Hisobotni tayyorlash Hisobot virtual stendlarni ko’rib, o’rganish natijasida o’lchov asboblarining chizmalari va ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Vizual ko’rinishdagi sath o’lchagichlarining xatoligini hisoblash
Sig’imli sath o’lchagichlarning afzallik va kamchiliklari?
Ultratovushli sath o’lchagichlar?
10-TAJRIBA ISHI.
Sath o’lchashning vizual vositalarining ishlash printsipini o’rganish.
Ishdan maqsad: Sath o’lchashning vizual vositalari va gidrostatik sath o’lchagichlarni hamda ularning ishlash printsiplarini o’rganish
Nazariy qism S huni alohida ta’kidlash mumkinki, mazkur o’lchash vositalariga o’lchov chizg’ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindirik sterokenli) va sath o’lchovchi shishalar (oxirgisi ko’roq qo’llaniladi) kiradi. Sathni sath o’lchovchi shishalar yordamida o’lchash tutash idishlar qonuniga asoslangan.
Sath o’lchagich shishaning printsipial sxemasini ko’rib chiqamiz (eng keng tarqalgani sababli). Sxema 10.1 rasmda keltirilgan. Ko’rsatkich shisha 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriadi. 1 trubkadagi suyuqlik meniskining holatini kuzatib idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog’liq bo’lgan qo’shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o’lchashdan avval sath o’lchagich shishalar yuviladi. Bu vazifani ventil 2 bajaradi. Mexanik mustahkamligi past bo’lgani sababli sath o’lchagich shishalarni uzunligi 0.5 m ortiq bo’lmaydi.
Shuning uchun, rezervuarlarda sathni o’lchash uchun ular bir–birini to’ldirib maqsadida bir nechta sath o’lchagich shishalar o’rnatiladi. Sath o’lchagichli shishalar 3 MPa bosimgacha va 300 0C haroratgacha qo’llaniladi. Sathni sath o’lchagichli shishalar bilan o’lchashda absalyut xatolik ±(1–2) mm bo’ladi.
Qoida bo’yicha qaerda inson kuzatiyotgan qurilmalarda qo’llaniladi. Yana bir qator texnik chegarashlar bor. Sarf o’lchagich shishalar 3Mpa gacha va 300° gacha haroratlarda qo’llaniladi.