Avtomatika sxemalari va ularning vazifalari


AVTOMATLASHTIRISH TEXNIK VOSITALARI



Yüklə 249,86 Kb.
səhifə2/5
tarix05.05.2023
ölçüsü249,86 Kb.
#108362
1   2   3   4   5
AVTOMATLASHTIRISH TEXNIK VOSITALARI
Нozirgi davrda xalq xo‘jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000
dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kerak
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan kattaliklar va ko‘rsatkichlar asosan besh guruxga bo‘linadi: teploenergetik
ko‘rsatkichlar; elektroenergetik ko‘rsatkichlar; mexanik ko‘rsatkichlar; kimyoviy tarkibi va fizikaviy tuzilishi.
Teploenergetik ko‘rsatkichlarga: xarorat, bosim, satx va sarf kabi kattaliklar,
elektroenergetik ko‘rsatkichlarga: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok va kuchlanish,
aktiv reaktiv va to‘la quvvat, quvvat koeffitsiyenti, chastota, izolatsiya qarshilig,
mexanik ko‘rsatkichlar: burchak tezlanish, deformatsiya, kuch, aylanish momentlari, detallar soni, materiallar qattiqligi, tebranish, massa, kimyoviy ko‘rsatkichlar:konsentratsiya, kimyoviy tuzilishi va tarkibi va fizikaviy kattaliklar: namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik, yumshoqlik, yoritilganlik va kabilar kiradi.

Nazorat qilinadigan kattaliklar bilan o‘zgartirgichlar va signallarning strukturaviy bog‘lanish sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan.
Bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash.
Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik o‘lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig‘ishga ajratiladi.
Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon ko‘rsatkichlari chegaraviy ko‘rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik o‘lchash texnologik jarayonni asosiy ko‘rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og‘irlik o‘lchamlari, rangi va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi. Avtomatik axborotni yig‘ish texnologik jarayon o‘tishi, maxsulotni sifati, soni va boshqa ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot yig‘ishda xizmat qiladi.
Avtomatik ximoya normal va xalokat xolatlarida qo‘llaniladi. Bu holda himoya vositalari jarayonni to‘xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni chetlashtirishga xizmat qiladi.

Yüklə 249,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin