«avtomobilsozlik» fakulteti «metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi «metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti»TA


O’zbekiston Respublikasi Etalonlar bazasi



Yüklə 482,73 Kb.
səhifə8/16
tarix07.01.2024
ölçüsü482,73 Kb.
#207922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Kurs ishi

2.3 O’zbekiston Respublikasi Etalonlar bazasi.

“O’zstandart” agentligi va tashkilotlarning etalonlarini yaratish, saqlash, o’rganish va ishlatish bo’yicha xuquqiy asoslar


Bizning mamlakat Etalon bazasi xalqaro miqiyosda metrologik mustaqilligini taminlash maqsadida tashkil qilingan. Shu kabi metrologik siyosatlar natijasida 23 ta milliy boshlang‘ich etalonga ega bo‘lgan va shu o‘rinda o‘zining funksional imkoniyatlaridan yagona bo‘lgan ilmiy - tadqiqot instituti darajasidagi etalon baza tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlar markazi (keyinchalik O‘z MEM) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.96 yildagi 53-son Qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘zdavstandart (hozirgi paytda «O‘zstandart» agentligi)ning «22» noyabr 2001 yildagi 388 - sonli buyrug‘i bilan tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlari markazi fizikaviy kattaliklar birligini tiklash va saqlash hamda ularning o‘lchamlarini namunaviy va ishchi o‘lchash vositalarga aniq uzatish bo‘yicha ilmiy tadqiqot, amaliy, tashkiliy va uslubiy ishlarni olib boruvchi tashkilotdir.
O‘z MEM 2001 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini zamonaviy 5 qavatli imoratda boshladi. Ko‘pchilikga malumki etalonlar bu juda aniq o‘lchovchi qurilmalardir. SHuning uchun ham ular tashqi muhitga, yani laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o‘zgarishiga, har xil to‘lqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o‘xshash tasir etuvchi omillarga sezgir. SHu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida O‘z MEM ning binosi o‘ziga xos uslubda qurilgan va maxsus xonalarga ega.
O‘zMEM DK respublikamizdagi 30 dan ortiq yirik korxonalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, ularning namunaviy o‘lchash asboblarini etalonlariga taqqoslab, foydalanishga yaroqliligini tekshirib kelmoqda. Jumladan Navoiy kon metallurgiya kombinati OAJ, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati OAJ, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, «Uztransgaz» va «Uztelekom» aksionerlik kompaniyalari, hududiy gaz taminoti korxonalari, SHaxarlararo aloqa korxonasi, «Tashtibtexnika» OA, «Navoiazot» OA, «DEKA» qo‘shma korxonasi, «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning tarkibiga kiruvchi viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazlari shular qatoridandir.
O‘z MEM DK 10 dan ortiq chet davlatlarining, jumladan Belarusiya, Bolgariya, Germaniya, Kazaxston, Qirg‘izston, KXDR, Kuba, Litva, Maldova, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Ukraina Milliy metrologiya institutlari bilan Evro-Osiyo metrologik muassasalarning hamkorligi (KOOMET) orqali o‘zviy aloqada.
Etalonlar - har bir davlatning katta boyligi va iftixoridir. Etalonlar respublikada amalga oshirilayotgan o‘lchashlarning aniqligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ulchashlar aniqligining oshishi esa, ko‘pgina ijobiy natijalarga olib keladi. Jumladan, tibbiyotda kasalga aniq, to‘g‘ri va ishonchli tashxis qo‘yishga, sanoatda mahsulotlarning sifatli bo‘lishiga, insonlarning xavfsizligini taminlashga, fanning turli yo‘nalishlarida yangi kashfiyotlar qilishga imkon yaratuvchi omillardan hisoblanadi. Masalan, massani o‘lchash aniqligi 210"9 kilogrammgacha oshdi va bu argon va qator inert gazlarni ochilishi (tabiatda borligini aniqlash)ga sabab bo‘ldi.
Mamlakat etalon bazasining darajasi oxir oqibatda shu davlat mahsulotlarining dunyo bozorida raqobatbardoshligini, fan rivojini va hattoki davlat mavqeini belgilaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston milliy etalonlar markazini bazasini rivojlantirish maqsadida «Uzstandart» agentligining «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirish» Maxsus jamg‘armasi hisobidan rivojlantirish uchun 2007-2010 yillarga mo‘ljallangan Dastur ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlari markazi fizikaviy kattaliklar birligini tiklash va saqlash hamda ularning o‘lchamlarini namunaviy va ishchi o‘lchash vositalarga aniq uzatish bo‘yicha ilmiy tadqiqot, amaliy, tashkiliy va uslubiy ishlarni olib boruvchi tashkilotdir.

Yüklə 482,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin