8. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi.
Svetofor ishoralari vazifasiga bog'lik ravishda doirasimon, yo'naltirgich,
piyoda tasviri tushirilgan va
X-simon ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda
joylashgan yashil yo'naltirgich ko'rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita
qo'shimcha tarmoq bo'lishi mumkin.
Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham
harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugashi hamda ko'p o'tmay
taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi;
yashil ishora o'chishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolganligi haqida
axborot berish uchun raqamli tablo qo'llanilishi mumkin;
sariq ishora harakatni taqiqlaydi (faqat Qoidalarning 8.13 bandida ko'zda
tutilgandan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan
chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar
haqida ogohlantiradi;
qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni ta'qiqlaydi va
ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida ahborot beradi.
Yunaltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham
doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat
ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi.
Agar tegishli yo'l belgisi bilan taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat
beruvchi yunaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha
tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham huddi shu ma'noni bildiradi.
Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga
solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yo'naltirgich
(yo'naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo'lsa, u haydovchilarga svetoforning
qo'shimcha tarmog'i borligi hakida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi
yo'naltirgichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini ko'rsatadi.
Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko'rinishida bo'lsa, u faqat piyodalarning
harakatiga ta'sir ko'rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga
ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.
Qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi
mumkin bo'lgan bo'laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish
uchun
X-simon kizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishdagi
yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi bo'lak ustiga
o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Ikki
tomoni
1.9
chizig'i bilan belgilangan bo'lak ustiga o'rnatilgan ishoralari
o'chirilgan reversiv svetofor shu bo'lakka kirishni taqiqlaydi.
Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yo'nalishli boshqa transport
vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus bo'lakda tartibga
solish uchun
T-harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rangli
ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin.
Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda,
harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ng
tomonga burilishga, o'rtasidagi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Agar faqat
yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
Temir yo'l kesishmalarida o'rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora
transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi.
Ko'rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina)
bo'lmasa, o'chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga
ruxsat beriladi.
Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi:
QO'LLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA,
chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, rel'ssiz transport vositalariga
to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga
ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va
piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;
O'NG QO'LI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga,
rel'ssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda, oldi tomonidan barcha
transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi. Orqa
tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi
taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini
kesib o'tishga ruxsat etiladi;
QO'LINI YUQORIGA KO'TARGANDA, Qoidalarning 8.13 bandida
ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha
yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi.
Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa
ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga
soluvchi zhezl yoki yorug'lik kaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi
mumkin.
Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o'tayotgan militsiya
xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo'l ishorasi yoki
ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to'xtatishni talab qilishi
mumkin. Haydovchi esa ko'rsatilgan joyda to'xtashi kerak.
Yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun hushtak bilan
qo'shimcha ishora berilishi mumkin.
Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi
ishorasida haydovchilar transport vositalarini to'xhtash chizig'i (
5.33
belgisi)
oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa:
chorrahada Qoidalarning
15.7
bandini hisobga olgan holda, piyodalarga
halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida;
temir yo'l kesishmasi oldida Qoidalarning
17.4
bandiga muvofiq;
boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi
ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda
to'xtashi kerak.
Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo'li yuqori ko'tarilganda,
Qoidalarning 8.12 bandida ko'zda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan
to'xtashga ulgira olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga
harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo'lgan piyodalar uni
bo'shatishlari, agar buning iloji bo'lmasa, qarama-qarshi yo'nalishlardagi
transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari kerak.
Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va ko'rsatmalariga
ular svetofor ishoralari, yo'l belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham
amal qilishlari kerak.
Temir yo'l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir
vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi to'g'risida
qo'shimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.
O‘zbekistonda Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlanadi
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston
Respublikasida Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi
e'lon qilindi
.
Qoidalarda yozilishicha, ular “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi, “Temir yo‘l
transporti” to‘g‘risida”gi, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi hamda “Yo‘l harakati
xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek temir yo‘lda tashuvlarni va yo‘l
harakati xavfsizligini ta'minlash doirasida texnik tartibga solish sohasidagi
normativ-huquqiy va me'yoriy hujjatlarga muvofiq quyidagilarni belgilaydi:
1) mansubligidan qat'iy nazar umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti va
idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari temir yo‘l kesishmalarining
tasniflanishi va toifalarini aniqlash tartibini;
2) temir yo‘l kesishmalari chegarasida joylashgan va ularga olib boradigan
avtomobil yo‘llari uchastkalarining tuzilishi, jihozlanishi, foydalanishi, saqlanishi
va ta'mirlanishiga bo‘lgan talablarni;
3) temir yo‘l kesishmalarini ochish va yopish, shuningdek, mansubligidan qat'iy
nazar temir yo‘l kesishmalarini bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish talablarini;
4) mansubligidan qat'iy nazar temir yo‘l kesishmalariga xizmat ko‘rsatuvchi
navbatchi xodimlarning ishini tashkil etish tartibi va vazifalarini.
Temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagi
qurilmalardan foydalaniladi:
1) avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘sish va temir yo‘l kesishmasi orqali
transport vositalari (yo‘l harakati qatnashchilari) harakatini to‘xtatish qurilmasi.
Temir yo‘l kesishmasi kesishma signalizatsiyasi bilan jihozlanganda, shlagbaumlar
takroriy qurilma hisoblanib, temir yo‘l kesishmasida transport vositalarining (yo‘l
harakati qatnashchilari) sanksiyasiz o‘tib ketishlaridan to‘sadi.
Harakatga keltirish uslublariga ko‘ra shlagbaumlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
avtomatlashgan – poyezdning temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashganda temir yo‘l
harakat tarkibining mavjudligini qayd etuvchi temir yo‘l uchastkasiga kirib
kelganida va kesishma svetoforlarining qizil signallari (chiroqlari) yoqilganda
hisoblangan vaqt davomida shlagbaum to‘suvchi bruslarining yopiq (gorizontal)
holatga o‘tkazilishi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Poyezd temir yo‘l
kesishmasini bo‘shatgach shlagbaumning to‘suvchi bruslari ochiq (vertikal)
holatga yana avtomatik ravishda o‘tadi. Bunda kesishma svetoforining qizil
signallari (chiroqlari) o‘chadi;
yarim avtomatlashgan – to‘suvchi bruslarni yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi
poyezd yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishida avtomatik ravishda yoki temir
yo‘l stansiyasi navbatchisi tomonidan poyezdga signal ochilib, marshrutni
birlashtirilishi yoki maxsus tugma bosilishi bilan amalga oshiriladi. Shlagbaum
to‘suvchi bruslarining ochilishi (ularni vertikal holatga o‘tkazilishi) kesishma
navbatchisi tomonidan maxsus tugmani bosish orqali amalga oshiriladi;
elektrlashgan (elektr-shlagbaumlar) – to‘suvchi bruslarni yopiq (gorizontal)
holatga o‘tkazilishi, kesishma navbatchisi xabarlash signalini qabul qilgandan
so‘ng maxsus tugma bosilishi orqali amalga oshiriladi. Shlagbaum to‘suvchi
bruslarining ochilishi (ularni vertikal holatga o‘tkazilishi) temir yo‘l kesishmasi
poyezddan bo‘shatilgandan so‘ng, kesishma navbatchisi tomonidan maxsus
tugmani boshlang‘ich holatga qaytarish orqali amalga oshiriladi;
mexanizatsiyalashgan – shlagbaumlar mexanik uzatmaga ega bo‘lib, uning
yordamida kesishma navbatchisi to‘suvchi bruslarni qo‘lda ochiq (vertikal) va
yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazadi;
gorizontal-buriladigan (zaxira) – to‘suvchi bruslar ochiq holatda avtomobil
yo‘lining qatnov qismiga parallel ravishda joylashadi. Transport vositalarining
harakatini to‘xtatish uchun kesishma navbatchisi (yoki kesishma navbatchisi
vazifasini bajaruvchi boshqa ishchi) ularni qo‘lda burab avtomobil yo‘lining
qatnov qismini to‘sadi;
2) kesishma navbatchisi (yoki kesishma navbatchisi vazifasini bajaruvchi boshqa
ishchi) tomonidan boshqariladigan, yoqilganda poyezdni temir yo‘l kesishmasiga
kirishini taqiqlaydigan qurilma;
3) poyezd yaqinlashganda kesishma svetoforlari va tovushli signalizatsiyalari
yoqilishi bilan temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari va yo‘l harakati
qatnashchilari harakatini taqiqlovchi qurilma;
Funksional vazifasiga muvofiq kesishma signalizatsiyasi kuyidagi turlarga
bo‘linadi:
avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi – poyezd ma'lum bir masofaga
yaqinlashganda kesishma svetoforlarining avtomatik ravishda miltillovchi qizil
signallar (chiroqlar) yoqilishini hamda poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib
ketgandan so‘ng ularni o‘chishini amalga oshiruvchi kesishma signalizatsiyasi.
Avtomatik svetofor signalizatsiyasi navbatchi ishchi tomonidan xizmat
ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalarida avtomatlashgan shlagbaumlar bilan
birgalikda qo‘llaniladi;
miltillovchi oq chiroq bilan avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi - kesishma
svetoforlari temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuvchi poyezdning yo‘qligi va
signalizatsiya qurilmalari sozligini ko‘rsatadigan miltillovchi oq signalli (chiroqli)
qo‘shimcha signal kallagiga ega bo‘lgan kesishma signalizatsiyasi;
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan avtomatlashgan svetofor
signalizatsiyasi – avtomatik ravishda ko‘tariladigan va tushiriladigan qo‘shimcha
shlagbaum bruslari bilan to‘ldirilgan kesishma signalizatsiyasi;
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan yarim avtomatlashgan svetofor
signalizatsiyasi – qo‘shimcha shlagbaum bruslari bilan to‘ldirilgan, signalizatsiya
yoqilishi va shlagbaumlar tushirilishi poyezd yaqinlashganda avtomatik ravishda,
signalizatsiya o‘chirilishi va shlagbaumlar ko‘tarilishi esa temir yo‘l kesishmasidan
poyezd o‘tganidan so‘ng navbatchi xodim tomonidan tugma bosilishi orqali
amalga oshiriladigan kesishma signalizatsiyasi;
svetofor signalizatsiya – to‘sish svetoforlari sifatida qo‘llaniladigan kesishma
signalizatsiyasi va maxsus svetoforlarning o‘zaro bog‘liqlik qurilmasi. Me'yoriy
(hisobiy uzunlikdagi) yaqinlashish uchastkalarini barpo qilishning imkoni
bo‘lmagan faqat shaharlardagi idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida
qo‘llanilishi mumkin;
xabarlash signalizatsiyasi – navbatchi xodimga poyezdning temir yo‘l
kesishmasiga yaqinlashayotgani to‘g‘risida optik va akustik xabar beradigan signal
bo‘lib, to‘suvchi texnik vositalarining yoqilishi va o‘chirilishi temir yo‘l
kesishmasiga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi;
4) harakat uchun yopiq temir yo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashganda, transport
vositalarini sanksiyasiz kirib kelish urinishlariga fizik to‘siq (g‘ov) yaratuvchi,
qatnov qismini to‘liq berkitish uchun mo‘ljallangan moslama;
5) avtomobil yo‘lining qatnov qismida maxsus plitalarni ko‘tarib, temir yo‘l
kesishmasi orqali avtotransport vositalari harakatiga g‘ov bo‘ladigan temir yo‘l
kesishmasini to‘sish qurilmasi.
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanayotgan temir yo‘l transportining barcha
tashkilotlari, yo‘l xo‘jaligi va yo‘l harakati ishtirokchilari temir yo‘l kesishmalarida
harakat xavfsizligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biriga rioya qilishlari shart:
temir yo‘l transporti temir yo‘l kesishmasida boshqa barcha transport turlari oldida
harakatlanish ustunligiga ega.
Mazkur Qoidalar quyidagilarga tatbiq etiladi:
1) temir yo‘l transportida barcha foydalanilayotgan va yangidan
loyihalashtirilayotgan temir yo‘l kesishmalariga;
2) poyezdlarning harakat tezligi 200 km/soatgacha bo‘lgan temir yo‘l transportida.
Poyezdlar harakat tezligi 200 km/soatdan ortiq bo‘lgan, yuqori tezlikdagi temir
yo‘l transportida temir yo‘l kesishmalarini barpo etish taqiqlanadi. Avtomobil
yo‘llari bilan bir sathda joylashgan mavjud kesishmalar avtotransport vositalarini
temir yo‘lga kirishini istisno etuvchi KTQlar bilan to‘silganda, ular vaqtincha
saqlab qolinishi mumkin.
Zarur hollarda alohida temir yo‘l kesishmalarida yuqori tezlikdagi poyezdni
o‘tkazish uchun xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha chorasi sifatida kesishma
navbatchisi postidan qarama-qarshi tomonida joylashgan gorizontal tekislikda
buriladigan zaxira shlagbaumlarni yopishi va qulflashi lozim. Bunday temir yo‘l
kesishmalar ro‘yxati umumiy foydalanishdagi temir yo‘l infratuzilmasi egasi
tomonidan belgilanadi.
Har yili 1 apreldan 1 iyungacha bo‘lgan davrda temir yo‘l transportida infratuzilma
egasi yoki idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari egalari tomonidan
temir yo‘l kesishmalarining komissiya ko‘rigi o‘tkazilishi lozim.
Infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi bo‘lajak komissiya ko‘rigi
to‘g‘risida DYHXXga, Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va
yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga, Avtomobil yo‘llari
qo‘mitasiga va Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga, mahalliy
davlat hokimiyati va (yoki) mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organiga, ko‘rik
o‘tkazilayotgan temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘l uchastkasi
egasiga, zarur hollarda ushbu ko‘rikda ishtirok etadigan yo‘lovchi tashish
avtotransport tashkiloti vakiliga ma'lum qiladi.
Temir yo‘l kesishmalarida hamkorlikdagi komissiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha
dalolatnoma tuziladi hamda ular asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha kalendar ish rejalar ishlab chiqiladi, shu jumladan temir yo‘l
kesishmalarining jihozlanish va foydalanish holati, temir yo‘l kesishmalaridan
xavfsiz foydalanishini reglamentlovchi texnik tartibga solish sohasidagi normativ-
huquqiy va me'yoriy hujjatlar talablari va mazkur Qoidalarga muvofiq bartaraf
etilishi lozim.
Yil davomida infratuzilma egasi yoki shoxobcha temiri yo‘l egasi tashabbusiga
binoan temir yo‘l kesishmalari va unga yondashuv yo‘llar holatini boshqa
ko‘riklari o‘tkazilishi mumkin.
Temir yo‘l egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi, Favqulodda vaziyatlar
vazirligi, yo‘l tashkilotlari DYHXX tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda agar
temir yo‘l kesishmasining texnik holati temir yo‘l tashishlari va yo‘l harakati
xavfsizligini ta'minlashni reglamentlovchi texnik tartibga solish sohasidagi
normativ-huquqiy va me'yoriy hujjatlar talablariga javob bermasa, shuningdek
noqulay ob-havo sharoitlari, tabiiy ofatlar, yong‘inlar, avtomobil yo‘li
ko‘taruvchanlik qobiliyatini yo‘qotgan va boshqa holatlarda, ommaviy axborot
vositalari orqali avtomobil yo‘l foydalanuvchilarini ogohlantirgan va tegishli yo‘l
belgilarini o‘rnatgan holda joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlarga xabar
berilib, ta'mirlash-qurilish ishlari amalga oshirilganda temir yo‘l kesishmasi orqali
transport vositalari va yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini vaqtincha
cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega.
Amaldagi kesishmalarni yopish, ko‘chirish, qayta tiklash va yopilgan kesishmani
ochish (doimiy yoki vaqtincha), shuningdek yo‘l o‘tkazgichdan 5 kilometr va
undan kam masofada joylashgan temir yo‘l kesishmalarining maqsadga
muvofiqligini aniqlash va ularning yopilishi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va
(yoki) joylardagi davlat hokimiyat organlari, DYHXX, temir yo‘l kesishmasini
kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘li uchastkasi egasi bilan kelishilgan holda,
infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘l egasi tomonidan komissiya ko‘rigi
natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yo‘l o‘tkazgichida ta'mirlash ishlari amalga oshirilganda reversiv harakat tashkil
etishning imkoni bo‘lmasa, yo‘l harakati qatnashchilari va qurilish texnikalarining
uzluksiz va xavfsiz o‘tishlarini ta'minlash maqsadida, yo‘l o‘tkazgichidan 5
kilometrdan kam masofada temir yo‘l kesishmasini barpo etishga ruxsat etiladi.
Yopilgan temir yo‘l kesishmalarida (doimiy yoki vaqtinchalik) yo‘l to‘shamasi olib
tashlanadi (nastil), temir yo‘l kesishmasiga olib borish yo‘laklari chetki relsdan
kamida 10 metr masofada, yo‘lning to‘liq kengligi bo‘yicha, balandligi 0,5
metrdan kam bo‘lmagan to‘siq bilan hamda zarur holatlarda to‘siqlardan temir yo‘l
tomonga 2 metr masofada joylashgan chuqurligi 0,6 metr va eni 0,4 metr
o‘lchamdagi ariqlar bilan to‘siladi. Temir yo‘l kesishmasiga yondashuv va olib
borish yo‘llaridagi ogohlantirish belgilari olib qo‘yiladi. Buning o‘ringa aylanib
o‘tish joylari boshida uning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi axborot belgilari o‘rnatiladi.
Yopilgan temir yo‘l kesishmasida barcha jihozlar demontaj qilinadi. Temir yo‘l
kesishmasidan foydalanish qisqa muddatga to‘xtatilganda, avtomatlashgan temir
yo‘l kesishma signalizatsiyasi uning yopiq turish muddatida o‘chiriladi hamda
qo‘lda harakatlantiriluvchi gorizontal-buriladigan zaxira shlagbaum bruslari
transport vositalari harakati uchun yopiq holatga keltiriladi va qulf bilan yopiladi.
Temir yo‘l kesishmasida avtomatik qurilmalarni o‘chirish tartibi infratuzilma egasi
yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi tomonidan belgilanadi. Yopilayotgan temir
yo‘l kesishmalariga olib borish yo‘llarida infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir
yo‘llari egasi ushbu temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tadigan avtomobil yo‘li egasi
bilan kelishgan holda transport vositalarini burilib olishlari uchun maydonchalar
bilan jihozlanishi kerak.
Temir yo‘l kesishmasini yopilganligi to‘g‘risida xabardor etish infratuzilma egasi
va shoxobcha temir yo‘llari egasi zimmasiga yuklanadi. Xabar berish tartibi,
shuningdek, yopilayotgan temir yo‘l kesishmalarining uskunalari, qurilmalari va
jihozlarini demontaj qilish, ularni saqlash yoki qayta foydalanish tartibi
infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi tomonidan DYHXX bilan
kelishilgan holda belgilanadi.
Ikkinchi yo‘llarni qurish va transport aloqalarini rivojlantirish loyihalarini ishlab
chiqish bilan bir vaqtda infratuzilma egasi va shoxobcha temir yo‘llari egasi
avtomobil yo‘l egalari bilan birgalikda bir sathdagi mavjud kesishuvlarni yo‘l
o‘tkazgichlari bilan almashtirish yoki avtomobil yo‘llarini temir yo‘lga yaqin
joylashgan sun'iy inshootlar ostiga ko‘chirish masalalari hal etilishi kerak.
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar temir yo‘l kesishmalarining tasniflari va toifalari, ularni bir
toifadan boshqa toifaga o‘tkazish, ochish, yopish, temir yo‘l kesishmalarining
tuzilishi, jihozlanishi, saqlanishi va ta’mirlanishi hamda temir yo‘l
kesishmalarining navbatchi xodimlari (bundan buyon matnda navbatchi xodim deb
yuritiladi) ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning
belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muntazam va xavfsiz
harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek
ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi
belgilangan doiradagi bo‘shliq;
asosiy yo‘llar — peregonlardagi temir yo‘llar, shuningdek tegishli peregon
yo‘llarining bevosita davomi bo‘lgan, stryelka o‘tkazgichlarida burilishlarga ega
bo‘lmagan temir yo‘l stansiyasi yo‘llari;
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida
ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga,
transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy
zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;
Oldingi
tahrirga qarang.
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining
haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining
2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-
1/0680-son)
yo‘l to‘shamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lib, bir nechta qatlam
to‘shamasi qoplama, asos va asosning qo‘shimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi,
suv o‘tkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat bo‘ladi;
qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan
qismi;
Oldingi
tahrirga qarang.
sutkaning qorong‘i vaqti — kechki g‘ira-shiraning oxiridan tonggi g‘ira-shiraning
boshlanishigacha bo‘lgan oraliqdagi vaqt;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining
2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-
1/0680-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
piyoda — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lda biror-bir yumush
bilan band bo‘lmagan shaxs. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning dvigatelsiz
aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va
bolalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek
harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga
o‘xshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining
2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-
1/0680-son)
poyezd — o‘rnatilgan signallarga ega bo‘lgan, bitta yoki bir nechta ishlab turgan
lokomotiv yoxud motorli vagonlardan shakllantirilib, birlashtirilgan vagonlar
tarkibi. Peregonga jo‘natilayotgan vagonlarsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va
o‘ziyurar harakatdagi tarkib ham poyezd deb hisoblanadi;
temir yo‘l infratuzilmasi — temir yo‘l va temir yo‘l inshootlari, temir yo‘l
stansiyalari, elektr ta’minoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya,
markazlashtirish va bloklash tizimlari, axborot majmualari, harakatni boshqarish
tizimi va ushbu majmuaning faoliyatini ta’minlovchi binolar, qurilmalar, moslama
va uskunalarni o‘z ichiga oladigan texnologik majmua;
temir yo‘l kesishmasi — yo‘lning temir yo‘llar bilan bir sathda kesishgan joyi;
temir yo‘l shoxobcha yo‘llari (bundan buyon matnda shoxobcha yo‘llari deb
yuritiladi) — alohida korxonalar, tashkilotlar, ma’lum bir yuk jo‘natuvchilar va
yuk qabul qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, temir yo‘l umumiy
tarmog‘iga uzluksiz rels izlari bilan bog‘langan temir yo‘llar;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga
mo‘ljallangan qurilma;
to‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk
ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan
ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar — temir yo‘lning poyezdlarni qabul qilish
va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‘yicha
tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‘lgan temir yo‘l bekatlari
joylashgan tarmog‘i;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti (bundan buyon matnda temir yo‘l
deb yuritiladi) — ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarni o‘z tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir
yo‘llari va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashish
ehtiyojlarini ta’minlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmui;
haydovchi — yo‘llarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.
Boshqarishni o‘rgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib
harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollarini (podani)
haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi;
yaqinlashish uchastkasi — rels elektr zanjirlari bilan jihozlangan, temir yo‘l
kesishmasi old tomonida joylashgan, yaqinlashayotgan poyezd haqida oldindan
avtomatik ravishda xabar berish hamda poyezdlarning tezligi va temir yo‘l
kesishmasi yo‘lining uzunligiga qarab hisob-kitob yo‘li bilan yo‘lning uzunligi
aniqlanadigan (temir yo‘l kesishmasi kesishma signalizatsiyasi va shlagbaumlarni
avtomatik tarzda boshqarish moslamasi bilan jihozlangan bo‘lsa) temir yo‘l
uchastkasi.
2. Quyidagilar temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlaydigan
qurilmalar hisoblanadi:
a) avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘sish va transport vositalarining (yo‘l
harakati qatnashchilarining) temir yo‘l kesishmasi orqali amalga oshiriladigan
harakatini to‘xtatish qurilmasi (bundan buyon matnda shlagbaum deb yuritiladi).
Shlagbaum temir yo‘l kesishmasini transport vositalari (yo‘l harakati
qatnashchilari) o‘tib ketishlaridan to‘sadi.
Harakatlanish uslublariga ko‘ra shlagbaumlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
avtomatlashgan — yaqinlashish uchastkasiga poyezd kirib kelgandan va kesishma
svetoforlarining qizil signallari (chiroqlari) yoqilgandan so‘ng hisoblangan vaqt
davomida shlagbaum bruslarining yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi avtomatik
tarzda amalga oshiriladi. Poyezd temir yo‘l kesishmasini bo‘shatgach,
shlagbaumning bruslari ochiq (vertikal) holatga avtomatik ravishda o‘tadi. Bunda,
kesishma svetoforining qizil signallari (chiroqlari) o‘chadi;
yarim avtomatlashgan — bruslar yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi poyezd
yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishida avtomatik ravishda yoki temir yo‘l
stansiyasi navbatchisi tomonidan, bruslar ochiq (vertikal) holatga o‘tkazilishi
navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi;
elektrlashtirilgan — bruslar yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi navbatchi
xodim tomonidan xabarlash signali qabul qilingandan so‘ng maxsus tugmani
bosish orqali, bruslar ochiq (vertikal) holatga o‘tkazilishi temir yo‘l kesishmasi
poyezddan bo‘shatilgandan so‘ng, navbatchi xodim tomonidan maxsus tugmani
boshlang‘ich holatga qaytarish orqali amalga oshiriladi;
mexanizatsiyalashgan — shlagbaumlar navbatchi xodim tomonidan mexanik
uzatma yordamida bruslarni qo‘lda ochiq (vertikal) va yopiq (gorizontal) holatga
o‘tkazish orqali boshqariladi;
gorizontal buriladigan (zaxira) — bruslar ochiq (vertikal) holatda avtomobil
yo‘lining qatnov qismiga parallel ravishda joylashadi va navbatchi xodim ularni
qo‘lda boshqaradi;
b) poyezdning temir yo‘l kesishmasiga kirishini taqiqlaydigan qurilma (bundan
buyon matnda to‘sish signalizatsiyasi deb yuritiladi);
v) poyezd yaqinlashganda kesishma svetoforlari va tovushli signalizatsiyalari
yoqilishi bilan temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari va yo‘l harakati
qatnashchilari harakatini taqiqlovchi qurilma (bundan buyon matnda kesishma
signalizatsiyasi deb yuritiladi).
Funksional vazifasiga ko‘ra kesishma signalizatsiyasi kuyidagi turlarga bo‘linadi:
avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — poyezd ma’lum bir masofaga
yaqinlashganda kesishma svetoforlarining miltillovchi qizil signallarini
(chiroqlarini) avtomatik ravishda yoquvchi hamda poyezd temir yo‘l
kesishmasidan o‘tib ketgandan so‘ng ularni o‘chiruvchi kesishma signalizatsiyasi.
Avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi navbatchi xodim tomonidan
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan birgalikda qo‘llaniladi;
miltillovchi oq chiroqli avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — kesishma
svetoforlari temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotgan poyezd yo‘qligi va
signalizatsiya qurilmalari sozligini ko‘rsatadigan miltillovchi oq signalli (chiroqli)
qo‘shimcha signal kallagiga ega bo‘lgan kesishma signalizatsiyasi;
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan avtomatlashgan svetofor
signalizatsiyasi — avtomatik ravishda ko‘tariladigan va tushiriladigan qo‘shimcha
shlagbaum bruslariga ega bo‘lgan kesishma signalizatsiyasi;
avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan yarim avtomatlashgan svetofor
signalizatsiyasi — qo‘shimcha shlagbaum bruslariga ega bo‘lgan, signalizatsiya
yoqilishi va shlagbaumlar tushirilishi temir yo‘l kesishmasiga poyezd
yaqinlashganda avtomatik ravishda, signalizatsiya o‘chirilishi va shlagbaumlar
ko‘tarilishi temir yo‘l kesishmasidan poyezd o‘tganidan so‘ng navbatchi xodim
tomonidan tugma bosilishi orqali amalga oshiriladigan kesishma signalizatsiyasi;
svetofor signalizatsiyasi — to‘sish svetoforlari sifatida qo‘llaniladigan kesishma
signalizatsiyasi va manevr svetoforlarining o‘zaro bog‘lovchi qurilmasi;
xabarlash signalizatsiyasi — navbatchi xodim poyezdning temir yo‘l kesishmasiga
yaqinlashayotgani to‘g‘risida optik (nurli) va akustik (tovushli) xabar beradigan
signal. Bunda, to‘suvchi texnik vositalarning yoqilishi va o‘chirilishi navbatchi
xodim tomonidan amalga oshiriladi;
g) harakat uchun yopiq temir yo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashganda transport
vositalarining kirib kelishiga to‘siq yaratuvchi, qatnov qismini to‘liq berkitish
uchun mo‘ljallangan moslama;
d) avtomobil yo‘lining qatnov qismida maxsus plitalarni ko‘targan holda temir yo‘l
kesishmasi orqali transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qiladigan to‘sish
qurilmasi (bundan buyon matnda KTQ deb yuritiladi).
2-bob. Temir yo‘l kesishmalarini ko‘rikdan o‘tkazish hamda ochish va yopish
3. Temir yo‘l kesishmalari temir yo‘l infratuzilmasi egasi (bundan buyon matnda
infratuzilma egasi deb yuritiladi) yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan
o‘zlarining mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan Temir yo‘l kesishmalarini
texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya
deb yuritiladi) ko‘rigidan har yili kamida bir marta o‘tkazilishi lozim.
4. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi navbatdagi Komissiya ko‘rigi
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati
xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi), Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va
yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari
qo‘mitasi, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, tegishli mahalliy
davlat hokimiyati organi, ko‘rik o‘tkazilayotgan temir yo‘l kesishmasini kesib
o‘tuvchi avtomobil yo‘l uchastkasi egasi hamda yo‘lovchi tashish transport
tashkilotiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi.
Xabarnomada Komissiya ko‘rigi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqidagi
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
5. Komissiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma
tuziladi. Dalolatnomada qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning talablariga
muvofiq bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar, shu jumladan ushbu
kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari ko‘rsatiladi.
6. Komissiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha dalolatnomada ko‘rsatilgan
kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi ustidan nazorat
Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish
xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Yo‘l-
qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va DYHXX tomonidan
qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Poyezdlar harakatining tezligi soatiga 200 kilometrdan ortiq bo‘lgan yuqori
tezlikdagi temir yo‘l yo‘nalishlarida yangi temir yo‘l kesishmalarini loyihalash va
ochish taqiqlanadi.
8. Yangi avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishgan joylarini loyihalash,
shuningdek mavjudlarini rekonstruksiya va kapital ta’mirlash avtomobil yo‘llari
sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Mavjud temir yo‘l kesishmalarini yopish, yangisini ochish, shuningdek yo‘l
o‘tkazgichdan 5 kilometr va undan qisqa masofada joylashgan temir yo‘l
kesishmalarining faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularni
yopish DYHXX bilan hamkorlikda hamda temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi
avtomobil yo‘li uchastkasi egasi bilan kelishuv asosida infratuzilma egasi yoki
shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan Komissiya ko‘rigi natijalariga ko‘ra amalga
oshiriladi.
Temir yo‘l kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini
DYHXX bilan kelishish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 111-son
qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l
kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘yida joylashgan AYoQS,
AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish)
stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish
bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
ma’muriy reglamentiga
muvofiq
amalga oshiriladi.
10. Yo‘l o‘tkazgichda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida reversiv harakat
tashkil etishning imkoni bo‘lmasa, transport vositalari, yo‘l harakati qatnashchilari
va qurilish texnikasi uzluksiz va xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida yo‘l
o‘tkazgichdan 5 kilometrdan qisqa masofada temir yo‘l kesishmasini mazkur
Qoidalarning
7-bandida
belgilangan talabni inobatga olgan holda ochishga yo‘l
qo‘yiladi.
11. Temir yo‘l kesishmasini yopishda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari
egasi tomonidan temir yo‘l kesishmasining chegarasidagi yo‘l to‘shamasi olib
tashlanadi, shuningdek temir yo‘l kesishmasiga olib boruvchi yo‘laklar rels
chetidan kamida 10 metr masofada yo‘lning to‘liq kengligi bo‘yicha balandligi 0,5
metrdan kam bo‘lmagan to‘siq bilan hamda zarur hollarda to‘siqlardan temir yo‘l
tomonga 2 metr masofada joylashtiriladigan chuqurligi 0,6 metr va eni 0,4 metr
o‘lchamdagi ariqlar bilan to‘siladi.
Bunda, yopilayotgan temir yo‘l kesishmasiga olib boradigan yo‘llarda o‘rnatilgan
va ushbu temir yo‘l kesishmasi mavjudligini anglatuvchi ogohlantirish belgilari
olib qo‘yiladi hamda ularning o‘rniga aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi
axborot-ko‘rsatgich belgilari o‘rnatiladi.
12. Temir yo‘l kesishmasi yopilganda undagi barcha jihozlar demontaj qilinadi,
temir yo‘l kesishmasi vaqtinchalik muddatga yopilganda esa, ushbu muddat
davomida avtomatlashgan temir yo‘l kesishmasi signalizatsiyasi o‘chiriladi hamda
qo‘lda harakatga keltiriladigan gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaum bruslari
transport vositalari harakati uchun yopiq holatga keltiriladi va qulf bilan yopiladi.
Temir yo‘l kesishmasida avtomatik qurilmalarni o‘chirish infratuzilma egasi yoki
shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi yopiladigan temir yo‘l
kesishmalariga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ushbu yo‘l uchastkasi egasi bilan
kelishilgan holda transport vositalari burilib ketishi uchun maydonchalar tashkil
etilishini ta’minlashi kerak.
14. Infratuzilma egasi va shoxobcha yo‘llari egasi mahalliy ommaviy axborot
vositalarida temir yo‘l kesishmasining yopilishi to‘g‘risida uning yopilishidan
kamida o‘n besh kun oldin e’lon berilishini ta’minlaydi.
3-bob. Temir yo‘l kesishmalarining tasnifi va toifalarini aniqlash
15. Temir yo‘l kesishmalari joylashuviga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l kesishmalari — umumiy foydalanishdagi temir
yo‘llar va (yoki) shoxobcha yo‘llari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari
bilan kesishgan joy;
umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalari — umumiy
foydalanishdagi temir yo‘llar va (yoki) shoxobcha yo‘llari shaharlar va boshqa
aholi punktlarining ko‘chalari hamda xo‘jalik avtomobil yo‘llari bilan kesishgan
joy.
Tashkilotlar (ombor, depo, elevator va boshqa shu kabilar) hududidagi temir
yo‘llarning ushbu tashkilotlar avtomobil yo‘llari bilan kesishgan hududlari
texnologik o‘tish joyi bo‘lib, ular temir yo‘l kesishmasi hisoblanmaydi.
16. Temir yo‘l kesishmalari ularda sutka davomida harakatlanuvchi poyezdlar va
transport vositalarining sonini (bundan buyon matnda harakat intensivligi deb
yuritiladi) hisobga olgan holda mazkur Qoidalarning
1-ilovasida
keltirilgan
me’zonlarga muvofiq to‘rt toifaga bo‘linadi.
17. Temir yo‘l kesishmalari toifalarini aniqlashda poyezdlar harakati intensivligi
poyezdlar harakati jadvaliga muvofiq, transport vositalari harakati intensivligi esa
infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasining xronometrajli kuzatuvlari
bo‘yicha aniqlanadi.
18. Poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan kelib chiqib,
temir yo‘l kesishmalarining toifalari infratuzilma egasi tomonidan yiliga kamida
bir marotaba va shoxobcha yo‘llari egalari tomonidan 5 yilda kamida bir marotaba
qayta ko‘rib chiqiladi.
19. Temir yo‘l kesishmalari toifalarini qayta ko‘rib chiqish Komissiya ko‘rigini
o‘tkazish davomida amalga oshiriladi. Bunda, navbatchi xodim tomonidan xizmat
ko‘rsatiladigan hamda navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan temir
yo‘l kesishmalarining ro‘yxati tuziladi.
20. Temir yo‘l kesishmalari ulardan foydalanishning tartibga solinishiga ko‘ra
tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan turlarga bo‘linadi.
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida xabar beruvchi
kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlangan yoki poyezdlar va transport
vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi xodim
tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalari tartibga solinadigan
temir yo‘l kesishmalari hisoblanadi.
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida xabar beruvchi
kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlanmagan yoki poyezdlar va
transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi xodim
tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan temir yo‘l kesishmalari tartibga
solinmaydigan temir yo‘l kesishmalari hisoblanadi.
21. Quyidagi temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodim qo‘yilishi lozim:
a) poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan qat’i nazar,
poyezdlar soatiga 140 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘l
uchastkalarida joylashgan temir yo‘l kesishmalarida;
b) I toifadagi temir yo‘l kesishmalarida;
v) temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma
signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma yoki
avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanmagan II toifadagi temir
yo‘l kesishmalarida;
g) avtomobil yo‘li uch va undan ortiq asosiy yo‘llar bilan kesishgan temir yo‘l
kesishmalarida;
d) qabul qilish-jo‘natish temir yo‘llaridagi (temir yo‘l stansiyasi ichida joylashgan)
temir yo‘l kesishmalarida;
e) ko‘rinish sharoitlari qoniqarsiz bo‘lgan II toifadagi temir yo‘l kesishmalarida
hamda ko‘rinish sharoitlaridan qat’i nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 16
tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yo‘l kesishmalarida;
j) ko‘rinish sharoitlari qoniqarsiz bo‘lgan va poyezdlar harakat intensivligi
sutkasiga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan III toifadagi temir yo‘l
kesishmalarida hamda ko‘rinish sharoitlaridan qat’i nazar, poyezdlar harakat
intensivligi kuniga 200 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yo‘l
kesishmalarida.
Bunda, transport vositasi haydovchisi temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib
kelayotgan poyezdni temir yo‘l kesishmasidan 400 metr masofada, poyezd
mashinisti esa temir yo‘l kesishmasini 1000 metr masofada ko‘rish imkoniyati
bo‘lmasa, temir yo‘l kesishmasining ko‘rinish sharoiti qoniqarsiz hisoblanadi.
22. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi
haydovchisiga ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa hamda temir yo‘l
kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini to‘xtatish uchun temir
yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa mazkur Qoidalarning
tegishliligiga ko‘ra
2
va
3-ilovalarida
keltirilgan me’yorlarga muvofiq
bo‘lishi lozim.
23. Quyidagi holatlarda navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan
holda temir yo‘l kesishmalarini navbatchi xodimsiz foydalanishga o‘tkazish
mumkin:
a) temir yo‘l kesishmasining toifasi quyi toifaga o‘zgartirilganda (bundan mazkur
Qoidalarning
21-bandida
nazarda tutilgan holatlar mustasno);
b) II, III va IV toifadagi temir yo‘l kesishmalari temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga
(poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini
beruvchi qurilma hamda avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan
jihozlanganda.
24. Temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilishini
to‘xtatishdan avval infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi quyidagilarni
amalga oshirishi lozim:
a) temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) temir yo‘l
kesishmasining avtomatlashgan signalizatsiyasi (mavjud bo‘lsa) sozligini nazorat
qilish imkonini beruvchi qurilma o‘rnatish;
b) avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar, KTQ,
shuningdek navbatchi xodim tomonidan temir yo‘l kesishmasiga xizmat
ko‘rsatishda foydalaniladigan boshqa qurilmalarni demontaj qilish;
v) temir yo‘l kesishmasi chegaralaridagi yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha
texnik vositalarni almashtirish.
25. Temir yo‘l kesishmalarini navbatchi xodimsiz foydalanishga o‘tkazishdan
kamida o‘n besh kun oldin infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi
avtomobil yo‘li egasi bilan kelishilgan joylarda tegishli temir yo‘l kesishmasi
navbatchi xodimsiz foydalanishga o‘tkazilishi haqida (sanasi ko‘rsatilgan holda)
axborot-ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatishi va ularni bir oy muddat davomida
saqlab turishi lozim.
4-bob. Temir yo‘l kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga
qo‘yiladigan talablar
26. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini to‘xtatish
uchun temir yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa
me’yorlariga javob bermaydigan shoxobcha yo‘llari bilan avtomobil yo‘llari
kesishgan joylarda yo‘l ko‘zgulari o‘rnatiladi.
Yo‘l ko‘zgularini o‘rnatish joylarini tanlashda va ko‘zgularning aks ettiruvchi
yuzasini transport vositasi haydovchisiga qaratishda yo‘lning ko‘rinmaydigan
qismi yo‘l ko‘zgularida ko‘rinishini ta’minlash lozim.
27. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi bilan kelishuv asosida
kesishma signalizatsiyasi o‘rnatilgan temir yo‘l kesishmalarida Komissiya
xulosasiga ko‘ra yangi avtobus yo‘nalishining ochilishiga yo‘l qo‘yiladi.
28. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi
haydovchisiga ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlariga muvofiq
temir yo‘l kesishmalari temir yo‘llar va avtomobil yo‘larining to‘g‘ri burchak
ostidagi tekis uchastkalarida, shuningdek ko‘rinish sharoitlari qoniqarli bo‘lgan
joylarda joylashtirilishi kerak. Bunda, ushbu talabga rioya qilishning imkoni
bo‘lmasa, kesishuvchi yo‘llar orasidagi o‘tkir burchak 60 darajadan kam
bo‘lmasligi kerak.
29. Temir yo‘l kesishmalarida chekka relsdan 10 metrdan kam bo‘lmagan
masofadagi avtomobil yo‘li gorizontal tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak.
Temir yo‘l kesishmalariga tutashgan avtomobil yo‘llari chekka relsdan 50 metrdan
kam bo‘lmagan masofada bo‘ylama qiyaligi 30 minglik o‘lchamdan ko‘p
bo‘lmagan holda loyihalashtirilishi kerak.
30. Temir yo‘l kesishmasi qatnov qismining kengligi avtomobil yo‘li qatnov qismi
kengligiga teng bo‘lishi, biroq 6 metrdan kam bo‘lmasligi, chorva mollarini
haydab o‘tish joylaridagi yo‘l to‘shamasi kengligi esa 4 metrdan kam bo‘lmasligi
kerak.
31. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasidan kelib chiqib, temir yo‘l harakatdagi tarkibi
g‘ildirak juftlarining bir tekisda o‘tishini ta’minlash uchun yo‘l to‘shamasi
chegaralarida kontrrelslar o‘rnatiladi. Ularning 50 santimetr uzunlikdagi uchlari
ikki rels oralig‘ining ichki tomoniga qarab 25 santimetrga egiladi. Bunda,
tarnovning kengligi 75 dan 110 millimetrgacha bo‘lgan oraliqda o‘rnatilishi, uning
chuqurligi esa 45 millimetrdan kam bo‘lmasligi lozim.
32. Navbatchi xodim mavjud bo‘lgan temir yo‘l kesishmalarida har bir temir
yo‘lning ikki rels oralig‘ida (bir yo‘lli uchastkalarda — har ikki tomondan) yo‘l
to‘shamasidan 0,75 dan 1,0 metrgacha bo‘lgan masofada poyezdni to‘xtatish
ko‘chma signallarini (qizil shitlar, chiroqlar), shuningdek temir yo‘l harakatdagi
tarkibining pastki nogabaritligini aniqlashga mo‘ljallangan qurilmalar uchun temir
quvur ko‘rinishidagi moslamalar o‘rnatish lozim.
33. Shlagbaum ustunlari, kesishma signalizatsiyasining svetofor machtalari,
to‘siqlar, panjaralar va yo‘naltiruvchi (signal) ustunlar avtomobil yo‘li qatnov
qismi chetidan 0,75 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi lozim.
Bunda, yo‘naltiruvchi (signal) ustunlar temir yo‘l kesishmasining ikki tomonida
chetdagi relslardan 2,5 dan 16 metrgacha bo‘lgan masofada har 1,5 metrda
o‘rnatiladi. Yo‘naltiruvchi (signal) ustunlar infratuzilma egasi yoki shoxobcha
yo‘llari egasi tomonidan o‘rnatiladi.
34. Temir yo‘l kesishmalarining chorva mollarini haydab o‘tish uchun
mo‘ljallangan joylarida balandligi 1,2 metr bo‘lgan temirbeton, yog‘och yoki
temirdan yasalgan devor to‘siqlar yoxud panjaralar o‘rnatiladi hamda zaxira
shlagbaumlariga to‘suvchi to‘rlar osiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
35. Avtomobil yo‘llari tomonidan temir yo‘l kesishmalariga tutashgan yo‘l
harakatini tashkil etuvchi texnik vositalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati
qoidalariga
(bundan
buyon matnda Yo‘l harakati qoidalari deb yuritiladi) muvofiq o‘rnatiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-
sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
36. Temir yo‘l kesishmalari aholi punktlarida joylashgan va ularga piyodalar
yo‘lkalari mavjud avtomobil yo‘llari tutashgan bo‘lsa, temir yo‘l kesishmalari
infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan piyodalar yo‘lkalari va
tovushli signalizatsiya bilan jihozlanadi.
37. Transport vositalarining temir yo‘l kesishmasiga kirishiga to‘siq bo‘luvchi
KTQ bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmalari piyodalar yo‘lkalari bilan
ta’minlanishi, shuningdek temir yo‘l kesishmalariga tutashgan yo‘llar temir yo‘l
kesishmasida kirishga to‘sqinlik qiluvchi qurilmalar mavjudligi to‘g‘risida
haydovchilarni ogohlantiruvchi axborot-ogohlantiruvchi belgilar bilan jihozlanishi
kerak.
38. KTQ avtomobil yo‘li qatnov qismining yo‘l qoplamasi bilan bir xil sathda
o‘rnatiladi. Shlagbaumlar tushirilgandan so‘ng KTQ plitalari yaqinlashib
kelayotgan transport vositasi tomonga 0,45 metr (± 0,05 metr) balandlikda
ko‘tarilib, avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq to‘sishi kerak. KTQ
qurilmasining ustida transport vositalari bo‘lganida plitalar ko‘tarilishiga yo‘l
qo‘yilmasligi kerak.
39. Temir yo‘l kesishmalariga yaqinlashish yo‘llarida (temir yo‘l yo‘nalishi
tomonida) poyezd mashinistlari tomonidan tovushli signal chalinishi lozimligi
haqida doimiy ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) o‘rnatiladi.
Ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) poyezd harakatining yo‘nalishi bo‘yicha
o‘ng tomondan 500 dan 1500 metrgacha masofada, poyezdlar soatiga 120
kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yo‘llarda
esa temir yo‘l kesishmasidan 800 dan 1500 metrgacha masofada o‘rnatiladi.
Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalari old tomonida
ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda
100 dan 300 metrgacha bo‘lgan masofada o‘rnatiladi.
40. Navbatchi xodim mavjud bo‘lmagan hamda mashinistlar ko‘rishi qiyin bo‘lgan
temir yo‘l kesishmalari old tomonida, shuningdek temir yo‘l kesishmasidan 250
metr masofada qo‘shimcha ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) o‘rnatilishi kerak
(poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi stansiyalar
oraliqlaridagi temir yo‘llarda — 400 metr masofada o‘rnatiladi).
41. Temir yo‘l kesishmasida kesishma signalizatsiyasi mavjud bo‘lsa, Yo‘l
harakati
qoidalariga
muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” yoki 1.3.2 “Ko‘p izli
temir yo‘l” ogohlantiruvchi yo‘l belgilari svetoforlar bilan bir ustunda, ustun
bo‘lmaganda esa eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada
o‘rnatiladi.
42. Tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalari old tomonida eng yaqin relsdan
50 metrdan ortiq bo‘lmagan uzoqlikda joylashgan transport vositalari
haydovchilariga mazkur Qoidalarning
2
va
3-ilovalariga
muvofiq hisoblangan
uzunlikka teng masofada poyezd ko‘rinishi ta’minlanmagan bo‘lsa, eng yaqin
relsgacha 10 metr masofada Yo‘l harakati
qoidalariga
muvofiq 2.5
“To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisi o‘rnatiladi.
Bunday temir yo‘l kesishmalari qayta jihozlanishidan avval, ularning oldida
harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida infratuzilma egasi yoki shoxobcha
yo‘llari egasi tomonidan poyezdlar harakat tezligiga doimiy cheklov o‘rnatiladi.
43. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda temir yo‘l kesishmalarining har ikki tomonida
shlagbaumlardan kamida 5 metr masofada, ular mavjud bo‘lmaganda esa chetdagi
relsdan kamida 14 metr masofada Yo‘l harakati
qoidalariga
muvofiq “4.5 m”
raqami aks etgan 3.13 “Cheklangan balandlik” taqiqlash yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
44. Temir yo‘l kesishmalariga tutashgan joylarda avtomobil yo‘llari tomonidan
shlagbaumlar old tomonida, ular mavjud bo‘lmaganda esa Yo‘l
harakati
qoidalariga
muvofiq o‘rnatilgan 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” yoki 1.3.2
“Ko‘p izli temir yo‘l” ogohlantiruvchi yo‘l belgilari old tomonida 150 — 300 metr
masofada 1.1 “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi” yoki 1.2 “Shlagbaumsiz temir
yo‘l kesishmasi” ogohlantiruvchi va boshqa yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Aholi
punktlari va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalariga tutashgan
yo‘llarda bunday belgilar chetdagi relslardan 50 — 100 metr masofada o‘rnatiladi.
45. Transport vositasi bir yo‘nalishda harakatlanishi uchun ikki va undan ortiq
bo‘lakli avtomobil yo‘llarida, shuningdek bir bo‘lakli yo‘llarda temir yo‘l
kesishmasining ko‘rinish masofasi aholi yashamaydigan joylarda 300 metrdan,
aholi yashaydigan joylarda esa 100 metrdan kam bo‘lganda Yo‘l
harakati
qoidalariga
muvofiq 1.1 “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi” va 1.2
“Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi” belgilari takror o‘rnatilishi kerak.
46. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalarida
kechayu-kunduz navbatchilik tartibi o‘rnatiladi.
Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalarida, shuningdek harakat
intensivligi past bo‘lgan temir yo‘l uchastkalarida joylashgan umumiy
foydalanishdagi temir yo‘l kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi
o‘rnatilmasligi mumkin.
Bunda, navbatchi xodimdan boshqa shaxslarning boshqaruv shitidagi
avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi va KTQdan foydalanishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
47. Temir yo‘l kesishmasi faoliyatida vaqtinchalik tanaffus yuzaga kelgan taqdirda
avtomatlashgan (yarim avtomatlashgan, elektrlashtirilgan) shlagbaumlar navbatchi
xodim tomonidan yopiq (gorizontal) holatga keltiriladi va avtomobil yo‘lining
qatnov qismini to‘liq to‘suvchi zaxira shlagbaumlar esa to‘sish holatiga o‘tkaziladi
va qulflanadi.
48. Kechayu-kunduz navbatchilik tartibi o‘rnatilmagan temir yo‘l kesishmalari
ro‘yxati va ularning ish soatlari haqida infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari
egasi DYHXX va temir yo‘l kesishmalari joylashgan avtomobil yo‘li egasini
yozma ravishda xabardor qiladi.
49. Harakat intensivligi past bo‘lgan temir yo‘llarda joylashgan hamda gorizontal
buriladigan (zaxira) shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmalari
infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan poyezd tuzuvchi yoki
lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Bunda, temir yo‘l kesishmalari poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi
boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangunga qadar gorizontal
buriladigan shlagbaumlar saqlab turiladi va bunday kesishmalarga navbatchi
xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydi.
50. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlarning
bruslari qizil rangli nur qaytaruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi yoki nur
qaytaruvchi bo‘yoq bilan bo‘yalishi hamda 4, 6 yoxud 8 metr uzunlikka ega
bo‘lishi lozim.
51. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar
transport vositalari harakatining yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil yo‘lining o‘ng
tomonidan qatnov qismining kamida yarmini yopishi kerak. Bunda, qatnov qismini
to‘liq berkituvchi shlagbaumlar o‘rnatilishi mumkin.
52. Transport vositalarining harakat intensivligi yuqori bo‘lgan, navbatchi xodim
tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan, shuningdek tezyurar yo‘lovchi poyezdlari
harakatlanadigan temir yo‘l kesishmalarida transport vositalari kirib kelishining
oldini olish uchun KTQ qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
53. Mexanizatsiyalashgan shlagbaumlar avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq
to‘sishi hamda sutkaning qorong‘i vaqtida va kunduzi ko‘rish yaxshi bo‘lmagan
sharoitlarda (tuman, bo‘ron va boshqa noqulay sharoitlarda) qo‘llaniladigan signal
chiroqlariga ega bo‘lishi lozim.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-
sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son)
54. Mexanizatsiyalashgan shlagbaumlarning bruslariga o‘rnatilgan signal
chiroqlari quyidagi signallarni uzatishi kerak:
a) avtomobil yo‘li tomon:
shlagbaumlar yopiq holatda bo‘lganida — qizil signal (chiroq);
shlagbaumlar ochiq holatda bo‘lganida — shaffof oq signal (chiroq);
b) temir yo‘l tomon shlagbaumlarning ham ochiq, ham yopiq holatlarida — shaffof
oq nazorat signali (chiroq) uzatiladi.
55. Shlagbaumlar temir yo‘l kesishmasining har ikki tomonida, avtomobil yo‘li
chetining o‘ng tomonida o‘rnatilishi va ularning bruslari yopiq holatda avtomobil
yo‘li qatnov qismi yuzasidan 1 dan 1,25 metrgacha balandlikda joylashishi lozim.
Bunda, mexanizatsiyalashgan shlagbaumlar chetdagi relsdan 8,5 metrdan kam
bo‘lmagan va 14 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
56. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar brus
uzunligidan (4, 6 yoki 8 metr) kelib chiqib, chetdagi relsdan 6, 8 yoki 10 metrdan
kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.
57. Temir yo‘l infratuzilmasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda temir yo‘l
kesishmasini to‘sish uchun avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq berkituvchi
va shlagbaumlardan avtomobil yo‘li tomonga 1 metrdan kam bo‘lmagan masofada
o‘rnatiluvchi gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlardan foydalaniladi. Bunda,
shlagbaumlar ularni ochiq va yopiq holatda mahkamlash va signal chiroqlarini ilib
qo‘yish moslamalariga ega bo‘lishi kerak.
58. Shlagbaumlarning bruslari (asosiy va zaxira) navbatma-navbat o‘zgaruvchi
qizil va oq rangdagi gorizontal, avtomobil yo‘li tomondan qaralganda 45 dan 50
darajagacha burchak ostida o‘ngga egilgan chiziqlar bilan bo‘yaladi. Chiziqlarning
kengligi 500 dan 600 millimetrgacha bo‘lishi, brusning uchida esa 250 dan 300
millimetrgacha kenglikdagi qizil chiziq chizilgan bo‘lishi lozim.
59. Avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan shlagbaumlarning ochiq holati,
elektrlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan shlagbaumlarning esa yopiq holati
normal holatda turish hisoblanadi.
Normal holatda turmagan shlagbaumlar faqat temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib
kelayotgan poyezd mavjud bo‘lmagandagina transport vositalarini o‘tkazish uchun
ochilishi mumkin.
60. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan uchta bo‘lakli
yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratish uchun temir yo‘l
kesishmalari yaqinida chetdagi relsdan 100 metr masofada Yo‘l
harakati
qoidalariga
muvofiq 1.1 yotiq chizig‘i chiziladi.
61. Shlagbaum yoki svetofordan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada Yo‘l
harakati
qoidalariga
muvofiq 1.12 “To‘xtash chizig‘i” belgisi chizilishi kerak.
Bunda, shlagbaum yoki svetofor mavjud bo‘lmaganda 1.12 “To‘xtash chizig‘i”
belgisi eng yaqin relsdan 10 metrdan kam bo‘lmagan masofada 2.5 “To‘xtamasdan
harakatlanish taqiqlanadi” belgisi to‘g‘risida chiziladi.
62. Yo‘lning bitta harakat yo‘nalishida ikki yoki undan ortiq harakatlanish
bo‘laklari chegaralarini belgilash uchun temir yo‘l kesishmalari old tomonida
transport vositalarining ruxsat etilgan tezligi soatiga 60 kilometrgacha bo‘lganda
20 metrdan kam bo‘lmagan masofada, soatiga 60 kilometrdan ortiq bo‘lganda esa
40 metrdan kam bo‘lmagan masofada Yo‘l harakati
qoidalariga
muvofiq 1.12
“To‘xtash chizig‘i” belgisidan 1.3 yotiq chizig‘i chiziladi.
63. Navbatchi xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l
kesishmalarida navbatchi xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalar — temir yo‘l
bo‘ylab avtomobil yo‘li tomonidan kirib-chiqiladigan bino qurilishi kerak. Bunda,
binoning temir yo‘l tomonga chiqish qismi panjaralar bilan to‘siladi.
64. Temir yo‘l kesishmasi chegaralarida yoriqlik darajasi I toifada — 5 lyuks, II
toifada — 3 lyuks; III toifada — 2 lyuks; IV toifada — 1 lyuksdan kam bo‘lmasligi
kerak.
65. O‘tayotgan poyezdlarni kuzatish uchun temir yo‘l kesishmalari projektor
(yoritgich) moslamalari bilan jihozlanadi.
66. Kesishma signalizatsiyasi qurilmalari elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha
birinchi toifaga mansub bo‘lgan ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan elektr
ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak.
67. Bitta elektr ta’minot manbasi mavjud bo‘lgan temir yo‘l kesishmalarida zaxira
elektr ta’minoti bo‘lmagan taqdirda temir yo‘l kesishmasini va to‘sish
svetoforlarini quvvatlantirish uchun akkumulyator zaxirasi o‘rnatilishi lozim.
Bunda, quvvatlantiruvchi akkumulyator zaxirasi 8 soatdan kam bo‘lmagan muddat
davomida to‘xtovsiz ishlay oladigan quvvatga ega bo‘lishi kerak.
68. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalari
temir yo‘l stansiyasi navbatchisi hamda markazlashgan dispetcherlik
uchastkalarining poyezd dispetcherlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon aloqasi va
poyezd radioaloqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Navbatchi xodimni yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimni telefon aloqasi orqali
chaqirish uchun temir yo‘l kesishmalarida qo‘shimcha ravishda tashqi qo‘ng‘iroq
(tovushli chaqiruv) o‘rnatiladi.
69. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan hamda avtomatlashgan
blokirovka bilan jihozlangan peregonlarda joylashgan temir yo‘l kesishmalarida
piyodalar uchun temir yo‘l kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi to‘g‘risida
xabar beruvchi ikkita qizil va bitta oq signalli (chiroqli) qo‘shimcha tovushli
signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari o‘rnatiladi.
70. Temir yo‘l stansiyasida hamda temir yo‘l stansiyasidan uzoqlashish
uchastkalarida joylashgan va navbatchi xodim tomonidan xizmat
ko‘rsatilmaydigan temir yo‘l kesishmalarida piyodalar uchun temir yo‘l
kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi to‘g‘risida xabar beruvchi qo‘shimcha
tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari va navbatma-navbat
miltillovchi ikkita qizil signal (chiroq) o‘rnatiladi.
71. Kesishma signalizatsiyasi svetoforlari transport vositalari harakati yo‘nalishi
bo‘yicha o‘ng tomonda o‘rnatiladi. Ko‘rish sharoitlari va harakat intensivligini
hisobga olib, qo‘shimcha svetofor kallaklari yoki kesishma svetoforini
takrorlovchilari o‘rnatilishi mumkin.
72. Avtomobil yo‘llarida navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir
yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish taqiqlanganligi to‘g‘risida xabar beruvchi
tovushli signalizatsiya va transport vositalari harakatiga to‘siq bo‘ladigan
qo‘shimcha nur qaytaruvchi brus ko‘rinishidagi avtomatlashgan yoki yarim
avtomatlashgan shlagbaumlar va navbatma-navbat miltillovchi qizil signalli
(chiroqli) kesishma svetoforlari o‘rnatiladi.
73. Kesishma signalizatsiyasi o‘chishi yoki uning nosoz holatlarida eng yaqin
temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga yoki poyezd dispetcheriga kesishma
signalizatsiyasi nosozligi to‘g‘risidagi xabarnoma avtomatik ravishda uzatiladi.
Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi shu kunning o‘zida kesishma
signalizatsiya qurilmalarining ishlashini tiklashi lozim.
74. Poyezd temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashguniga qadar transport vositalari
temir yo‘l kesishmasini bo‘shatishi uchun avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi
avtomobil yo‘li tomonga to‘xtash signali uzatilishini ta’minlashi kerak. Avtomobil
yo‘li tomonga to‘xtash signali uzatilishi poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib
bo‘lganidan so‘ng to‘xtatilishi kerak.
75. Poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib bo‘lganidan so‘ng avtomatlashgan
shlagbaumlarning bruslari vertikal holatga ko‘tarilishi, shundan so‘ng
svetoforlardagi qizil signallar (chiroqlar) o‘chirilishi kerak.
76. Shlagbaum brusini tushirish vaqtida temir yo‘l kesishmasida katta hajmli
transport vositasi harakatlanganda shlagbaum brusi shikastlanishining oldini olish
maqsadida boshqaruv shiti “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasi bilan
jihozlanishi, bunda bruslarning navbatchi xodim tomonidan tutib turilish vaqti 10
soniyadan oshmasligi kerak.
77. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yo‘l
kesishmalarida “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasi to‘suvchi
shlagbaum bruslarini ko‘tarish uchun ham qo‘llaniladi.
78. Poyezd yaqinlashish uchastkasi va temir yo‘l kesishmasidan o‘tib bo‘lganidan
so‘ng navbatchi xodim shlagbaumni ochiq holatga o‘tkazishi va tovushli
signallarni o‘chirish uchun “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasini
bosib turishi lozim.
79. Kesishma signalizatsiyasini boshqarish shitlari navbatchi xodim xonasining
tashqarisida, temir yo‘lning va temir yo‘l kesishmasiga tutashgan avtomobil
yo‘lining ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan joylarida o‘rnatiladi.
80. Kesishma signalizatsiyalaridan foydalanish infratuzilma egasi yoki shoxobcha
yo‘llari egasi tomonidan mazkur Qoidalarning
4-ilovasiga
muvofiq
tayyorlanadigan yo‘riqnomaga (bundan buyon matnda mahalliy yo‘riqnoma deb
yuritiladi) ko‘ra amalga oshiriladi. Mahalliy yo‘riqnoma besh yilda bir marta qayta
ko‘rib chiqilishi lozim.
81. Avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi bilan jihozlangan I va II toifadagi
temir yo‘l kesishmalarida infratuzilma egasi va shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan
video qayd etish texnika vositalari o‘rnatiladi.
5-bob. Temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etish
82. Navbatchi xodim lavozimiga poyezdlar harakati bo‘yicha kamida 3 oylik ish
stajiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
83. Navbatchilik vaqtida navbatchi xodimning yonida quyidagilar bo‘lishi lozim:
a) temir yo‘l tashkilotlari xodimlariga tovushli signal berish uchun signal burg‘usi;
b) harakat qatnashchilari e’tiborini jalb etish uchun qo‘shimcha signal berish
hushtagi;
Oldingi
tahrirga qarang.
v) ikkita signal bayrog‘i (qizil va sariq), shuningdek sutkaning qorong‘i yoki
ko‘rish yomon bo‘lgan (tuman, bo‘ron va boshqa noqulay sharoitlar)
yorug‘ vaqtida ko‘rinuvchi signallar uzatish uchun mo‘ljallangan signal chirog‘i.
(83-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining
2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-
1/0680-son)
84. Navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etish uchun temir yo‘l kesishmasi
binosida quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) temir yo‘l kesishmasi bo‘yicha navbatchilik jadvali;
b) Yo‘l harakati
qoidalari
, mazkur Qoidalar va mahalliy yo‘riqnomaning matni;
v) mazkur Qoidalarning
5-ilovasiga
muvofiq temir yo‘l kesishmasi kartochkasi;
g) yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvali;
d) navbatchilikni qabul qilish va topshirish bo‘yicha yozma yoki elektron
shakldagi kitob (bundan buyon matnda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish
kitobi deb yuritiladi);
e) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda joylashgan temir yo‘l kesishmalarida
poyezdlar harakatini to‘xtatish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda poyezd
mashinistini ogohlantirishga mo‘ljallangan 6 dona petarda (uch va undan ortiq
yo‘lli temir yo‘l uchastkalarida 12 dona);
yo) vaqtni nazorat qilish uchun devor soat;
j) yo‘l harakatini boshqarish tayoqchasi (jezl) va qizil rangli qo‘l bog‘ichi;
z) temir yo‘l kesishmasida to‘xtab qolgan transport vositalarini shatakka olish
uchun uzunligi 4 dan 6 metrgacha bo‘lgan po‘lat arqon (tros);
i) temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi temir yo‘l uchun bitta ko‘chma qizil shit,
bitta signal yoritgich (fonar), shuningdek bitta zaxira ko‘chma shit va bitta zaxira
signal yoritgich;
y) signal bayroqlarining bitta zaxira to‘plami;
k) temir yo‘l kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalar ro‘yxati.
85. Qish mavsumida yer muzlagan vaqtda temir yo‘l kesishmasi chegarasidagi
(temir yo‘ldan shlagbaum o‘qigacha, shlagbaum bo‘lmagan joyda esa Yo‘l
harakati
qoidalariga
muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” va 1.3.2 “Ko‘p izli temir
yo‘l” belgilari o‘rnatilgan joygacha bo‘lgan hudud) qatnov qismiga va piyodalar
yo‘lkalariga sepish uchun qum zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak.
86. Navbatchi xodim navbatchilik boshlanishidan oldin quyidagilarni ko‘zdan
kechirishi lozim:
a) temir yo‘l kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofada joylashgan
temir yo‘llar holatini;
b) kesishma signalizatsiyasi, temir yo‘l kesishmasi jihozlari va temir yo‘l
kesishmasi chegarasida joylashgan barcha qurilmalar sozligi va holatini;
v) temir yo‘l kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalarda plombaning
mavjudligini;
g) petarda hamda yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari mavjudligi va
holatini.
87. Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga kesishma signalizatsiyasi,
to‘sish signalizatsiyasi, shlagbaumlar, KTQ va telefon (radio) aloqasidagi
nosozliklarning (mavjud bo‘lsa) bartaraf etilganligi to‘g‘risida, shuningdek temir
yo‘l kesishmasida avtomatik ravishda ishlaydigan uskunalar mavjud bo‘lsa,
“Avtomatika soz” yoki “Avtomatika nosoz” yozuvi qayd etiladi.
88. Poyezdlar va transport vositalari harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik
aniqlanganda ushbu nosozlikni shu vaqtning o‘zida bartaraf etishning imkoni
bo‘lmasa, navbatchi xodim nosozlik aniqlangan joyni to‘xtash signallari bilan
to‘sgan holda transport vositalarining harakatini cheklashi va darhol bu to‘g‘risida
temir yo‘l stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma egasi
yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar berishi kerak.
89. Nosozlik bartaraf etilgan vaqtning o‘zida infratuzilma egasi yoki shoxobcha
yo‘llari egasining vakili (ta’mirlovchi) bu haqda Navbatchilikni qabul qilish va
topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritadi. Bunda, Navbatchilikni qabul qilish va
topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritilgunga qadar nosoz qurilmalardan
foydalanish taqiqlanadi.
90. Navbatchilik vaqtida navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
a) belgilangan vaqtda shlagbaumni ochish, tegishli signallarni uzatish, o‘tib
ketayotgan poyezdlarning holatini kuzatish, harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi
nosozlik aniqlanganda poyezdni to‘xtatish choralarini ko‘rish, poyezdning oxirgi
vagonida uning oxirgi vagon ekanligini anglatuvchi belgi bo‘lmaganda bu haqda
stansiya navbatchisiga va poyezd dispetcheriga xabar berish;
b) tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘lovchi poyezdini o‘tkazishdan
o‘n daqiqa avval shlagbaumlarni yopgan holda temir yo‘l kesishmasida transport
vositalarining harakatini to‘xtatish;
v) temir yo‘l kesishmasi orqali chorva mollari haydab o‘tilishini poyezd o‘tishidan
kamida besh daqiqa avval, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘lovchi
poyezdini o‘tkazishdan esa kamida 20 daqiqa avval to‘xtatish;
g) temir yo‘l kesishmasida har qanday transport vositalari hamda mexanizmlar,
shuningdek piyodalar va chorva mollari to‘xtab turishiga yo‘l qo‘ymaslik;
d) poyezd g‘ildiraklarining yon gardishi erkin harakatlanishi uchun kontrrelslar
tarnovini tozalash va temir yo‘l kesishmasi chegarasidagi maydonni doimiy toza
tutish;
e) shlagbaumlarning bruslari, signalizatsiya qurilmalari, qor tozalash mashinalari
o‘tishi uchun ogohlantiruvchi va vaqtinchalik signal belgilari soz holatda bo‘lishini
kuzatib turish;
j) temir yo‘l kesishmasi va shlagbaumlarda chiroqlarni yoqish, tashqi yoritish va
projektor moslamalarini o‘z vaqtida yoqish va o‘chirish;
z) rels siljishining oldini oluvchi moslamalarni mahkamlash, temir yo‘l
kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofagacha bo‘lgan qismida temir
yo‘llarni qor va o‘tlardan tozalash, temir yo‘l kesishmasidan begona buyumlarni
olib tashlash;
i) texnika xavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish.
91. Navbatchi xodim temir yo‘l kesishmasi hududida nazorat olib borishi kerak.
Kesishma postidan ketib qolish yoki temir yo‘l kesishmasiga xizmat ko‘rsatishni
vaqtincha boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi. Bunda, navbatchi xodim temir
yo‘l kesishmasi transport vositalaridan holi ekanligiga va yaqinlashib kelayotgan
poyezdlar yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng xizmat xonasiga kirishi
mumkin.
92. Navbatchi xodim poyezd yaqinlashganda shlagbaumning bruslarini yopishi,
shundan keyin temir yo‘l kesishmasidagi va uning har ikkala tomonidagi temir
yo‘lning bo‘shligini ko‘zdan kechirishi hamda poyezd temir yo‘l kesishmasiga
kamida 400 metr masofada yaqinlashganida temir yo‘ldan chiqishi kerak.
93. Navbatchi xodim poyezdni kuzatayotganda quyidagilarni amalga oshirishi
lozim:
a) temir yo‘lga qaragan holda boshini poyezd harakati tomonga 45 daraja burchak
ostida burish, temir yo‘l kesishmasi binosi yonida chetdagi relsdan kamida 2 metr,
tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq bo‘lgan poyezdni kuzatishda kamida 4 metr,
tezligi soatiga 160 kilometrdan ortiq bo‘lgan poyezdni kuzatishda kamida 5 metr
masofada turish;
Oldingi
tahrirga qarang.
b) temir yo‘l bo‘sh bo‘lganda kunning yorug‘ vaqtida — yoyilgan holatdagi sariq
bayroq, sutkaning qorong‘i vaqtida — oq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichi bilan
signal berish;
(93-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining
2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-
1/0680-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
v) temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd tezligini pasaytirish
maqsadida kunning yorug‘ vaqtida — yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning
qorong‘i vaqtida — oq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichini (temir yo‘l
stansiyalarida — sariq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichi), agar bunday yoritgich
mavjud bo‘lmasa — oq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichini tepaga va pastga
harakatlantirish.
(93-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi
transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1,
27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y.,
10/22/3363-1/0680-son)
Poyezd o‘tganidan so‘ng navbatchi xodim ushbu poyezd ortidan yoki qo‘shni temir
yo‘llardan boshqa poyezd kelmayotganiga ishonch hosil qilishi, shundan keyingina
shlagbaumlarni ochishi va temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari yoki
chorva mollarini o‘tkazishi lozim.
Bunda, temir yo‘l kesishmasidan drezina o‘tgan taqdirda navbatchi xodim
yig‘ilgan holatdagi sariq bayroqni yoyilgan holatdagi qizil bayroq bilan
almashtirishi va drezina temir yo‘l kesishmasidan 200 dan 250 metrgacha
uzoqlashmagunga qadar uni ushlab turishi kerak.
94. Poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tishida navbatchi xodim quyidagi hollarda
poyezd mashinistiga to‘xtash signalini beradi:
a) harakatlanayotgan poyezdda harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlikni
sezganda (masalan, aylanmasdan sirg‘alib ketayotgan yoki kuchli zarba tovushini
chiqarayotgan g‘ildirak, yong‘in, buksaning qizishi, poyezddan yo‘lovchi yoki
yukning qulab ketishi xavfi);
b) ikki yo‘lli temir yo‘lda noto‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan
lokomotivda tegishli signallar bo‘lmaganda;
v) poyezd bir temir yo‘lda boshqa bir poyezdga qarama-qarshi yo‘nalishda
yurayotganini yoki bir poyezd boshqa bir poyezdni quvib yetish xavfi (bunda,
to‘xtash signali quvib yetishi ehtimoli bo‘lgan poyezdga beriladi) mavjudligini
sezganda;
g) poyezd mashinistiga poyezd tarkibidan berilayotgan to‘xtash signallariga
qaramasdan poyezd harakatlanishda davom etganda;
d) temir yo‘lning yon-atrofida yong‘in sodir bo‘lganda yoki harakat xavfsizligi va
inson hayotiga tahdid soluvchi boshqa barcha holatlarda.
95. Navbatchi xodim temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan poyezdda aniqlangan
nosozliklar haqida telefon (radio) aloqasi vositalari orqali ushbu poyezd
mashinistiga, shuningdek temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga)
xabar berishi kerak.
96. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yo‘l
kesishmalarida poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib ketgandan keyin navbatchi
xodim tomonidan boshqaruv shitidagi “Ochish” tugmasi bosilganda shlagbaumlar
ochiladi.
Bunda, yarim avtomatlashgan shlagbaumlar “Ochish” tugmasi bosilganda ochiq
holatga, avtomatlashgan shlagbaumlar esa avtomatik ravishda ochiq holatga
o‘tmasa, navbatchi xodim transport vositalarini temir yo‘l kesishmasi orqali
o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
a) temir yo‘l stansiyasi navbatchisi (temir yo‘l kesishmasi peregonda joylashganda
esa qo‘shni temir yo‘l stansiyasi navbatchisi) orqali temir yo‘l kesishmasiga
yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘qligini aniqlashi;
b) kesishma signalizatsiyasining boshqaruv shitidagi nazorat chiroqlari orqali
to‘sish svetoforlari yoqilganligiga ishonch hosil qilgan holda “To‘sish
signalizatsiyasini yoqish” tugmasini plombadan yechishi va uni bosishi;
v) avtomatlashgan qurilmalarning nosozligi hamda plombalangan “To‘sish
signalizatsiyasini yoqish” va “Avariyali ochish” tugmasidan foydalanilganligi
haqida shu vaqtning o‘zida Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga qayd
kiritishi va bu haqda darhol temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd
dispetcheriga) hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar
berishi;
g) transport vositalari shlagbaumdan o‘tib ketgunga qadar “Avariyali ochish”
tugmasini bosilgan holatda ushlab turishi.
97. Navbatchi xodim “Avariyali ochish” tugmasini bosilgan holatda ushlab turish
vaqtida svetoforli va tovushli signalizatsiyani o‘chirishi, shuningdek
shlagbaumlarni ochishi va ularning boshqaruvini o‘z zimmasiga olishi lozim.
Navbatchi xodim transport vositalari shlagbaumdan o‘tib bo‘lganidan keyin
“Avariyali ochish” tugmasini qo‘yib yuborishi, kesishma signalizatsiyasi yoqilishi
va shlagbaumlar yopiq holatga o‘tkazilishi, shundan so‘ng esa “To‘sish
signalizatsiyasini yoqish” tugmasi o‘chirilishi lozim.
Bunda, navbatchi xodim temir yo‘l stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri)
hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasini tugmalarni plombalash
kerakligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
98. Kesishma signalizatsiyasi shitida tugma bosishlar sonining hisoblagichi
qo‘llanilganda “Avariyali ochish” va “To‘sish signalizatsiyasini yoqish” tugmalari
plombalanmaydi. Bunda, ushbu tugmalar bosilganda Navbatchilikni qabul qilish
va topshirish kitobiga hisoblagich ko‘rsatkichi to‘g‘risida yozuv qayd etiladi.
99. Maxsus o‘ziyurar temir yo‘l harakatdagi tarkibi yaqinlashganda navbatchi
xodim uni kuzatishi hamda u o‘tib ketgunga qadar “Yopish” tugmasini bosgan
holda tutib turishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
100. Temir yo‘l kesishmasida to‘sish signalizatsiyasi mavjud bo‘lmaganda yoki
mavjud, biroq nosoz holatda bo‘lganda yoxud boshqaruv shitidagi nazorat
lampalari yonmaganda navbatchi xodim darhol to‘siq vujudga kelgan har bir temir
yo‘lga ko‘chma to‘xtash signalini (kunning yorug‘ vaqtida — qizil shit, sutkaning
qorong‘i vaqtida — ikki tomoni qizil chiroqli yoritgich) o‘rnatishi, shlagbaumlarni
yopishi, bu haqda stansiya navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) xabar berishi va
shu vaqtning o‘zida temir yo‘l stansiyasidan peregonga poyezd jo‘natilgan yoki
jo‘natilmaganligini aniqlashi lozim.
(100-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining
2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-
1/0680-son)
Navbatchi xodim temir yo‘l stansiyasi navbatchisidan (poyezd dispetcheridan)
temir yo‘l stansiyasidan peregonga poyezd jo‘natilganligi to‘g‘risida xabarnoma
olgan taqdirda to‘xtash signalini bergan holda yaqinlashayotgan poyezd tomon
boradi hamda tegishli masofada petardalarni o‘rnatgach, to‘siq joylashgan joyga
qaytadi va uni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
101. Temir yo‘l kesishmasida aloqa tarmoq simlari yoki temir yo‘lni kesib o‘tuvchi
elektr uzatish simlari uzilganda navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi
zarur:
a) to‘sish signalizatsiyasini yoqishi va shlagbaumlarni yopishi;
b) simlarning uzilish joyini undan 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada ko‘chma
to‘xtash signallari bilan to‘sishi;
v) sodir bo‘lgan holat haqida temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd
dispetcheriga) hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar
berishi;
g) uzilgan simlarga kamida sakkiz metr masofada yaqinlashilmasligi va relslarga
tegilmasligini nazorat qilgan holda to‘siq oldida qolishi.
102. Temir yo‘l kesishmasida yoki unga yaqin hududda yo‘l-transport hodisasi yuz
bergan taqdirda navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
a) temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga), tegishli DYHXXga,
infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar berish;
b) jabrlanganlarga (mavjud bo‘lsa) birinchi yordam ko‘rsatish, zaruriyat bo‘lganda
tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish.
6-bob. Temir yo‘l kesishmalarini saqlash va ta’mirlash
103. Infratuzilma egalari yoki shoxobcha yo‘llari egalari temir yo‘l kesishmalari va
ularning chegarasida joylashgan avtomobil yo‘li uchastkalari saqlanishi va
ta’mirlanishini, shlagbaumlar, kesishma hamda to‘sish signalizatsiyalari, telefon
(radio) aloqa vositalari soz holatda ishlashi va saqlanishini hamda uzluksiz elektr
ta’minotini ta’minlaydi.
104. Temir yo‘l kapital ta’mirlanganda undagi temir yo‘l kesishmalari ham kapital
ta’mirlanishi lozim.
105. Temir yo‘l yoki temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l harakatini tashkil etuvchi
texnik vositalarni ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish davomida temir yo‘l
kesishmasida transport vositalarining harakat yo‘nalishi o‘zgaradigan bo‘lsa,
infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi ta’mirlash yoki rekonstruksiya
qilish ishlari boshlanishidan kamida besh kun oldin quyidagilarni amalga oshirishi
kerak:
tegishli hududdagi DYHXX bilan hamkorlikda transport vositalarining temir yo‘l
kesishmasi orqali harakatlanish tartibi hamda aylanib o‘tish yo‘nalishini aniqlash;
avtomobil yo‘llari egasi bilan kelishuv asosida yo‘l harakati tashkil etilishi va
yo‘nalishni ko‘rsatuvchi texnik vositalarning o‘rnatilishini ta’minlash.
106. Temir yo‘l kesishmasida ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari amalga
oshirilayotgan vaqtda harakat xavfsizligi navbatchi xodim tomonidan ta’minlanishi
kerak.
107. Temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakatini tashkil etuvchi texnik vositalar va
yo‘l qurilmalari holatini davriy ko‘rikdan o‘tkazish infratuzilma egasi yoki
shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda amalga
oshiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
108. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
109. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilik
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
110. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi, Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar
vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat
palatasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan kelishilgan.
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish
qoidalariga
1-ILOVA
Temir yo‘l kesishmalarining toifalari va transport vositalarining harakatlanish
intensivligini aniqlash
MEZONLARI
1. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l kesishmalarining toifalari:
Harakatlanuvchi
poyezdlar
soni
*
(ikki
yo‘nalishda), sutka
davomida
Harakatlanuvchi transport vositalarining soni(ikki
yo‘nalishda), sutka davomida
200
tagacha
201 —
1000
1001 —
3000
3001 —
7000
7000 dan
ortiq
16 tagacha,
shuningdek barcha
stansiya va
shoxobcha
yo‘llaridagi
IV
IV
IV
III
II
17 — 100
IV
IV
III
II
I
101 — 200
IV
III
II
I
I
200 dan ortiq
III
II
II
I
I
2. Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalarining toifalari:
Harakatlanuvchi
poyezdlar soni (ikki
yo‘nalishda), sutka
davomida
Harakatlanuvchi transport vositalarining soni (ikki
yo‘nalishda), sutka davomida
100 gacha
101 — 500
501 — 1000 1001 dan ortiq
8 ta gacha
IV
IV
IV
III
9 — 24
IV
IV
III
II
25 — 38
IV
III
II
I
38 dan ortiq
III
II
I
I
3. Sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalari sonini hisoblashda turli
xildagi transport vositalarining koeffitsiyentlari:
Transport vositasi turi
**
Hisoblash koeffitsiyenti
Yengil avtomobil
1,0
Kajavali mototsikl
0,75
Mototsikl va moped
0,5
Yuk tashuvchi avtomobil, yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagicha bo‘lgan, tonnada:
2
1,5
6
2,0
8
2,5
14
3,0
14 dan ortiq
3,5
Avtopoyezd, yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagicha bo‘lgan, tonnada:
12
3,5
20
4,0
30
5,0
30 dan ortiq
6,0
Traktor:
1 ta tirkama bilan
3,0
2 ta tirkama bilan
3,5
3 ta tirkama bilan
5,5
4 ta tirkama bilan
9,0
Izohlar:
* sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalarining sonidan qat’i nazar,
poyezdlar soatiga 140 kilometr va undan ortiq tezlikda harakatlanadigan temir
yo‘llarda joylashgan temir yo‘l kesishmalari ham I toifali temir yo‘l kesishmalari
hisoblanadi;
** avtobuslar va maxsus avtomobillar uchun hisoblash koeffitsiyentlari tegishli
yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan transport vositalariga tenglashtiriladi hamda
yuk tashuvchi avtomobillar va avtopoyezdlar uchun hisoblash koeffitsiyentlari
notekis va tog‘li hududlarda 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi.
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish
qoidalariga
2-ILOVA
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi
haydovchisiga ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlari
Poyezdlar harakati
tezligi, soatiga
km.da
Chetdagi relsdan 50 metr va undan kam masofada
joylashgan transport vositasi uchun temir yo‘l kesishmasiga
yaqinlashayotgan poyezd ko‘rinishining eng qisqa masofasi,
metrda
141 — 200
600
121 — 140
500
81 — 120
400
41 — 80
250
26 — 40
150
25 va undan past
100
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish
qoidalariga
3-ILOVA
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini to‘xtatish
uchun temir yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlari
Transport
vositasining
tezligi, soatiga
km.da
Avtomobil yo‘lining
qiyaligi, ‰
Transport vositasini to‘xtatish
uchun temir yo‘l kesishmasi
ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa
masofa, metrda
150
30
300
120
40
250
100
50
200
80
60
150
60
70
85
50
80
75
40
90
55
30
100
45
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish
qoidalariga
4-ILOVA
Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish bo‘yicha tayMA’LUMOTLAR
1. Shlagbaumlarning holati.
yorlanadiga2. Gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlardan foydalanish
qoidalari.
n mahalliy yo‘riqnomada nazarda tutilishi lozim bo‘lgan
3. Aloqa vositalarining mavjudligi va ulardan foydalanish qoidalari.
4. Kesishma signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari.
5. To‘sish signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari.
6. Temir yo‘l kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun to‘siq
bo‘ladigan holatlar yuzaga kelganda navbatchi xodimning vazifalari.
7. Harakatlanayotgan poyezd mashinistlarini poyezdlar tarkibida yoki temir yo‘l
kesishmasida yuzaga kelgan nosozliklar haqida xabardor qilish qoidalari.
8. Temir yo‘l kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun to‘siq
bo‘ladigan holatlar yuzaga kelgan joyni to‘sish qoidalari.
9. Temir yo‘l kesishmasida yo‘l transport hodisasi va poyezdlar harakati xavfsizligi
buzilishlari sodir bo‘lganda tegishli shaxslarni xabardor etish sxemasi.
10. Temir yo‘l kesishmasini to‘sish qurilmasidan (KTQ) foydalanish qoidalari.
11. Harakatlanayotgan poyezdlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan yoritgich
(projektor) qurilmalarini o‘rnatish va qo‘llash qoidalari.
12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari.
SIGNALLAR 1. Signallar harakat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, poezdlar
harakati va manyovr ishlarini sifatli tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Qabul
qilinishi uslubiga ko’ra signallar ko’rinadigan va tovushli signallarga bo’linadi.
KO’RINADIGAN SIGNALLAR 2. Ko’rinadigan signallar rangi, tuzilishi,
joylashishi va signallar ko’rinish soni bilan namoyon bo’ladi. Svetoforlar, disklar,
shitlar, fonarlar, bayroqlar, signal ko’rsatkich va signal belgilari - ko’rinuvchi
signallarni uzatuvchi signal asboblari bo’lib xizmat qiladi. Ko’rinadigan signallar
foydalaniladigan vaqtiga qarab quyidagilarga bo’linadi: kunduzgi, sutkaning
yorug’ vaqtida uzatiladigan signallar; disklar, shitlar, bayroqchalar, (strelka, yo’l
to’sish, olib tashlash qurilmalari va gidravlik kolonkalarning) signal ko’rsatkichlari
bunday signallarni uzatish uchun xizmat qiladi; tunggi, sutkaning qorong’i vaqtida
uzatiladigan signallar; yo’l va poezd fonarlarida, dastalardagi fonarlarda va signal
ko’rsatkichlaridagi belgilangan rangdagi chiroqlar bunday signallar bo’lib xizmat
qiladi. Tunggi signallar tuman, qor bo’roni va boshqa noqulay sharoitlarda
kunduzgi to’xtash signallarining ko’rinishi - 1000 m dan, tezlikni kamaytirish
signali - 400 m dan, manyovr signallariniki - 200 m dan kam bo’lgan holatlarda
kunduzi ham qo’llaniladi; kunu-tunggi, kuning yorug’ va tunggi davrida bir xilda
uzatiladigan signallar; svetoforlarning belgilangan ranglardagi chiroqlari, marshrut
va boshqa yorug’lik ko’rsatkichlari, tezlik kamaytirishning doimiy disklari, sariq
rangli kvadrat shitlar (orqa tomoni yashil rangda), yuk poezdi oxirini belgilovchi
nur qaytargichli qizil disklar, signal ko’rsatkichlari va belgilari shunday signallar
bo’lib xizmat qiladi. Tonellarda faqat tunggi yoki kunu-tunggi signallar
qo’llaniladi. TOVUSHLI SIGNALLAR 3. Tovush signallari turli davomiylikdagi
tovushlarning soni va mosliklarida namoyon bo’ladi. Ularning ma'nosi kunu-tun
bir xilda bo’ladi. Tovush signallarni uzatish uchun lokomotiv, motorvagonli poezd,
o’zi yurar maxsus harakat tarkibining hushtaklari, yo’l hushtaklari, puflanadigan
surnaylar, sirenalar, gudok va petardalar xizmat qiladi. Petardaning portlashi zudlik
bilan to’xtashni talab qiladi. 2-BOB SVETOFORLAR 4. Svetoforlar quyidagilarga
bo’linadi va tasniflanadi: kirish - poezdga peregondan stansiyaga kirishga ruxsat
beradi yoki taqiqlaydi; chiqish- poezdga stansiyadan oraliq yo’lga (peregonga)
jo’nash uchun ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; marshrut - poezdga stansiyaning bir
rayonidan boshqa rayoniga harakatlanishiga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; o’tish -
poezdga bir blok-uchastkadan (postlar oralig’idagi peregondan) boshqasiga
o’tishga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; berkitish - temir yo’llarni boshqa temir
yo’llar, avtomobil yo’llari, trolleybus liniyalari, tramvay yo’llari bilan bir sathda
kesishgan joylarini, ko’tariladigan ko’priklar va kuzatuvchi bilan o’tadigan
uchastkalarni berkitish uchun qo’llaniladi; to’suvchi- temir yo’l pereezdlari, katta
sun'iy inshootlar va ko’chki paydo bo’ladigan joylarda harakat xavfsizligi uchun
xavf tug’ilganda to’xtashni talab etuvchi, shuningdek, stansiya yo’llarida
vagonlarni ko’rikdan o’tkazish va ta'mirlash vaqtida tarkiblarni to’sish uchun
qo’llaniladi; ogoxlantirish - asosiy svetofor (kirish, o’tish, to’suvchi va berkitish)
ko’rsatmalari xaqida ogohlantiradi; takrorlovchi - joylarda kirish, marshrut, tepalik
svetoforlarining ruxsat beruvchi signallari xaqida bildirish uchun qo’llaniladi,
qachonki mahalliy sharoitlarga ko’ra asosiy svetofor ko’rinishi ta'minlanmasa;
lokomotiv - poezdni peregonda bir blok-uchastkadan boshqasiga o’tishini ruxsat
etuvchi yoki taqiqlovchi, shuningdek, poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetofori
ko’rsatmasi xaqida ogohlantirish uchun qo’llaniladi; manyovr - manyovr ishlarini
bajarishga ruxsat beruvchi yoki taqiqlovchi; tepalik - vagonlarni tepalikdan
saralashga ruxsat beruvchi yoki taqiqlovchi. Bir svetofor bir nechta svetoforlar
(kirish va chiqish, chiqish va manyovr, chiqish va marshrut va boshqalar)
funksiyasini bajarishi mumkin. Semoforlar saqlanib qolgan uchastkalarda ulardan
foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va
manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma bilan belgilanadi. 5. Svetoforlarning
linzaliligi (rasm 2.5, a) va projektorligi (rasm 2.6, v) ishlatiladi; ular machtali
(rasm 2.6, a, b va g), karlik holdagilarga bo’linadi (rasm 2.6, v) va ko’prikchalarga,
konsollarga o’rnatiladi. Svetoforlarda quyidagi signal chiroqlari qo’llaniladi:
normal yonadigan, normal yonmaydigan, o’chib-yonmaydigan va o’chib-
yonadigan (vaqti - vaqti bilan yonadigan va o’chadigan). Avtoblokirovka bilan
jihozlangan uchastkalardagi o’tish svetoforlarining normal yonmaydigan signal
chiroqlari, harakat tarkibining blok-uchastkaga kirib kelganida uning oldida yonadi
va harakat tarkibi blok-uchastkadan chiqqanida o’chadi. Avtoblokirovkaning o’tish
svetoforlari raqam bilan, boshqa qolganlari harf bilan yoki xarf va raqam bilan
belgilanadi. 6. Svetoforlardan (qaysi joyga o’rnatilganidan va ularning turidan
qat'iy nazar) uzatiladigan asosiy signallarining ma'nosi quyidagicha: bitta yashil
chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi"; bitta sariq o’chib-
yonuvchi chiroq - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda belgilangan tezlikda
harakatlanishga ruxsat etiladi, keyingi svetofor ochiq va pasaytirilgan tezlikda
o’tishga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi,
keyingi svetofor ochiq"; bitta sariq chiroq - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda
harakat qilishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor yopiq"; ikkita sariq chiroq, ulardan
yuqoridagisi o’chib-yonuvchi - "Svetofordan cheklangan tezlikda o’tishga ruxsat
beriladi; poezd strelkadan og’ishgan holda o’tadi, keyingi svetofor ochiq"; ikkita
sariq chiroq - "Svetofordan pasaytirilgan tezlikda o’tishga va keyingi svetofor
oldida to’xtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruxsat etiladi; poezd
strelkali o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi"; bitta qizil chiroq - "To’xta!
Signaldan o’tish taqiqlanadi". Sanab o’tilgan signallarning turli hil svetoforlarda
qo’llanilishi mazkur Yo’riqnomaning tegishli punktlarida ko’zda tutilgan. Ushbu
signallarning mazkur Yo’riqnomada ko’zda tutilmagan hollarda ularning signal
ma'nolarini saqlagan holda qo’llanilish tartibi "O’zbekiston temir yo’llari" Davlat
aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (keyinchalik matnda DATK) tomonidan
"O’zdavtemiryo’lnazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
KIRISH SVETOFORLARI 7. Kirish svetoforlari quyidagi signallarni uzatadi: bitta
yashil chiroq - "Poezdga stansiyaning asosiy yo’lidan belgilangan tezlikda ketib
borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq" (rasm 2.1,
a); bitta sariq o’chib-yonadigan chiroq - "Poezdga stansiyaning asosiy yo’lidan
belgilangan tezlikda ketib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki
chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab qilinadi" (rasm 2.1, b); bitta
sariq chiroq - "Poezdga stansiyaga asosiy yo’lidan to’xtashga tayyor holda kirib
borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) yopiq" (rasm 2.2,
a); ikkita sariq chiroq ulardan yuqoridagisi o’chib-yonadigan - "Poezdga
stansiyaga yon yo’ldan cheklangan tezlikda kirib borish mumkin; keyingi svetofor
(marshrut yoki chiqish) ochiq" (rasm 2.2, b); ikkita sariq chiroq - "Poezdga
stansiyaning yon yo’liga pasaytirilgan tezlikda to’xtashga tayyor bo’lgan holda
ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.2, v); bitta qizil
chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.2, g); Kirish svetoforlaridan
poezdni stansiyaga ikki yo’lli (ko’p yo’lli) peregonning yo’lidan qabul qilish
uchun quyidagi signallar uzatiladi: ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan
tezlik bilan keyingi chiqish (marshrut) svetofori yoki chegaraviy ustuncha
to’g’risida to’xtashga tayyor holda stansiyaga kirishga ruxsat etiladi"; bitta qizil
chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 8. Poezdlarni krestovinasining
og’ishi katta strelkali o’tkazgich bo’ylab yon yo’lga qabul qilish uchun kirish va
marshrut svetoforlarida quyidagi signallar qo’llaniladi: bitta yashil o’chib yonuvchi
va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 80 km/soat dan
oshmagan tezlikda stansiyaning yon yo’liga ketib borishi mumkin; keyingi
svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 80 km/soat dan oshmagan tezlikda
o’tish talab etiladi" (rasm 2.3, a); ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib
yonuvchi va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 80 km/soat dan oshmagan
tezlikda stansiyaga yon yo’ldan ketib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor
(marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi"
(rasm 2.3, b); ikkita sariq chiroq va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 60
km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan to’xtashga tayyor holda
ketib borishga ruxsat etiladi: keyingi svetofor yopiq" ( rasm 2.3, v). Zarur bo’lgan
hollarda kirish va marshrut svetoforlarida bitta yashil o’chib-yonuvchi chiroq
signali qo’llanilishi mumkin - "Poezdga belgilangan tezlikda stansiyaning asosiy
(bosh) yo’lidan ketib borishga ruxsat etiladi, keyingi svetofor (marshrut yoki
chiqish) ochiq va uni 60 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm
2.4, a). Ayrim stansiyalarda O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnik
foydalanish Qoidalarida belgilangan tartibda chiqish va marshrut svetoforlarida
uchta sariq chiroqli signal qo’llanishi mumkin - "Motor vagon poezdi, yakka
lokomotiv, motovoz va drezinalarga 20 km/soat dan oshmagan tezlikda yo’lning
bo’sh uchastkasiga o’ta ehtiyotkorlik bilan marshrut svetoforining qizil
chirog’igacha o’tishga ruxsat etiladi" (rasm 2.4, b). TAKLIF QILUVCHI SIGNAL
9. Taklif qiluvchi signal - bitta oq-oy rangli o’chib-yonuvchi chiroq poezdga 20
km/soat dan oshmagan tezlikda qizil chiroqli (yoki o’chgan) svetofordan o’tishga
va harakatni keyingi svetoforgacha (yoki chegaraviy ustunchagacha, chiqish
svetofori bo’lgan yo’lga qabul qilinganda) juda xushyorlik bilan, agarda yo’lda
to’siq uchrab qoladigan bo’lsa darhol to’xtatishga tayyor bo’lgan holda davom
ettirishga ruxsat beriladi (rasm 2.5). Bu signal kirish, shuningdek marshrut va
chiqish (guruh svetoforlaridan tashqari) svetoforlarida qo’llaniladi. Chiqish
svetoforining taklif qilish signali bo’yicha jo’natishga faqat avtoblokirovka bilan
jihozlangan ikki yo’lli peregonning to’g’ri yo’lidan ruxsat etiladi. CHIQISH
SVETOFORLARI 10. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi chiqish
svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - "Poezdga
stansiyadan jo’nashga va belgilangan tezlikda ketib borishga ruxsat etiladi, oldinda
ikki va undan ortiq blok-uchastka bo’sh (rasm 2.6, a); bitta sariq chiroq - "Poezdga
stansiyadan jo’nashga va to’xtashga tayyor bo’lgan holda ketib borishga ruxsat
beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.6, b); ikkita sariq chiroq, ularni
yuqorisidagi o’chib yonadigan chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlikda stansiyadan
jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelka o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi;
keyingi svetofor ochiq" (rasm 2.6, d); ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan
tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelka o’tkazgich orqali
og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.6, e); bitta qizil chiroq -
"To’xta! Signalni o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.6, v, g). 11. Avtoblokirovka bilan
jihozlangan uchastkalarda, krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgichlardan
og’ishgan holda o’tib poezdlar jo’natilganda chiqish svetoforlaridan quyidagi
signallar uzatiladi: bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta
yashil yonuvchi tasma - "Poezdga soatiga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda
stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan
holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq" (rasm 2.7, a); ikkita sariq chiroq va bitta
yashil yonuvchi tasma - "Poezdga soatiga 60 km/soat dan oshmagan tezlikda
stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan
holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.7, b). 12. Yarim avtomatik
blokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetoforlaridan quyidagi
signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - "Poezdga stansiyadan jo’nashga va
belgilangan tezlikda ketishga ruxsat beriladi; peregon keyingi stansiyagacha (yo’l
postgacha) bo’sh" (rasm 2.8, a); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish
taqiqlanadi" (rasm 2.8, b); ikkita sariq chiroq - "Poezdga cheklangan tezlikda
stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan
holda o’tadi; peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postgacha) bo’sh" (rasm 2.9, a).
ikkita sariq chiroq, ularni yuqoridagisi o’chib yonuvchi - "Poezdga stansiyadan
pasaytirilgan tezlikda jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan
og’ishgan holda o’tadi; peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postgacha) bo’sh,
keyingi stansiyaning kirish svetofori ochiq" (rasm 2.9, b). 13. Signalizatsiya va
aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniluvchi avtomatik lokomotiv
signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda, chiqish svetoforlari bilan quyidagi
signallar uzatiladi: bitta yashil va bitta oq-oy rangli chiroqlar - "Poezdga
stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi, oldinda ikkita yoki undan ortiq blok-
uchastka bo’sh" (rasm 2.10); bitta sariq va bitta oq-oy rangli chiroqlar - "Poezdga
stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi, oldinda bitta blok-uchastka bo’sh" (rasm
2.11); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 14. Yo’l
blokirovkasi bilan jihozlangan ayri yo’l mavjud bo’lganda, shuningdek, yo’l
blokirovkasi bilan jihozlangan ko’p yo’lli uchastkalarda va ikki tomonlama
blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli uchastkalarda poezd jo’natilayotgan yo’lni
ko’rsatish uchun, zarur hollarda "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan
tartibda qo’shimcha marshrut ko’rsatkichlari qo’llanilishi mumkin. Marshrut
ko’rsatkichi bo’lmaganda poezdni ayri yo’lga jo’natish, yoki ko’p yo’lli uchastka
yo’llarining biri bo’yicha yoki ikki tomonlama blokirovkada noto’g’ri yo’l
bo’yicha jo’natishga chiqish svetoforidagi ikki yashil chiroq bilan signal berilishi
mumkin, bu avtoblokirovkada ikkitadan kam bo’lmagan blok-uchastkaning
bo’shligini, yarim avtomatik blokirovkada peregonni keyingi stansiyagacha
bo’shligini bildiradi (rasm 2.12.). Ikki tomonlama blokirovka bilan jihozlangan
uchastkalarda noto’g’ri yo’l bo’yicha jo’natilishda marshrut ko’rsatkichlari yoki
ikki yashil chiroq signalining qo’llanilishi majburiydir. Ikki yo’lli uchastkalarda
to’g’ri yo’ldan harakatlanish avtoblokirovkaning signallari bilan amalga
oshirilganda, noto’g’ri yo’ldan harakatlanish esa lokomotiv svetoforlari bilan
amalga oshirilganda, shuningdek, ikki yo’lli uchastkalarda avtomatik lokomotiv
signalizatsiyasi signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llanilganda,
stansiyadan noto’g’ri yo’ldan jo’natishda chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar
uzatiladi: bitta o’chib yonadigan sariq va bitta oq-oy rangli chiroqlar - "Poezdga
soatiga 40 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga va
keyinchalik lokomotiv svetoforining ko’rsatmalariga muvofiq noto’g’ri yo’ldan
ketib borishga ruxsat beriladi" (rasm 2.13). 15. Chiqish svetoforlariga ega bo’lgan
stansiyalarda, yo’l blokirovkasi bilan jihozlanmagan ayri yo’l mavjud bo’lsa, ayri
yo’lga jo’nash marshrutining tayyorligi chiqish svetoforida bitta oq-oy rangli
chiroq bilan ko’rsatiladi; poezdlar ayri yo’lga mashinistga jezl yoki oq-oy rangli
chiroqda va chiqish svetoforining qizil chirog’i o’chganda yo’l xati (qog’ozi)
berilib jo’natiladi (rasm 2.14). MARSHRUT SVETOFORLARI 16. Marshrut
svetoforlaridan, ularning o’rnatilgan joyiga bog’liq ravishda, quyidagi signallar
beriladi: bitta yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatga ruxsat beriladi;
keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq; bitta sariq chiroq - "To’xtashga
tayyor bo’lgan holda harakatga ruxsat beriladi; keyingi svetofor (marshrut yoki
chiqish) yopiq"; bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi"; bitta
o’chib yonadigan sariq chiroq - "Belgilangan tezlikda svetofordan o’tishga ruxsat
beriladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan
tezlikda o’tish talab etiladi"; ikkita sariq chiroq, ulardan yuqorisidagi o’chib
yonuvchi - "Pasaytirilgan tezlikda svetofordan o’tishga ruxsat beriladi; poezd yon
tomondagi yo’lga bormoqda; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq";
ikkita sariq chiroq - "Svetofordan pasaytirilgan tezlikda va stansiyada to’xtashga
tayyor holda o’tishga ruxsat beriladi; poezd yon yo’lga bormoqda; keyingi svetofor
yopiq". O’TISH SVETOFORLARI 17. Avtoblokirovka bilan jihozlangan
uchastkalarda o’tish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq
- "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, oldinda ikki yoki undan
ortiq blok-uchastka bo’sh" (rasm 2.15); bitta sariq chiroq - "To’xtashga tayyor
bo’lgan holda harakatlanishga ruxsat beriladi, keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.16);
bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.17). 18. To’rt
belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, asosiy yo’l
bo’ylab o’tish, kirish, marshrut vetoforlaridan va chiqish svetoforlaridan quyidagi
signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - oldinda uchta yoki undan ortiq blok-
uchastkalar bo’sh; bitta sariq va bitta yashil chiroqlar - oldinda ikkita blok-
uchastka bo’sh (rasm 2.18); bitta sariq chiroq - oldinda bitta blok-uchastka bo’sh;
bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 19. Uch belgili yoki to’rt
belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, kirish
svetoforlarining oldida joylashgan o’tish svetoforlarida (kirish oldi) bundan
tashqari quyidagi signallar qo’llanishi mumkin: bitta o’chib-yonuvchi sariq chiroq
- "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi; kirish svetofori ochiq va
uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi; poezd stansiyaning yon yo’liga qabul
qilinadi" (rasm 2.19, a); bitta o’chib-yonuvchi yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda
harakatlanishga ruxsat beriladi, kirish svetofori ochiq va uni soatiga 80 km/soat
dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi, poezd stansiyaning yon yo’liga qabul
qilinadi" (rasm 2.19, b). Kirish oldi svetoforining machtasiga nur qaytargichli
ogohlantiruvchi jadvalchalar o’rnatiladi (rasm 2.19). Harakat lokomotiv svetofori
signallari bo’yicha amalga oshiriladigan noto’g’ri yo’ldagi kirish oldi svetofori,
uch belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi kirish
oldi svetofori kabi signallar uzatadi. 20. Yarim avtomatik blokirovka bilan
jihozlangan uchastkadagi o’tish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta
yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, peregon
keyingi stansiyagacha (yo’l postigacha) bo’sh" (rasm 2.20); bitta qizil chiroq -
"To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.21). 21. Uch belgili signalizatsiyali
avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, asosiy yo’lda, talab etiluvchi
tormoz yo’lidan qisqa blok-uchastkani chegaralovchi svetoforda (kirish, marshrut,
chiqish yoki o’tish), ikkita vertikal holdagi nayza shaklidagi oq rangli yorug’lik
ko’rsatkichi o’rnatiladi (rasm 2.16), unga ogohlantiruvchi bo’lgan svetoforda esa -
shunday ko’rsatkich bitta nayza shaklida bo’ladi (rasm 2.15).
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O`bekiston
Respublikasi
Temir
yo`llarida
signallashtirish
bo`yicha yo`riqnoma.
2.O`bekiston Respublikasi Temir yo`llaridan foydalanish qoidalari.
3.Temir
yo`l
qurilish,
yo`l
va
yo`l
xo`jaligi
atamalari
va
tushunchalarining ruscha-o`zbekcha lug`ati.
4.Temir yo`l atamalarining ruscha - o`zbekcha qisqa lug`ati.
Document Outline
8. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |