4-rasm. To’rt holatli agregat dastgohi.
1-holat — tanavorni o'rnatish va tushirish; 2-holat — parmalash; 3-holat — zenkerlash; 4-holat - razvyortkalash.
Harakat — o'tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan ishchi harakatlarining tugallangan majmuyi. Shunday tanavorni moslamaga o'rnatib, yordamchi o'tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlami bajarish kerak bo'ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga o'rnatilsm va mahkamlansin. Stanok 10 to'xtatilsin, tanavor moslamadan bo‘shatilsin va boshqa yashikka solib qo'yilsin va hokazo.
Operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti va ishlab chiqarish turlari
Turli texnologik operatsiyalar soni — O ning, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni R-ga nisbati operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti deb ataladi.
.
Operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish ti pining asosiy tavsiflaridan biridir (G O ST 3.1121—84).
Ommaviy (ko'plab) va yirik seriyalab ishlab chiqarish uchun operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti 1 = K bk< 10, o'rta seriyalab ishlab chiqarish uchun , mayda seriyalab ishlab chiqarish uchun uchun . yakka ishlab chiqarish uchun belgilanmagan.
Yuqoridan aniq bo'ldiki, ishlab chiqarish turigabesh tipdagi ishlab chiqarish kirar ekan yakka, mayda seriyalab, seriyalab, yirik seriyalab va ommaviy.
Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi
Yakka ishlab chiqarish qayta tayyorlash ko‘zda tutilmagan kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish shakli oqimsiz bo'lib, tanavorlarga ishlov berish nomlari bir xilda bo'lgan universallardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi.
Bu uchastkalarga: tokarlik stanoklar uchastkasi; frezerlik stanoklari uchastkasi va boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi buyumlaming soni bitta-beshtadan ko'p bo'lmaganligi sababli, detal xomaki tanavorlari chiviq po'lat prokatlardan, bolg'alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz yerga quyilgan chushkalardan olinadi.
Bunday tanavorlarga ishlov berib, detal shakliga keltiiguncha juda ko'p miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffitsiyenti yuqori bo'ladi. Qo'llaniluvchi moslamalar, o'lchagich asboblar ko'pincha universal bo'ladi va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilaming malakasi esa yuqori bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |