Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etish asoslari


Tashishni tashkil etish tamoyillari



Yüklə 49 Kb.
səhifə5/6
tarix03.05.2023
ölçüsü49 Kb.
#106881
1   2   3   4   5   6
Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etish asoslari.

5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
Tashishni tashkil etishda uning bir maromdaligi va o‘z vaqtida bajarilishiga hamda yuklarning miqdori va sifatli saqlanishiga, texnika, materiallar va pul harajatlari eng kam bo‘lishiga, yuqori darajali tejamkorlik va tannarxi eng arzon bo‘lishiga e’tiborni jalb etish lozim. Belgilangan miqdordagi tashish hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari va boshqa har xil qurilmalar soni minimal miqdorda va ular unumdorligi maksimal bo‘lishini ta’minlash kerak.
Yuk tashishni oqilona tashkil etish uchun o‘z vaqtida ishlab chiqilgan va vaqti belgilangan reja zarur. Bunday rejani ishlab chiqishga aloqador mijozlar keng jalb etilishi zarur. Bunda transport vositalarining liniyadagi ishi meyorli bo‘lishiga hamda ortish-tushirish operatsiyalari o‘z vaqtida bajarilishiga erishish lozim.
Avtotransport saroyi va mijozlarlarning o‘zaro munosabatlari belgilangan topshiriqni bajarishda o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash, uni amalga oshirishda esa muayyan shartnoma va ayrim kelishuvlarga tayanish kerak. Tashishlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun mijozlar va avtotransport saroylari barobar javobgardirlar.
Avtotransport korxonasi va mijozlarning o‘zaro munosabatlarini shartnoma orqali tartibga solinadi. Shartnomada ular aloqalari, tashish qatnashchilari, moliyaviy tartibni mustahkamlash kabilar belgilanadi. Tashishga taalluqli shartnoma ish hujjatlarining asosi sifatida joriy (yillik), chorak va tezkor (smena-sutkali) rejalar tuzishni ko‘rsatish mumkin.
Shartnoma yozma tarzda umumiy shaklda yoki bir marotabali talabnoma (buyurtma) shaklida bo‘lishi mumkin. Talabnoma rejada belgilanmagan mijozga xizmat qilishda ishlailadi va uning kuchi shartnomaga tenglashtiriladi.
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) shartnoma tuzishda vakolatli tashkilot va uning mas’ul shaxsi;
b) tashish miqdori va yuk turlariga ko‘ra tashish xarakteri ko‘rsatilgan shartnoma predmeti;
v) tashishni bajarish sharti. Bunda tashish vaqti belgilangan reja, yukni berish tartibi, tashish masofasi, ortish-tushirish operatsiyalari bajaruvchi vositalar va ularning ishlash tartibi, ekspeditsiya ishlari, talabnoma berish vaqti va uni rasmiylashtirish tartibi va h.k. bo‘ladi;
g) kelishilayotgan tomonlar javobgarligi;
d) bajarilgan ishga hisob-kitob qilish muddati va uni bajarish tartibi, shartnomaga ko‘ra da’voni ko‘rib chiqish tartibi, tomonlar manzili, bankdagi hisob-kitob raqami, jarimalar va h.k.

Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin