Avtomobillarga to`la ravishda xizmat ko’rsatish korxonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish uchastkalari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/2
tarix19.04.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#55753
1   2
AVTOSERVIS KORXONALARINING ISHLAB CHIQARISH UCHASTKALARI VA ULARDA BAJARILADIGAN ISHLAR

LТK-3P-SP-11 rusumli yengil avtomobillar, mikroavtobuslar va kichik yuk avtomobillarini texnik nazorat etuvchi universal diagnostika posti (SТS-3P-SP-12 jixozi asosida tayyorlangan, tashqi o’lchamlari 7000x14000 mm).




6.25-rasm. Kuchlar orqali ishlovchi rolikli stendning umumiy ko’rinishi (a) va kinematik sxemasi (b) : 1-maxovik; 2-jixoz barabanlari; 3-zanjirli uzatma; 4-elektromagnitli mufta; 5-reduktor; 6-elektrodvigatel.




6.27-rasm. Rolikli SТM-8000 rusumli stendda avtomobil tormozini diagnostikalash.









a.

6.32-rasm. Monometrli (a) va o’zi yozuvchi (b) kompress-sometrlar.




a.



b.

6.37-rasm. Avtomobil farala-rining parametrlarini diagnos-tikalash uchun IPF-01 jixozi (a) va tekshirish jarayoni (b).







6.38-rasm. Rul boshqarmasining umumiy

Avtomobillarni qabul qilish va egasiga to’shirish uchastkasi avtomobilni qabul qilishda quyidagi ishlarni bajaradi: avtomobil tashki ko’rinishini ko`zdan kechirish, uning butligini tekshirish, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlari va uzellarni tekshirib ko’rish, Shuningdek barcha xavfsizlikni tahminlovchi organ va mexanizmlarni tekshirib ko’rish shart. Shuningdek, avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlari va qismlari ham, egasi buyurtmasidan qattiy nazar ko’rib chiqiladi.

Barcha bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so`ngra hujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarining bajarilganligi, avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, to’shiriladi.

Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo`llash maqsadga muvofiqdir.

Maxsus diagnostika uchastkasi avtomobillarni, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash, bao’olash bilan shu\ullanadi.

Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash qismlarga ajratilmasdan, ya`ni ichini ochmasdan, maxsus dasturlarga asosan stendlar, ulcho`v va nazorat asboblari yordamida bajariladi. Diagnostika TX ko’rsatish va ta`mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo`lib, uni bilib qo1`llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va ish unumi oshadi: eng muhimi sifat, avtomobillar texnik holati yaxshilanadi.



Texnik xizmat ko’rsatish postlari ‘rofilaktik, ya`ni tqsatdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo`lishi extimoli oldini olish ishlarini bajarish uchun mo`ljallangandirlar. Ma`lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-mao’kamlash, sozlash, moylash va mayda ta`mirlash ishlaridan iborat bo`lib, kerakli texnologik jihozlar bilan tahminlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki kqtargichlar, estakadalarda bajariladi.TX uchastkasining ayrim postlari , bazi ishlarni, masalan, moylash, oldingi \ildiraklarni qrnatish burchaklarini tekshirish va sozlash , motor gazlari zaharliligini mehyoriga keltirishga ixtisoslashgan bo`lishi mumkin. Bu uchastka postlari ning ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni bajarishga mo`ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlari hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog`liqdir.

Ta`mirlash, agregatlarni almashtirish postlari avtomobillar agregatlari, uzellari va tizim qismlarida sodir bo`lgan buzilishlar, nosozliklarni tuzatish uchun xizmat kiladi. Ko`p xollarda bu buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo`lmaydi, buning uchun o`sha agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va u yoki almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda tahmirlanadi.

Ta`mirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko`targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Bahzan ta`mirlash ishlarini bajarishda avtomobilning ko`tarilishi va uning ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, chaqmoq (svecha)ni yoki karbyuratorni almashtirish bu hollarda ish maxsus ajratilgan oddiy joylarda bajarilishi mumkin. Ta`mirlash uchastkasi, Shuningdek, kqtaruvchi va tashuvchi kranlar, qo`l yoki elektrotallar bilan jihozlanadi va ko`chma domkratlar bilan tahminlanadi.

Bahzan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshiklari, qanotlari, bamperlari va h.k.) o`g`rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo`yashga to`g`ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o`rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo`ladi.

O`z tabiatiga ko’ra postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo`lmagan ta`mirlash ishlari, yuqorida aytib o`tilgandek, maxsus ta`mirlovchi - tiklovchi ustaxonalarda bajariladi. ATXKSlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bog`liqdir.



Agregatlarni ta`mirlash va mexanika uchastkasi yoki tsexida motorlar, uzatmalar qutisi , ilashish muftasi, oldingi va orqa ko`priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig`ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va h.k.larga turli xildagi mexanik , chilangarlik kabi ishlovlar beriladi va sinaladi.

Akkumulyator ustaxonasida esa akkumulyatorlar batareyasi zaryadkasi to`ldiriladi yoki ular tahmirlangandan so`ng yangidan zaryadlanadi, distillangan suv va elektrolit tayyorlanadi. Ta`mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi avtomarkazlar, yirik ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda kor’usini almashtiriladi yoki mastika qo`yib tuzatish, plastinkalari va separatorlarini almashtirish, qurg`oshinli setkalari va klemmalari qalaylash, kavsharlash bilan tahmirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi.

Elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta`mirlovchi ustaxonada esa elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar,turli uzatma elektromotorlari, elektron bloklar va h.k.) va boshqa nazorat-o`lchov asboblari tekshirilib ko’riladi va zarurat bo`lganda tahmirlanadi. Shuni tahkidlash lozimki, bu jihozlarning nosozligi avtomobillarning uzida, ta`mirlash postlarida tozalash ,qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishni iloji bo`lmagan hollardagina bu ustaxonaga keltiriladi. Ta`mirlashga keltirilgan jihozlar avval maxsus stendlarda tekshirilib qo`yilib, so`ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so`ngra quritiladi va defektovka qilinadi, ya`ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, bazilari tahmirlanadi va yana yig`ilib sinab ko’riladi.

Oziqlantirish tizimi priborlari, jihozlarini ta`mirlovchi ustaxonada esa benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratib, yuvib tozalab , yaroqsiz detallarini almashtirib, so`ngra qaytadan yig`ib, tekshirib va sinab ko’riladi.

Kuzovlarni ta`mirlash ustaxonasi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo`lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi ko`p vaqtni talab etadi .Shuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan eng kq’ bo`ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va Shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi.

Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan, chunonchi, tunukasozlik, bo`yashga tayyorlash, bo`yash va quritish, va armaturalarni ta`mirlash jamlamasidan iboratdir. Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta`mirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to`g`rilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformatsiyalanib to`g`rilashni iloji bqlmagan qismlari avtogen yoki ‘nevmatik kesgichlar yordamida kesib tashlanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. payvandlash karbonat angidridli himoyali muo’itda yarim avtomatik elektroyoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o`zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu elektroyoyli payvandlash usuli yordamida ulanadi.

Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma kesgichlar qo`llaniladi. Kuzov detallarini birini-biriga ulashda kontakt nuqtasimon elektr payvandlash usullari ham qqllaniladi.

To`g`rilangan va ulangan kuzov so`ngra payvandlash choklaridan tozalanadi va ayniqsa, obdon maxsus asboblar yordamida qo`l zarbasi bilan tekislanadi. Uzil-kesil to`g`rilangan, nafis holgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo`yashga tayyorlash uchastkasiga o`tkaziladi. Bu joyga kuzov sato’idan bqyoqlari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, jilvir ko\oz bilan ishqalanib tozalanadi . Noteks joylari va tirqishlari maxsus shuvoq- sh’aklevka bilan shuvab tekislanadi va kuzov bo`yash uchastkasiga o`tkaziladi.

Bo`yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo`lib, u ishonchli havo so`rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sathiga, avvalo, xomaki bo`yoq-grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo`yoq sepiladi. Nitroemalli bo`yoqlar tez, 20 min ichida oddiy temperatura 18-20 S ichida quritiladi, agar sintetik emal bo`yoqlari ishlatilsa quritish uchun kuzovni 110 - 130 S temperaturali kamerada 30-50 min ushlab turishga to`g`ri keladi.

Bo`yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni kompyuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo`lgan mutaxassislar bajaradilar. Kuzov jamlamasining yana bir uchastkasi armatura uchastkasi bo`lib bu, joyda eshiklar, kapotlar, bagajnik oshiq-moshiqlari, qulflari, oynalarini ko`tarish -tushirish mexanizmlari va hoshiyalari ta`mirlanadi.

Shuningdek, kuzov jamlamasida yoki alohida mustaqil kuzov ichidagi qrindiqlar va suyangichlarni ta`mirlovchi va radiator, benzobaklarni kavsharlovchi uchastkalar ham bo`lishi mumkin.

Avtomarkazlar va ATXKSlarida ma`muriy-maishiy xonalar qatori albatta mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do`konlari, salonlari bo`lishi shart.

ATXKSlarning texnologik jihozlariga kelsak, ular ishchi postlari soni va ixtisoslashganligiga qarab, maxsus ishlab chiqilgan «Texnologik jihozlar va maxsus asboblar ro`yxati (tabeli)»ga asosan jihozlanadi. Tabelda stantsiyaning quvvatiga qarab har bir kerakli texnologik jihoz nomi va soni ko’rsatiladi.

Diler stantsiyalarida esa har bir postda ishlovchi ishchilar soni va ular uchun kerakli asbob-uskunalar jamlamasi ham keltiriladi.

Zarur texnologik jihozlar sonini hisoblab ham topsa bo`ladi. Buning uchun ular ikki turga ajratiladi: smena davomida uzluksiz ishlatiladigan (yuvish-mashinalari, payvandlash aparatlari, mexanik dastgoxlar va h.k.) va vaqti-vaqti bilan ishlatiladigan (diagnostik stendlar, ko`tarish va yuk kranlari va h.k.) jihozlar.

Uzluksiz ishlatiladigan jihozlarni quyidagi formulaga asosan hisoblab chiqsa bo`ladi:


Tj Tj

Q - ------- q -----------------------

Fj Dyik TsS … R
bunda Tj - shu jihoz yoki jihozlardagi bajariladigan ishlarning yillik hajmi, ishchi-soat hisobida;

Fj -bir jihozni bir yildagi ishlash vaqti- fondi,soat hisobida;

Dyik -yillik ish kunlari;

Ts-ishchi smenaning davomligi,soat;

S-ishchi smenalar soni;

 -jihozdan vaqt davomida foydalanish koeffitsienti (0,6-0,9);

R-shu jihozda bir vaqtda ishlaydigan ishchilar soni.

Ishlab chiqarish anjomlari (verstaklar, tokcha-stellajlar, tumbochkalar va h.k.) miqdori smenada eng ko`p ishlovchi ishchilar soni bilan aniqlanadi. Korxonada bajariladigan og`ir ishlar birinchi navbatda, avtomobillarni yuvish, ko`tarib-ko’rish, qismlarga ajratish va yig`ish, va ko`tarish-tashish ishlari mexanizatsiyalashtiriladi.



Xulosa

Avtoservis korxonalarining (albatta, gap avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi korxonalar xususida bormoqda) ishlab chiqarish uchastkalari va ularga o`rnashtirilgan texnologik jihozlar tarkibi va soni shu korxonalarning quvvatiga, ishlab-chiqarishining ixtisoslashganligiga bog`liqdir. Oziqlantirish tizimi priborlari, jihozlarini ta`mirlovchi ustaxonada esa benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratib, yuvib tozalab , yaroqsiz detallarini almashtirib, so`ngra qaytadan yig`ib, tekshirib va sinab ko’riladi.



Umuman olganda, avtomobillarga to`la ravishda (kom’leks) xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda quyidagi (i-ch) uchastkalari tashkil etiladi: Bo`yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo`lib, u ishonchli havo so`rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sathiga, avvalo, xomaki bo`yoq-grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo`yoq sepiladi. Nitroemalli bo`yoqlar tez, 20 min ichida oddiy temperatura 18-20 S ichida quritiladi, agar sintetik emal bo`yoqlari ishlatilsa quritish uchun kuzovni 110 - 130 S temperaturali kamerada 30-50 min ushlab turishga to`g`ri keladi.
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin