib, daromad manbasi milliy sug’urta fondi hisoblanadi. Fond federal byudjeti tarkibida konsolidatsiyalashgan. Bugunda AQSh fuqarolariga davlat va ish joyidan xususiy jamoaviy va shaxsiy hisob raqamda jamg’ariladigan pensiya tizimi hizmat qiladi. 60
Davlat pensiyasi mehnat stajiga ega va tegishli pensiya jamg’armasiga majburiy badallar to’lagan fuqarolar oladi. Yirik davlat pensiya fondi – Umumiy federal dasturi deyarli barcha xususiy sektor vakillarini qamrab oladi va dasturga asosan minimal pensiya ajratiladi.
Jamoaviy xususiy jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga davlat va xususiy pensiya dasturlari kiradi. Davlat jamg’ariladigan pensiya tizimi Hukumat va mahalliy organlarda ishlaydigan fuqarolarni qamrab olsa, xususiy sektor vakillari ish joyilari orqali davlat pensiya ta’minotida ishtirok etish huquqiga ega. Sug’urta ajratmalari ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi va ishchilar moliyalashtirishda ishtirok etmaydi. Xodim 5-10 yil ishlashi shart.
Shuningdek, fuqaro tijorat banki, pay jamg’armasi va sug’urta kompaniyasida ochilgan individual pensiya shaxsiy hisob raqamiga yillik 2000 AQSh doll. Ajratma amalga oshirishi mumkin. Mablag’ni fuqaro 59,5 yoshga to’lganda bir yula oladi, 79,5 yoshda shahsiy hisob majburiy tartibda yopiladi. Jamg’arilgan mablag’dan soliq undirilmaydi, faqat hisob raqam yopilishi vaqtida jamg’arilgan mablag’dan daromad solig’i chegirib qolinadi.
1938 yilgacha tug’ilgan fuqarolar uchun yoshga doir pensiya 65 yosh hisoblanadi. Faqat 62-64 yoshga to’lgan fuqarolarga qarilik pensiyasi qisqartirilgan holda to’lanadi. Aholining umr ko’rish muddati oshganligi sabab pensiya chiqish yoshini bosqichma-bosqich 67 yoshga oshirish belgilangan. Pensiya tayinlashga 40 kvartal yoki 10 yillik sug’urta badallari to’langan minimal staj talab qilinadi. Pensiya miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha o’rtacha daromad miqdoridan hisoblanadi. Bunda eng kam daromad olingan 5 yil chegirib tashlanadi. Qonunga ko’ra bepul tibbiy yordam, dori-darmon, oziq-ovqat va minimal (100 doll.) uy-joy to’lovlari kabi imtiyozlar mavjud.
Nogironlik pensiyasini tayinlash uchun sug’urtalangan shaxs 22 yoshdan nogironlik belgilangan davrgacha bir yilning kamida bir choragida, 5 yilda, eng ko’pi bilan 10 yilda sug’urta badallarini to’lagan bo’lishi lozim.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari bevalarga, shuningdek 10 yil davomida nikohda bo’lib, ajralgan er-xotinlarning biriga, 65 yoshga to’lganda vafot etgan pensionerga 100 foiz pensiyasi miqdorida to’lanadi. Mazkur shaxslarga ushbu pensiyalar 60-64 yoshdan
boshlab qisqartirilgan holda tayinlanishi mumkin. Vafot etgan shaxsning etim farzandlariga pensiyasining 75 foizi 18 yoshga to’lgungacha (o’quvchiga – 19 yosh) tayinlanadi.
Frantsiyada pensiya ta’minoti taqsimlash xarakteriga ega.61 Pensiyalar to’lanishi kasaba tashkilotlari yoki ishchilar uyushmalari hamda ish beruvchilar tomonidan davlat boshchiligida nazorat qilinadi. Pensiya ajratmalari majburiy hisoblanib, ishchi-hizmatchilar va ish beruvchilar o’rtasida taqsimlanadi. Hunarmandlar va kichik tadbirkorlarning oylik ajratmalari 16,35 foiz belgilangan. Pensiya miqdori o’rtacha ish haqining 50 foizini tashkil etadi va ohirgi 11 yillik mehnat ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Lekin, davlat tomonidan minimal (bir yilda 6000 evro) va maksimal miqdorda (12000 evro) davlat pensiyasi ham belgilangan.
Pensiyaga chiqish yoshi erkak va ayollar uchun bir xil 60 yosh, biroq to’liq pensiya olish uchun umumiy ish staji 40 yildan kam bo’lmasligi kerak. Agar mehnat staji etarli bo’lmasa, pensiya miqdori stajning etishmayotgan choragi yoki 65 yoshga etmayotgan yillar soni uchun 1,25 foizga kamaytiriladi. Bu jarima koeffitsienti 25 foizdan oshmasligi zarur. 65 yoshga to’lgan fuqarolar mehnat stajidan qat’iy nazar to’liq mehnat pensiyasi olish huquqiga ega. Fuqaroning ish staji 40 yilga etgandan yoki 65 yoshga to’lgandan keyin mehnat faoliyatini davom etirish uchun har ish yiliga 3 foiz miqdoridan lekin 15 foizdan ko’p bo’lmagan ustama beriladi. Agar fuqaro 65 yoshida pensiya chiqsa, ish stajidan qat’iy nazar pensiya olish huquqiga ega bo’ladi. Nogironlar, urush qatnashchilari va boshqa imtiyozga ega fuqarolarga mehnat stajidan qat’iy nazar 60 yoshdan to’liq pensiya olish huquqi belgilangan. Pensiya tizimi ishtirokchilari yollanma ishchilar; davlat xizmatchilari; yirik milliy monopoliyalar maxsus ishchilariga bo’linadi.
2011 yilda pensiya tizimi tanqisligi 14 mlrd.evroni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda boshlangan pensiya islohotlari natijasida 2050 yilga borib tanqislik miqdori 20 mlrd. Evroni bo’lishi kuzda tutilgan.
Jahon bankining tahliliga ko’ra, 2010 yilda pensiya to’lovlarning umumiy miqdori Frantsiya YaIMning 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2050 yilda 15-16 foiz bo’lishi taxmin qilinmoqda.62
Frantsiyada majburiy pensiya ta’minotidan tashqari, kapitallashtirish printsiplariga asoslangan va korxonalar tomonidan muayyan toifadagi xodimlar uchun tashkil etilgan nomajburiy qo’shimcha dasturlar faoliyat ko’rsatadi. Buning sababi, majburiy sug’urta tizimi mehnat daromadlarini o’rnini bosishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Hozirda kapitallashtirishga asoslangan xususiy pensiya tizimini rivojlantirish choralari ko’rilmoqda.
Chili Respublikasi pensiya tizimi dunyoda eng yangi pensiya tizimlaridan biri hisoblanib, ko’pchilik mamlakatlar chili modelidan foydalanadi, jumladan Argentina, Kolumbiya, Peru, Meksika va Rossiya.
Chilida pensiya islohotlari 1981 yilda boshlanib, iqtisodiyotga ijobiy ta’siri ko’rsatdi. Bunda davlat tomonidan boshqariladigan pensiya tizimidan tegishli badallar asosida jamg’ariladigan pensiya tizimiga o’tildi. Bunga ko’ra jamg’arma mablag’larini shakllantirish ma’sulliyati ishlovchi fuqaroga yuklatildi. Fuqarolar jamg’ariladigan hisob raqamga ega bo’lib, har oyda oylik ish haqining 10 foizi sug’urta qiluvchi fondlardan biriga jamg’arib boradi. Sug’urta yoshi erkaklarga 65 yosh, ayollarga 60 yosh belgilangan.63
Shuningdek, pensiya ta’minotiga qo’shimcha ravishda xodimlar nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik uchun ehtiyot shart sug’urtalanishi lozim bo’lib, bunga ish haqidan yana qo’shimcha 3 foiz ajratadi. Fuqaroning istagiga ko’ra jamg’arilgan mablag’lar xususiy sug’urta fondi tomonidan kapitallashtirilishi mumkin.
Fuqaro pensiya yoshiga etganda jamg’arilgan mablag’dan shaxsiy pensiya olish uchun foydalanishi yoki sug’urta kompaniyadan mablag’larni rejali asosda olishi mumkin. Hozirda Chili aholisining 8 foizi pensiya yoshida, 1 nafar pensionerga 12,8 ta ishlovchi to’g’ri keladi.
2013 yilda «International Living» sayti o’tkazgan so’rovnomaga ko’ra Ekvador pensionerlarga eng yaxshi xayot kechiradigan davlat deb topilgan. Mamlakatda arzon yashash sharoitlari, bepul sog’liqni saqlash va muttadil ob-xavosi bilan pensionerlar diqqatini tortdi. Davlatning Ijtimoiy ta’minot fondi 40 foiz pensiya to’lovini amalga oshiradi. Pensiya chiqishning 4 yo’nalishi mavjud:
5. pensiyaga chiqish yoshi chegaralanmagan holda pensiya chiqish uchun (jamg’armaga 480 oylik to’lov yoki 40 yildan ortiq ish staji talab etiladi);
6. 60 yoshda pensiyaga chiqishga (360 oylik to’lov yoki 30 yil ish staji);
7. 65 yoshda pensiyaga chiqishga (180 oylik to’lov yoki 15 yil ish staji);
8. 70 yoshda pensiyaga chiqishga (120 oylik to’lov yoki 10 yil ish staji).
Pensiya yoshi erkak va ayollarga 60 yosh. Jamg’armaga 170 mingdan ziyod
ishchilar ajratma qiladi. Ularning aksariyati davlat hizmatchilari (prokuratura, kemasozlik, munitsipal fond) hisoblanadi.
G’arb olimlarining fikricha, tabiiy tug’ilish kamayishi va umr ko’rish yoshining ortishi aholining qarishiga sabab bo’lib, mehnat bozoriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pensiyaga chiqish yoshining bosqichma-bosqich me’yorda oshirilishi pensiya fondlari mablag’larini barqaror rivojlanishga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi.
Qolaversa, rivojlangan mamlakatlarda aholining o’rtacha umr ko’rish yoshining oshishi va tug’ilishning kamayishi demografik masalalar qatoridan chiqib tobora iqtisodiy muammoga aylanib bormoqda. Xususan, 2000 yilda bir nafar 65 yoshdan oshgan pensioner fuqaroga 4-5 nafar mehnatga layoqatli aholi nisbati to’g’ri kelgan bo’lsa, 2020-2025 yillarga borib ayrim Evropa mamlakatlarida ularning o’rtasidagi nisbat 1:2.5 bo’lishi kutilmoqda.64Mazkur holat pensiya ta’minotiga oid xarajatlarni o’sishi pirovardida yaqin kelajakda barqaror moliyalashtirish uchun qo’shimcha moliyaviy manbalarini izlab topishni va davlat pensiya ta’minoti samaradorligini takomillashtirishni taqozo etadi.
Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, Evropa mamlakatlarida yaqin 10-30 yilda pensiya ta’minotiga sarflanadigan o’rtacha xarajatlar YaIMga nisbatan 14-20 foizga etishi taxmin qilinadi. Qolaversa, 2004 yilda 6,4 trln. nafar dunyo aholining 7,3 foizi pensiya yoshidagi fuqarolar tashkil etsa, 2015 yilga kelib 7,2 trln. kishiga yoki ular tarkibida pensionerlar ulushi 8,4 foiz bo’lishi kutilmoqda. (1.1-jadval)
Qolaversa xorij ekspertlarining fikricha, 2060 yilga kelib har 3 nafar evropalikning biri 80 yoshni qarshilagan bo’ladi. Ayrim Evropa Ittifoqi davlatlarida iqtisodiy faol aholining rivojlangan mamlakatlariga ko’chib o’tishi natijasida aholining tarkibiy o’zgarishi kuzatiladi. Jumladan, Chexiyada 1 mln. nafar aholi yuqotiladi. Boltiq bo’yi mamlakatlari, Ruminiya va Bolgariyada 2060 yilda 1/3 qism aholisidan mahrum bo’lishi kutiladi, Slovakiya va Polshada 2050 yilda 65 yoshdan yuqori bo’lgan fuqarolar umumiy aholining 36 foizini tashkil etadi.
Evropa statistika tashkiloti bashoratiga ko’ra, keyingi 50 yil davomida Evropa mamlakatlari aholisining qarishi kuzatilib, bunda Chexiya aholisi yoshi yanada tez sur’atlar bilan o’sishi taxmin qilinadi.66
Evropa Ittifoqi tarkibidagi Chexiya Respublikasi pensiya tizimida uch bo’g’in: davlat, jamg’ariladigan va xususiy pensiya fondlaridan iborat. Pensiya miqdori asosiy miqdor hamda daromad va ish stajidan shakllanadi.
Chexiyada majburiy sug’urta badallari to’lovchilar 8,5 mln. kishi bo’lib, ulardan 5 mln. nafari yollanma ishchi va xususiy tadbirkorlar tashkil etadi. Davlat pensiyasi uchun pensiya badallarini to’lashda yuqori chegara o’rnatilgan bo’lib, u hozirda 148 440 Chexiya kronni tashkil qiladi. Bu miqdordan oshiq ish haqi oluvchilar faqat shu miqdordagi ish haqlaridan sug’urta badali to’laydi. Bunda ishlovchi 6,5 foiz, ish beruvchi - 25 foiz, xususiy tadbirkor – 29,2 foiz sug’urta badallari to’laydi. Bunda xisoblangan baza 5928 kronadan kam bo’lmasligi kerak, ushbu bazadan kam bo’lsa 1730 krona to’laydi.
Pensiya ta’minoti tizimida uch pensiya turi: yoshga doir, boquvchisini yo’qotganlik va nogironlik pensiyalari mavjud.67
Yoshga doir pensiyaga chiqish erkaklar va ayollarga 65 yosh, talab qilingan ish staji 28 yil, bunda kamida 18 yil ish stajiga ega bo’lishi kerak. Pensiya hisoblashning yangi tartibi ishlab chiqilib, unda:
asosiy belgilangan miqdori 2230 krona;
o’rtacha ish haqining 11 061 kronagacha 100 foiz;
o’rtacha ish haqining 11 061 dan 29 159 kronagacha 28 foiz;
o’rtacha ish haqining 29 159 dan 100 548 kronagacha 16 foiz;
o’rtacha ish haqining 100 548 kronadan ortiq qismiga 8 foiz hisobga olinadi
hamda umumiy miqdor yillik stajiga qarab 1,5 foizga ko’paytiriladi, aniqlangan summaga 2230 krona qo’shiladi va pensiya miqdori aniqlanadi. O’rtacha ish haqi miqdori tegishli koeffitsientlar bilan oxirgi 15 yillik sug’urta badallari to’langan ish haqidan aniqlanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlashda fuqaro belgilangan yoshni muddatidan 3 yil oldin pensiyaga chiqish imtiyozi mavjud, bunda belgilangan yoshni muddatidan 3 yil oldin pensiyaga chiqsa 1,5 foizga, 2 yil oldin chiqsa 1,2 foizga, 1 yil oldin chiqsa 0,9 foizga aniqlangan pensiya miqdoridan xar bir chorak uchun kamaytiriladi.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlanishda yoshga doir pensiyasini hisoblab chiqish tartibi qo’llaniladi.
Nogironlik uch toifada aniqlanib, pensiya tayinlashda ish staji talab qilinmaydi, lekin 28 yoshdan oshganlarga kamida oxirgi 10 yillikning besh yilida ishlagan bo’lishi shart. Hisoblash tartibi quyidagicha:
asosiy belgilangan miqdori o’rtacha ish haqining 9 foizi yoki 2250 krona belgilangan. O’rtacha ish haqi miqdori tegishli koeffitsientlar bilan oxirgi 15 yillik sug’urta badallari to’langan ish haqidan aniqlanadi;
nogironlik I toifasiga miqdor yillik stajiga qarab 0,5 foizga ko’paytiriladi;
II kategoriyaga yillik stajiga qarab 0,75 foizga ko’paytiriladi;
III kategoriyaga yillik stajiga qarab 1,5 foizga ko’paytiriladi.
Chexiya pensiya tizimida jiddiy tus olayotgan muammo sifatida o’sib boruvchi
pensiya xarajatlarini moliyalashtirish hisoblanadi. Hozirda, pensiya xarajatlari YaIMga nisbati 7 foiz bo’lsa, 2060 yilda bu ko’rsatkich 11 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 2060 yilda mamlakatning 65 yoshdan yuqori aholi 1,6 mln. dan 3,2 mln. kishiga, 75 yoshlilar 0,7 mln. dan 2 mln. kishiga, 85 yoshlilar 0,2 mln. kishidan 0,7 mln. nafarga etishi kutilmoqda.68
Shu nuqtai nazardan, ekspertlarning fikricha, demografik o’sishning salbiy tendentsiyasini o’zgartirish yuzasidan zaruriy pensiya islohotlar amalga oshirilmasa, 2050 yilda Chexiya pensiya tizimi tanazzulga yuz tutadi. Aholi soni 10,5 million, uning 30 foizini pensionerlar tashkil etadi. Bu esa hukumatni pensiya ta’minotini yanada takomillashtirishga undadi.
Mazkur holatni to’g’ri baholagan Chexiya Hukumati 2013 yildan pensiya tizimini qayta isloh qilishning asosiy yo’nalishlarini belgiladi. Islohotlar rejasida, zararli va og’ir mehnat uchun imtiyozlarni bekor qilish, ish yurituvchilar sug’urta badallariga qo’shimcha badallarni kiritish, to’langan badallar va olingan pensiyalar o’rtasida bog’liqlikni kuchaytirish, ijtimoiy sug’urta tizimini rivojlantirish, individual pensiya tizimini kengaytirish, pensiya yoshini erkaklar va ayollar uchun 2015-2020 yillarda 65 yoshgacha oshirish nazarda tutilgan. Mamlakatda boshqa mamlakatlardan farqli ravishda pensiya yoshini yiliga erkaklar uchun 2 oyga, ayollar uchun 4 oyga oshirish mexanizmini ishlab chiqildi. Natijada ayollar bilan erkaklarni pensiyaga chiqish yoshi tenglashadi va umumiy pensiyaga chiqish yoshi oshiriladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, hozirda 40 yoshga to’lgan Chexiya fuqarosi 66 yoshida pensiya yoshiga etadi hamda 1977 yildan keyin tug’ilgan fuqaro 67 yoshda nafaqaga chiqadi. Yakunda 2041 yilga kelib erkak va ayollarning pensiya yoshi tenglashtiriladi. Bugunda 14 yoshga to’lgan chex bolalari 71 yoshga kirganda pensiyaga chiqish, 2012 yilda tug’ilgan chexiyalik 2085 yilda 73 yoshida nafaqaga chiqishi mumkin bo’ladi. Pensiyaga chiqish huquqi paydo bo’ladigan yoshlar tasnifi keltirilgan.69
Dostları ilə paylaş: |