Avtomatlashtirish va boshqarish


–rasm. Sapfir – 22 DD-yeX bosimlar farqini o‘lchovchi o‘zgartkichning sxemasi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə40/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

16.2–rasm. Sapfir – 22 DD-yeX bosimlar farqini o‘lchovchi o‘zgartkichning sxemasi.
16.2- rasmda Sapfir-22 DD-yex bosimlar farqini o‘lchovchi o‘zgartkichning sxemasi ko‘rsatilgan. Tenzoo‘zgartkich 4 metall membranadan iborat bo‘lib, unga yuqori tomondan nomuvozanat ko‘prikning yelkalarini tashkil etuvchi to‘rtta kremniyli tenzorezistorlar bilan changlatilgan sapfirli membrana kavsharlangan. Tenzoo‘zgartkich 2 asosga mahkamlangan va o‘lchanayotgan muhitdan ikkita ajratuvchi metall membranalar 1 va 3 bilan bo‘lingan. Termoo‘zgartkich va membranalar orasidagi berk bo‘shliqlar polimetilsiloksanli suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Bosimlarning o‘lchanuvchi farqi R1—R2—tenzoo‘zgartkichlarga membrana va suyuqliklar orqali ta'sir qiladi. Tenzoo‘zgartkich germetik chiqishlar 5 orqali elektron qurilma 6 ga ulanadi. Shu qurilma yordamida tenzorezistorlar qarshiligining o‘zgarishi me'yorlashtirilgan tokli chiqish signaliga almashadi, u masofadan turib uzatish uchun havfsiz uch o‘tkazgichli sim bo‘yicha tam'inot bloki 7 ga uzatiladi. Ta'minot bloki portlashga havfsiz xonaga o‘rnatiladi va birlamchi o‘zgartkichning ikki o‘tqazgichli sim bo‘yicha ta'minotini ta'minlaydi. Shu liniyaning o‘zidan chiquvchi tokli signal uzatiladi. Ko‘rsatilgan vazifa bilan bir qatorda ta'minot bloki chiqish signalining quvvatini tashqi RH yuklanishni ulash uchun zarur qiymatgacha oshiradi va chiqish signalining berilgan qiymatini shakllantiradi (0...5, 0...20 yoki 4...20mA). Ortiqcha bosim, mutlaq bosim va siyraklanishlarni nazorat qilishda tenzorezistorli o‘lchov o‘zgartkichlaridan foydalaniladi. Farqi shundaki, o‘lchovchi o‘zgartkich, ob'ektga «plyusli kamera» bilan, «minusli kamera» orqali esa atmosfera bilan ulanadi. Mutlaq bosimni o‘lchovchi o‘zgartkichlarda minusli kamera vakuumlanadi.

Ortiqcha bosimni, siyraklashish va bosimlar farqini o‘lchaydigan tenzorezistorli o‘lchovchi uzgartkichlarning aniqlik sinflari 0,6; 1,0; 1,5. O‘lchash chegaralari: ortiqcha bosim—0...10-3dan 0...60 mPa gacha; siyraklanish—1...0 dan — 10...0 kPa gacha; mutlaq bosim -0...2,5 kPa dan 0...2,5 mPa gacha; bosimlar farqi 0...1 kPa dan 0...2,5 mPa gacha.


P yezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba'zi kristall moddalarning mexanik kuch ta'sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi asboblarda ko‘pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning pezoelektr effekti +500°S gacha bo‘lgan haroratga bog‘liq emas, lekin +570°S dan oshgan haroratda bu effekt nolga teng bo‘lib qoladi.
G‘ kuch ta'sirida kristall plastinka yuzalarida paydo bo‘ladigan elektr zaryad ushbu tenglama bilan topiladi:
Q=Kp·F (16.8)
bu yerda, Kp—pezoelektrik doimiy, Kl/N. Kp ning qiymati plastinaning o‘lchamiga bog‘lik emas va kristallning tabiati bilan belgilanadi. Kvars uchun Kp=2,1 · 10-12 Kl/n.
16.3- rasmda pezoelektrik manometrning sxemasi ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan bosimni 4 membrana kuchga aylantiradi, bu kuch esa diametri 5 mm va qalinligi 1 mm bo‘lgan kvars plastinalar 2 ning ustunlarini siqilishga majbur qiladi. Vujudga kelayotgan Q elektr zaryad 1 chiqishlar orqali katta kirish qarshiligiga (1013 Om) ega bo‘lgan elektron kuchaytirgich 5 ga uzatiladi. Zaryadning qiymati o‘lchanayotgan R bosim bilan quyidagicha bog‘langan:
Q=Kp·S·P (16.9)
bu yerda, S — membrananing samarali yuzi.
Asbobning inersionalligini kamaytirish uchun kamera 3 ning hajmi minimallashtiriladi.
100 mPa (1000 kgk/sm2) gacha bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi pezokvarsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi. Pezoeffektning afzalligi uning inersionsizligidir. Bu asboblar bosimlari tez o‘zgaradigan jarayonlarni (kavitatsiya, portlash) o‘rganishda juda qulay. Pezoelektr manometrlarning aniqlik sinfi 1,5; 2,0.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin