Avtonomlashuv-(avtova homus (yunon)-qonun) o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish. Adaptatsiya


ijtimoiy tarbiyada yoshga ko’ra yondoshuv-



Yüklə 63 Kb.
səhifə9/12
tarix01.05.2023
ölçüsü63 Kb.
#105331
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
GLOSSARIY

ijtimoiy tarbiyada yoshga ko’ra yondoshuv-inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.
ijtimoiy tarbiyaga individual yondoshuv-tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy ham individ darajasida inobatga olish.
ijtimoiy ta’lim- ijtimoiy bilimlarni va bolaning ijtimoiylashuviga ko’maklashuvchi ijtimoiy ko’nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.
ijtimoiy ta’minot-davlat moddiy ta’minoti tizimi va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko’rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimi.
ijtimoiy terapiya-davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.
ijtimoiy texnologiya-turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari tomonidan qo’llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida 4 turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy pedagogik.
ijtimoiy qarovsizlik- ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo’sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.
ijtimoiy harakat-turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.
ijtimoiy hudud-bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, trasport, narsa-predmetlarning qiyofasining majmuasi.
ijtimoiy huquqiy yordam-inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Sotsium-insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.

Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin