Etalonni saqlash deganda etalonning metrologik tavsiflarini belgilangan chegaralarda saqlash uchun zarur bo‘lgan amallar majmui tushuniladi.
Birlamchi etalonni saqlashda uni muntazam ravishda tadqiq qilish, shu jumladan birlikni qayta tiklash va saqlash aniqligini oshirish va uning o‘lchamini uzatish usullarini takomillashtirish maqsadida boshqa davlatlarning milliy etalonlariga solishtirish ishlari bajariladi.
Etalonning metrologik tavsiflarini belgilangan chegarada saqlash uchun zarur bo‘lgan omillar majmui etalonni saqlash deb ataladi. Davlat etalonlarini saqlash ishlariga rahbarlik qilish uchun maxsus lavozimli shaxslar - mazkur sohada etakchi metrolog mutaxassislar ichidan tayyorlanadigan davlat etalonlarini saqlovchi olimlar toifasi belgilanadi.
Milliy etalonlarni saqlovchi olimlarni metrologiya bo‘yicha Milliy organ (O‘zbekistonda - «O‘zstandart» agentligi) tayinlaydi.
Etalonlar maxsus davlat metrologik xizmat markazlarida saqlanadi. Ishchi etalonlar ham mahkama metrologik xizmati va yuridik shaxs metrologik xizmati idoralarida ularning sohasiga va belgilangan qeidalarga muvofiq saqlanadi.
Davlat birlamchi va ikkilamchi etalonlarning majmui o‘lchashlar birliligini ta’minlashda asos bo‘ladigan mamlakatning etalon bazasini hosil qildi. Uzbekistonda bu tashkilot O‘zbekiston Respublikasining milliy etalonlar markazi hisoblanadi.
Uzunlik birligi milliy boshlang‘ich etaloni
Uzunlik birligi milliy boshlang‘ich etaloni, 2006 yilda Rossiyaning FGUP «VNIIM» dan sotib olingan.
2006 yil dan boshlab uzunlik birligi milliy boshlang‘ich etaloni «Kesters» tipidagi interferometr qurilmasi ishga tushirildi va natijada Respublikada 0,1 mm dan 100 mm oraliqdagi chegaraviy uzunlik o‘lchovlarini kalibrlash va qiyoslash imkoniyatiga erishildi.
Milliy boshlang‘ich etaloni (keyinchalik - MBE) tarkibiga:
Kesters tipidagi Interferometr;
Spektral lampa Kr 86 ta’minlash bloki bilan;
Datchik bilan haroratni o‘lchash bloki;
Barometr BRS-1M;
Interferensiya tartibining bo‘linma qismini qayd qiluvchi elektron sistema (Kompyuter va modifikatsiyalangan raqamli fotokamera Olympus Z770).
O‘zining metrologik xarakteristikalaridan kelib chiqib, etalon rivojlangan davlatlar ishchi ealoni darajasidagi uzunlik birligi etalon sifatida qaraladi.
CHegaraviy uzunlik o‘lchovi o‘lchashlari interferensiya tartibining bo‘linma qismining mos (sovpadeniya) kelishi usuliga asosan bajariladi. Interferension manzara raqamli fotokamera yordamida suratga avtomatik holda olib boriladi. Harorat va bosimga tuzatishlar kiritib, 20 °S ga keltirilgan haroratdagi uzunlikning haqiqiy qiymati hisoblanadi.
Ishlab chiqarish faoliyati va fanning uzunlikni aniq o‘lchash natijalariga ehtiyojmand bo‘lgan sohalar: