Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə30/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Yarimavtomat – avtomatik ish sikli bilan ishlaydigan mashina hisoblanadi. Bunda ish davrini takrorlanishi uchun ishchining aralashuvi kerak bo’ladi. Masalan, zagotovkalarni yuklash, mashinani ishga tushirish va to’xtatish, tayyor buyumlarni olish va tekshirish shular jumlasidandir.
Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan ish mashinasi bo’lib, tekshirish va sozlashdan tashqari, barcha ish davrlarini va salt yurishlarni bajaradi.
Har qanday ishchi mashina uchtaasosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish, bajaruvchi) dan iborat. Ularning eng asosiysi ishlov berish aniqligi va unumdorligi, hamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlar hisoblanadi.

2.4 Avtomatlashtirish bosqichlari.


Avtomatning avtomatik ishlashi uchun ishchi va salt yurishalarni boshqarish mexanizmlari bo’lishi va ular ma’lum dastur asosida ketma-ket ishlashini ta’minlanishi zarur.
2.2-rasmda avtomatning taxminiy struktura sxemasi ko’rsatilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki, mexanizmlar majmuini, o’z navbatida, har biri ish siklining ma’lum operatsiyasini bajaradigan bir qancha mexanizmlarga bo’lish mumkin. Ma’lum vazifani bajaradigan mexanizmlarning soni va vazifasi avtomatning texnologik vazifasi hamda ish sxemasi bilan belgilanadi.
Hamma mexanizmlarning ish davri taqsimlash vali va kulachoklar sistemasi orqali mexaniq tarzda boshqarib turiladi.
Birinchi bosqichda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning oliy formasi – yarimavtomatlar va avtomatlardan to’zi lgan potok liniyalar. Bunda odam mashinani sozlaydi, texnologik jarayon to’g’ri ketayotganligini tekshirib turadi va Yuz bergan kamchiliklarni tuzatadi (asbobni almashtiradi, mashina mexanizmlarini rostlaydi va xokazo).

2.3-rasm. Avtomatning struktura sxemasi.
Shunday qilib, birinchi bosqichda texnologik jarayon avtomatlashtiriladi, avtomatlashtirish esa, odatda, ishning operatsiyalarinigina qamrab oladi.
Texnologik jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi to’liq (bunda qo’l mehnati mashina mehnati bilan to’liq almashtiriladi) yoki qisman (qo’l mehnatining bir qismi mashina mehnati bilan almashtiriladi) bo’lishi mumkin.
Texnologik jarayonni sifat va son jihatidan uchta ko’rsatgich: texnologik jarayonning turi, bosqichi va kategoriyasi bo’yicha baholash mumkin (GOST 14.309—74).
Turiga ko’ra yakka va kompleks mexanizasiyalashtirish (shartli belgisi M va KM) hamda yakka hamda kompleks avtomatlashtirish (A va KA) farq qilinadi.
Masalan, bitta operatsiyada faqat zagotovkani yuklash mexanizasiyalashtirilgan (yakka mexanizasiyalashtirish) yoki detallar ishlashdagi beshta operatsiyadan faqat bittasi avtomatlashtirilgan (yakka avtomatlashtirish) bo’ladi.
Texnologik jarayonlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishning o’nta bosqichi (texnologiya’ni yakka operatsiyalardan tortib to butun sanoat miqyosida tashkil qilishigacha) belgilangan.
Buni tushunib olish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Avtomobil ishlab chiqarishda sanoatni ko’pgina soxalari: xom-ashyo, metallurgiya, mashinasozlik va avtomobil tarmoqlari o’zaro borliq holda va bir maromda ishlashlari kerak. Bu birin ketinlik boshqa soxadagi ishlab chiqarish korxonalari uchun ham taaluqli hisoblanadi
Shuni hisobga olish kerakki avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlov, asbobsozlik, quyish, mexaniqa, yig’ish sexlari, shuningdek transport, ta’minot hizmatlari mavjud. Sex strukturasi uchastkalar, bo’limlar, guruhlardan iborat.
Endi tarmoqdan tortib guruhdagi dastgohgacha bo’lgan avtomobil tayyorlash bo’yicha jarayonlar mexanizasiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan, deb tasavvur qilaylik. Mahsulot tayyorlashda mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishni qo’llashning barcha bosqichlarini aniqlaymiz.
Birinchi - to’rtinchi bosqichlardagi bajariladigan ishlar bevosita sex iChidagi jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishini belgilaydi. Birinchi bosqichda yakka texnologik operatsiya, ikkinchi bosqichda - tugallangan texnologik jarayonning sistemasi, uchinchi bosqichda - sex uchastkasida yoki bo’limida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi va, nihoyat, to’rtinchi bosqichda - seh ichida to’liq bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi avtomatlashtiriladi.
Beshinchi bosqichda texnologik jarayonlar sistemasini korxonaning bir turdagi sexlari (masalan, mexaniqa sexlari) guruhi doirasida, oltinchi bosqichda esa - korxona doirasida mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish ko’zda tutiladi.
Oltinchi - to’qqizinchi bosqichlarda texnologik jarayonlarning oliy sistemasini ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari doirasida (ettinchi bosqich), territorial, region sistemasida (sakkizinchi bosqich) va mamlakatning bitta tarmog’i chegarasida (to’qqizinchi bosqich) mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish nazarda tutiladi.
Nihoyat, uninchi bosqichda mamlakatimiz xalq xo’jaligining bir qancha tarmoqlari sistemasidagi texnologik jarayonlar sistemasi mexanizasiyalashtiriladi va avtomatlashtiriladi.
Avtomatlashtirish bosqichlarini quyidagicha shartli belgilash qabul qilingan: 1-yakka texnologik operatsiya; 2-tugallanmagan texnologik jarayon; 3-ishlab chiqarish uchastkasida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi; 4-bitta sexda amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar sistemasi; 5-bir turdagi texnologik sexlar doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 6-korxonalar doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 7-ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari qoshidagi ishlab chiqarish firmalari miqyosidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 8-alohida birlashmalar doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 9-sanoatning bitta tarmog’i doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 10-mamlakatimizning qator tarmoqlari miqyosida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi.
Jarayon mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilganda texnologik jarayonni bajarishga ajratilgan vaqtning bir qismini mashina ishchining ishtirokisiz sarflaydi (TM) va vaqtning bir qismini ishchi sarflaydi (TN). Mashina sarflagan vaqtning jarayon operatsiyalari bajarilishi uchun sarflaigai umumiy vaqtga nisbati mexanizasiyalashtirish koeffisienta deyiladi:
(2.1)
Mexanizasiyalashtirilish va avtomatlashtirilish darajasiga ko’ra hamda texnologik jarayonning tashkil etuvchilariga mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish turining ta’siriga qarab avtomatlashtirishiiig sakkizta kategoriyasi: nolinchi, quyi, kichik, o’rtacha, katta, oshirilgan, Yuqori va to’liq kategoriyalari belgilangan. Ular miqdor jihatdan 0 dan 1 gacha baholanadi.
Agar sexda mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari umuman yo’q bo’lsa, u nolinchi kategoriyali sex bo’ladi.
Agarda salt Yurishlarni amalga oshiruvchi biror bir asosiy mexanizm yetarli bo’lmasa avtomatik sikl bo’zi ladi va siklni qaytarish uchun albatta ishchi aralashishi zarur bo’ladi. Ko’pincha bunday mexanizm, zagotovkalarni ishonchli yuklash mexanizmlari qurishni qiyinligi uchun yuklash mexanizmlari bo’lishi mumkin.
Demak yuklash avtomatlashmagan bo’lsa, mashina ishchi siklni tugatgandan so’ng to’xtaydi va ishchi ishlov berilgan detalni oladi va yangi zagotovkani maxkamlaydi. Bunday avtomat siklda ishlovchi lekin texnologik jarayonni qaytarish uchun ishchini aralishi talab qilingan mashinalar yarim avtomatlar deyiladi.
Avtomatashtirishni birinchi bosqichida alohida ishlov berish operatsiyalari avtomatlashtirishga erishiladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin