Avtomatik liniyalar, ularning turlari, afzallik va kamchiliklari


Dastur bo'yicha boshqariIadigan metall kesuvchi stanoklar



Yüklə 90 Kb.
səhifə3/4
tarix12.10.2023
ölçüsü90 Kb.
#154518
1   2   3   4
Dastur bilan boshqariladigan stanoklar

Dastur bo'yicha boshqariIadigan metall kesuvchi stanoklar


Metall kesuvchi stanoklarda avtomatik tarzda ishlov berish uchun stanok ishchi organlarining aniq dastur bo'yicha belgilangan suri-lishlari oldindan ko'rsatilgan tartibda bajarilishi zarur. Yarim avtoma-tik va avtomatik sikl bo'yicha ishlaydigan stanoklarda harakatlarni av-tomatlashtirish turli kulachoklar, kopirlar, barabanlar, shablonlar va shu kabilarni qo'llash orqali amalga oshiriladiki, ular shunday das-turga ega bo'lgan manba funksiyasini bajaradilar. Bunday boshqarish yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hozirgi paytdajahonda barcha mashinasozlik mahsulotining de-yarli 75% mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoiti-da tayyorlanadi. Bunday sharoitda detallarga mexanik ishlov berishjara-yonlarini odatdagi avtomatik uskunalar (avtomatlar va yarim avtomat­lar, avtomatik liniyalar va boshqalar)dan foydalanib avtomatlashti-rish maqsadga muvofiq kelmaydi, chunki texnologikjihozlarni tayyor-Iash ko'p sarfga tushadi hamda ularni sozlash katta mehnatni talab etadi.
Mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarga mexanik ishlov berishni avtomatlashtirishning asosiy yo'li—raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklarning qo'llanishidir. Raqamli dasturbo'yicha boshqarish (RDBB) stanok ishchi organlarining zarur bo'lgan hara-katlarini, detaining ishlov o'tish siklini, kesish rejimlarini, yordamchi funksiyalarni ta'minlaydi. Stanok ishining dasturi raqamlar ko'rinishida beriladiki, bu dastur shartli til (kod)da dastur obyekti (perfotasma, magnit tasmasi, magnitli disk)ga o'tkaziladi yoki magnitli xotira blokiga kiritiladi, ya'ni detalga ishlov berish bo'yicha barcha boshlang'ich axborot simvollarga aylantiriladi va ishlov berishning raqamli modeli yaratiladi. Stanokning boshqarish qurilmasida bu axborot «o'qiladi», signallarga aylantiriladiki, ular endi stanokning bajaruvchi organlari-ni boshqaradi. RDBB stanoklar stanok mexanik elementlarini almash-tirmasdan yoki qayta sozlamasdan dasturni almashtirish orqali qayta sozlanadi.
RDBB stanoklar avtomatlashtirishning yuqori darajasida ularni qayta sozlashning keng imkoniyatlariga ega. Zamonaviy RDBB quril-malarining keng imkoniyatlari tufayli ularni elektron hisoblash mashi-nalari (EHM)dan boshqariladigan umumiy sistema tarkibiga kiritish mumkin, bu esa RDBB stanoklaridan keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida, shu jumladan avtomatik liniyalar sistemasi tarkibida foy-dalanishni maqsadga muvofiq qiladi. So'nggi yillarda RDBB stanoklar mini-EHM asosida ishlaydigan boshqarish qurilmalari bilan komplek-tatsiya qilinmoqda. EHMdan boshqariladigan avtomatlashtirilgan uchastkalar va avtomatik liniyalar yaratilmoqda.
Zamonaviy RDBB stanoklari zagotovkalarni yuklash, tayyor de-tallarni bo'shatish va ularni transportirovka qilish maqsadlarida sanoat robotlari bilan jihozlanmoqda.
RDBB stanoklarning yanada takomillashgan turlari sifatida robot-lashtirilgan texnologik komplekslar (RTK) va qayta sozlanuvchi ishlab chiqarish modullari hamda ularning asosida qayta tez va oson sozla-nuvchi sistemalar yaratildi.



Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin