Avtomobil kran. Yuk ko’taruvchi kranlar va ko’tarish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash



Yüklə 440,03 Kb.
səhifə2/4
tarix18.04.2023
ölçüsü440,03 Kb.
#100295
1   2   3   4
Kranlar tuzilishi va qo’llanilishi

Ko’tarish krani - yuklarni ko’tarib, ma’lum masofaga tashiydigan, davriy ishlaydigan mashina. Ko’tarish krani ko’tarish konstruksiyasi (ko’priksimon yoki konsol ferma, minora, machta, strela), asosiy yuk kutaruvchi mexanizm (chig’ir. telfer), kuch qurilmalari, elektr jihozlar, yo’valtiruvchi va tu-tib turuchi elementlar (zanjirlar, qavatlar), yukni qamrab oladigan qurilmalar (ilgak, elektromagnit, greyfer va boshqalar) dan tashkil topgan. Konstruktiv alomatlari va ishlash sxemalariga ko’ra, Ko’tarish kranining statsionar va Ko’chma; buriladigan va burilmaydigan xillari bor. Vertikal o’q atrofida aylanib ishlaydigan Ko’tarish krani buriladigan kran deyiladi; bo’lar o’zgarmas qulochli (quloch — aylanish o’qi bilan yukning osilit nuqtasi orasidagi gorizontal masofa) va o’zgaruvchan qulochli bo’ladi. Buriladigan Ko’tarish kranit. yilda harakatlanadigan, velosiped kran, pnevmatik gildiraqli, zanjir tasmali, avtomobilga o’rnatilgan, devorga o’rnatilgan, shuningdek, pontonga o’rvatiladigan (suzib yuradigan), kemaga o’rvatiladigan turlarga bo’linadi. Bunda kranning buriladigan qismi portalga (portal kran), qo’zg’aluvchi yoki qo’zg’almaydigan kolonvaga yoxud buriladigan doiraga tiraladi. Ba’zi kranlarda minora (minora kran) yoki machta (machtali kran) ko’rinishida bo’ladi. Burilmaydigan Ko’tarish krani ga ko’prik kran, kran balka, kabelli kran va boshqa kiradi. Yuklar gorizontal yo’nalishda to’g’ri chiziqli ilgarilama tashiladigan Ko’tarish krani ko’prik kran deyiladi. Ko’tarish krani tovar stansiyalari, omborlar va dengiz portlarida ko’prik kranning bir turi — to’rt oyoqli kranlar ishlatiladi. Ko’prik kranlar bir balkali va ikki balkali kran-balkalarga bo’linadi. Ko’tarish krani qo’lda va mexanik (bug , elektr, suyuqlik, havo, ichki yonuv dvigatellari yordamida) harakatlantiriladigan turlarga bo’linadi. Hozir qo’lda, bug’ va havo yordamida harakatlantiriladigan Ko’tarish krani kam ishlatiladi. Ko’tarish kranining asosiy tafsiloti uning yuk ko’taruvchanligi hisoblanib, u (mas, suzib yuruvchi burilmaydiganda) 1500— 2500 t gacha boradi. 3-d sexlari va omborlarda konsol fermali konsol Ko’tarish krani ishlatiladi; bunda konsol ferma bir relyeli osma yo’lda galtaqlar yordamida siljiydigan vertikal tirak ramalarga mahkamlanadi. Qurilish va montaj ishlarida derrikkran l a r (strelali minora kranlar), yirik qurilishlarda, ochiq konlarda, yuklarni gorizontal yo’nalishda 1500 m gacha masofaga tashishda kabelli kranlar ishlatiladi. Bunda ko’taruvchi kanat ikkita qo’zg’almas yoki qo’zgaluvchan tirakminoraga tortiladi; yuklarni ko’tarish va tushirish mexanizmi bilan jihozlangan aravacha shu qavatda siljiydi. Qurilish ishlarida minora kranlar ishlatiladi. Ko’chma kranning minorasi temir yo’lda yoki yerda harakatlanuvchi gildiraqli yoki zanjir tasmali aranaga tayanadi va 100 t gacha yuk kutaradi. Statsiovarniki — 400 t gacha yuk ko’taradi, strelasining qulochi 50 m gacha, yuk ko’tarish balandligi 150 m gacha bo’ladi.

Yüklə 440,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin