Avtomatika va elektrotexnika



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə2/12
tarix11.10.2022
ölçüsü1,61 Mb.
#64880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
АТВ фанидан Амалий ишлар

MUNDARIJA
Kirish
1. Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalarini tadqiq etish. Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalarini tadqiq etish.
2. Avtomatlashtirishning elektrik texnik vositalarini tadqiq etish. Elektr ijro mexanizmlarini strukturaviy sxemalarini tuzib ularni qaysi tipik zvenolarga xosligini keltirib chiqarish.
3. Ijro mexanizmlarni hisoblash va tanlash. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash.
4. Pnevmatik membranali ijro mexanizmlarini (MIM) strukturaviy sxemasini tuzish. Pnevmatik membranali ijro mexanizmlarini (MIM) kompyuterda modellashtirish va ularni konstruktiv parametrlarini ularni ishlashiga ta’sirini organish.
5. Pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini (SIM) strukturaviy sxemasini tuzish. Pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini kompyuterda modellashtirish va ularni uzatish funksiyalarini va differensial tenglamalarini keltirib chiqarish.
6. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini (PPIM) strukturaviy sxemasini tuzish, shaxsiy kompyuterda modelllashtirish va ularni ishlashiga porshenni parametrlarini ta’sirini o`rganish. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarini (PPIM) shaxsiy kompyuterda modellashtirish va ularni ishlashiga porshenni parametrlarini ta’sirini o`rganish.
7. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash. Pnevmatik kuchaytirgichlarni strukturaviy sxemasini tuzib ularni hususiyatlarini o`zgarishiga membranalarni effektiv yuzasining ta’sirini o`rganish. Lokal tarmoqlarini tadqiq etish.
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bu fan “5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishida taxsil oluvchi hamda avtomatika va avtomatlashtirishning dastlabki bilimlariga ega bo‘lgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Har bir darsda talabalarga amaliy mashg’ulot mavzusiga oid topshiriqlar beriladi va o‘rganiladi.
Ko‘rsatmada keltirilgan topshiriqlarni rasmiylashtirish - talabalarning avtomatlashtirish tasavvurini o‘stirishga hamda avtomatlashtirilgan obyektlar to‘g‘risida tushunchalar olishiga qaratilgan.
Asosiy ishlarni o‘qituvchi nazorati ostida auditoriyada o‘tkazish talab qilinadi. Bu o‘rganilayotgan materialning tez qabul qilinishiga va bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishga olib keladi. Talabalarning chuqur va keng bilim egallashlari uchun ularni nazariy materiallar bilan ta'minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu ko’rsatmada laboratoriya mavzusiga oid bilimlar keltirilgan. Keltirilgan bilimlarni talabalar chuqur o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulot mavzulari avtomatlashtirilgan ob’yektlarda ko’p qo’llaniladigan avtomatlashtirish vositalarini qamrab olgan. Bulardan pnevmatik ijro mexanizmlari, elektr ijro mexanizmlari, turli rostlash qurilmalari, o’lchash qurilmalari va yozilgan dasturlarda ishlovchi kontrollerlar keltirilgan. Bularni talabalar amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish davomida o’zlashtiradilar.
Fanni o`qitish talabalarni kurs ishlari hamda bitiruv malakaviy ishlarni bajarishda asosiy o`rinlarni egallaydi.
Amaliy mashg’ulot ishlarini bajarish davomida talabalar avtomatlashtirishining texnik vositalari bo’yicha amaliy ko`nikma va tajriba hosil qiladilar.


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin