Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish


guruh. Universal avtomat va yarimavtomatli avtomatliniyalar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə37/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

guruh. Universal avtomat va yarimavtomatli avtomatliniyalar

Universal avtomat va yarimavtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar, asosan potokli liniyalar ko’rinishida bo’lib avtomat yuklash tushirish qurilmalari (avtooperatsiyalar va dastgohlararo tashish mexanizmlari tashigichlar, ko’tarish mexanizmi, to’plagichlar va boshqalar) bilan jihozlangan bo’ladi.
Universal avtomat va yarim avtomatlardan asosan silindrik detallarga ishlov berishda foydalaniladi.

  1. guruh. Maxsus avtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar.

Bunday avtomat liniyalar juda yuqori unumdorlikka ega bo’ladi. Ular uchun texnologik jarayon xam maxsus ishlab chiqariladi. Shu sababli ular yalpi ishlab chiqarishda (masalan; podshipniklar ishlab chiqarishda) ishlatiladi.
Maxsus dastgohlardan tashkil topgan avtomat liniyalar bilan kompleks avtomatlashtiriladi, jumladan mexaniq ishlov berishdan tashqari, yig’ish, nazorat qilish, moylash va boshqa operatsiyalar ham avtomatlashtiriladi. Bunday liniyalar murakkab avtomat sex va ishlab chiqarish korxonalarini qurish uchun asos bo’la oladi. Hozirda ba’za bir mahsulotlarini ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda maxsus rotorli dastgohlardan tashkil topgan, rotorli avtomat liniyalar ishlab turibdi. VIII guruh. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar va avtomat liniyalar.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda detallar raqamlar yordamida yozilgan dasturlar asosida ishlov beriladi. Bunday dastgohlarni xozirda EHM bilan ham boshqarilmoqda bu esa o’z navbatida, dastgohlarni EHM bilan nafaqat boshqarish, balki bu dastgohlar uchun dasturlarni ham EHMda to’zi sh imkoniyati yaratilmoqda.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar qo’llanishi, avtomatlashtirishda yangi bosqichni boshlanishiga sabab bo’ladi. Bunday dastgohlar asosida to’zi lgan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish modullari ishlab chiqarishni to’liq avtomatlashtirishga erishishdan tashqari EHM bilan avtomatlashtirilgan boshqaruvni ham qo’llanishiga imkoniyat yaratadi.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarni Yuqori moslanuvchanligi donalab va seriyalab ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni asosiy dastgohi bo’lib qoldi. Bundan tashqari ishlab chiqarish ob’ekti o’zgarib turishi mumkin bo’lgan ko’plab ishlab chiqarishda ham qo’llanishi mumkin.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin