1-mavzu: O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari tarmog’ining
rivojlanish istiqbollari. “Avtomobil yo’llarini loyihalash” fanining mazmuni,
predmeti va metodi.
Reja:
1.
O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’lini rivojlanishi,
2.
Avtomobil yo`llari to`g`risidagi Qonun.
3.
Avtomobil yo’llarini ta’sniflanishi.
4.
Hisobiy tezliklar.
Tayanch so’z va iboralar: avtomobil yo’llari, SHNQ 2.05.02-07, hisobiy
tezliklar, harakat jadalligi,
yo’llarini ta’sniflanishi.
Bundan necha yuz yillar avval xalqlarni bir - biri bilan bog’lagan karvon
yo’llari bugun magistral yo’llarga aylandi. Shunday yo’llardan biri Buyuk Ipak
yo’lidir. Mag’ribu, mashriqni bog’lagan, xalqlar tarixi va taraqqiyotining eng kuchli
xalqalaridan biri bo’lgan Buyuk Ipak yo’li dunyoga mashhur Buxoro, Samarqand,
qo’qon va O’sh shaharlari orqali qashqardan o’tib, yo’nalishini davom ettirgan.
Bu yo’nalish Yevropo qit'asini Osiyoning okean sarhadlari bilan bog’laydigan
va xalqaro miq'yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim arteriya hisoblanadi.
hozirda esa " Transkontinental yo’nalishi" deb nom olgan " Buyuk Ipak yo’li" ni
tiklash to’g’risidagi qonunni qabul qilinishidan, transport yo’lagi bo’yicha xalqaro
anjumanlarda qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa "Evropa -Kavkaz-
Osiyo" transport yo’lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan
ishlardan maqsad portlarga, dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O’zbekistonning
rivojiga rivoj qo’shishdir.
Respublikamiz bo’yicha barcha turdagi transportlarda tashilayotgan
yo’lovchilarning 96,6% , yuklarni esa 81,3% aynan avtomobil transporti qissasiga
to’g’ri keladi. Demak, mamlakatimizda bu transport vositasiga talab katta. Yo’l
tarmog’ini umumiy uzunligi respublika bo’yicha 183,000 km dan ortiq.
O’zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi avtomobil yo’llari "O’zavtoyo’l"
DAK bo’yicha umumiy uzunligi 42654 km, shundan xalqaro 3626 km, davlat16909
km, viloyat-11668km va maxalliy ahamiyatdagi 10327 kmga ega. Keyingi 2005-
2010 yillar ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar maxkamasi
tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar avtomobil
yo’llarini yanada yaxshilashni maqsad qilib qo’ygan. 2009-2014 yillar ichida 23 ta
kemping, 28ta motel, 75ta avtomobillarga gaz quyish siansiyasi, 73ta texnik xizmat
va tibbiy yordam stansiyalari, 47 ta avtomobillar qisqa vaqtga to’xtash
maydonchalari qurildi.
Prezident tomonidan chiqarilgan "2009-2014 yillarda O’zbekiston milliy
avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"
gi PQ-1103 qaroriga asosan O’zbekiston milliy avtomagistralini yo’nalishlarini
nomi va unga kiradigan avtomobil yo’llari bo’yicha 2009-2014 yillar ichida
ko’riladigan transport yechimlari, ko’poiklar, yo’l o’tkazgichlar va yo’lni
parametrlarini oshirilishi hamda 4 palosali sementbeton qoplamali yo’lni uzunligi-
400km, 4 polosali asfaltobeton qoplamali yo’lini uzunligi 813 km, 2 polosali
asfaltobeton yo’li 288 km larga yo’l poyini 1026 1488 km bo’lgan ko’prik va yo’l
o’tkazgichni qurish va rekonstruksiya qilish hamda 7 ta transport razvyazkani qurish
rejalashtirilgan va amalga oshirilgan.
Yo`llarni loyihalashda harakat yil davomida yo`l qismidan sutka mobaynida
o`tadigan avtomobillarning o`rtacha soni bilan tavsiflanadi. Avtomobillarning
bunday o`rtacha soni o`rtacha yillik sutkalik harakatlanish intensivligi deb ataladi.
qishloq xo`jalik mahsulotlari (paxta, g`alla) tashiladigan ba’zi yo`llarda
harakatlanish intensivligi mahsulot topshirish davrida o`zining o`rtacha yillik
qiymatidan ortib ketadi. Bunday transport ishlarining xalq xo`jaligi uchun katta
ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, yo`lning plandagi va bo`ylama profildagi
elementlari uchun me’yorlar ishlab chiqishda (yilning eng tig`iz oyida o`rtacha oylik
harakatlanish intensivligi o`rtacha yillik qiymatidan 2 marta ortiq bo`lsa) hisobiy
harakatlanish intensivligini o`rtacha yillik qiymatidan 1,5 marta ortiq qabul qilish
ruxsat etiladi.
Har qanday muhandislik inshooti kabi yo`l ham, uni loyihalashda
mo`ljallangan turdagi va miqdordagi yukni o`tkazishni ta’minlashi mumkin.
Avtomobilsozlik
sanoati
taraqiy
etib,
avtomobil
turlarini
uzluksiz
takomillashtirmoqda va o`zgartirmoqda. Avtomobillarning yuk ko`tarish kuchini
oshirish va avtopoyezdlardan keng foydalanish doimiy an’ana bo`lib qolgan.
Har qaysi yo`l o`nlab yillar xizmat qiladi va shuning uchun bu yo`llardan kelajakda
yuradigan avtomobillarni ko`rsatkichlarini aniq bilish qiyin. Ayni bir vaqtda yo`lni
bir necha yil oldinga hisoblangan ortiqcha mustahkamlik zahirasi bilan qurish
iqtisodiy jixatdan maqsadga nomuvofiqdir. Shuning uchun avtomobil gabaritlariga
va ulardan tushadigan og`irliklarga standartlar ishlab chiqariladi. Avtomobil sanoati
bu standartlarga rioya qilishi va avtomobil yo`llarining elementlariga belgilangan
me’yorlar moslashtirilishi shart.
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo`llari o`zlarining xalq xo`jaligidagi
ma’muriy va madaniy ahamiyatiga ko`ra bir nechta guruhlarga bo`linadi.
Umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan yo`llar MDX davlatlarining
poytaxtlarini o`zaro bog`laydi, shuningdek, eng muhim sanoat va madaniyat
markazlarini bog`laydi, qo`shni mamlakatlar bilan transport va sayyoxlik aloqalarini
ta’minlaydi, avtonom respublikalar poytaxti va qo`shni viloyatlarning yirik
markazlari bilan bog`laydi, I va II klass aeroportlariga, I va II guruh daryo va dengiz
portlariga, oromgohlarga va qo`riqxonalarga, mamlakat ahamiyatiga ega bo`lgan
tarixiy va madaniy yodgorliklarga kelish yo`llari bo`lib xizmat qiladi.
Respublika ahamiyatiga ega bo`lgan yo`llar respublika poytaxtlarini aholisi
100 mingdan 500 minggacha bo`lgan shaharlar bilan, bu shaharlarni esa
tumanlarning ma’muriy markazlari bilan bog`laydi.
Viloyat ahamiyatiga ega bo`lgan yo`llar avtonom viloyatlarning markazlari,
o`lka va viloyatlarning ma’muriy markazlari va viloyatlarni aholisi 10 mingdan 100
minggacha bo`lgan tuman markazlari va punktlar bilan birlashtiradi, qisqa kelish
yoqllarini umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bo`lgan yo`llarga, viloyat
ahamiyatiga ega bo`lgan ob’ektlarga bog`laydi.
Mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan yo`llar aholisi 10 mingdan ortiq tuman
markazlarini, aholi yashaydigan punktlarni o`zaro bog`laydi, qishloq kengashlari
joylashgan yerni va jamoalarning markaziy hovlilari bilan bog`laydi.
Jamoa xo`jaliklarining va boshqa qishloq xo`jalik korxonalarining ichki
yo`llari markaziy hovlilarini ularning bo`limlari, brigadalari, fermalari, dala
shiyponlari va boshqa qishloq xo`jalik ob’ektlari bilan bog`laydi.
Yo`lning toifasi uning belgilangan vazifasiga va kelajakdagi harakat jadalligiga
qarab SHNQ 2.05.02-07ga asosan qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |