Avzu: Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati, tashkil etish metodlari



Yüklə 105 Kb.
səhifə1/3
tarix25.04.2023
ölçüsü105 Kb.
#102263
  1   2   3
2 5343742565302675510


AVZU: Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati, tashkil etish metodlari.
Reja:
1.Tarbiyaviy ishlarni boshqarishda sinf rahbarining o‘rni.
2.Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilishda o‘qituvchining pedagogik mahorati.
3. Ota-onalarga pedagogik bilim berish shakl va rejalari.
Mustaqil ish: Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi
Tayanch tushunchalar: boshqarish, menejment, avtoritar, liberal, demokratik.


Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o'tish sharoitida ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishish vazifasi, asosan, o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu, o'z navbatida, maktab ishini boshqaradigan rahbarning faoliyati bilan bog'liqdir. Qaysi maktabda ichki va tashqi nazorat ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lsa, o'sha maktabdagi ta'lim-tarbiya ishlari ham izchil bo'ladi. Pedagoglar jamoasi ishini sistemali nazorat qilish, bir tomondan, har bir o'qituvchining o'z ishi uchun mas'uliyatini oshiradi hamda o'z ishida kamchilik- larni vaqtida aniqlash va tuzatish imkonini beradi. Maktab ichki nazoratining bir qancha yo'l-yo'riqlari mavjud. Ularning birinchisi maktab direktori va ilmiy bo'lim mudirining darslarga kirishlari, darslarni va mashg'ulotlarning boshqa shakllarini tahlil qilishlaridir. Maktab direktori va ilmiy bo'lim mudiri darslarga muntazam kirib turishlari shart. Buning uchun ular yil davomida darslarga kirish rejalarini tuzadilar hamda tartiblarini kelishib oladilar.Direktor va uning o'rinbosari bolalar bilan olib boriladigan o'quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga rahbarlik qiladilar va ularni tekshirib turadilar.
Direktor va uning o'rinbosari tadbirlarning g'oyaviy yo'nalishini tashkil etishning ilmiy-metodik darajasi bolalarning qiziqishlari va ularning faolligi, mashg'ulotning o'quv-tarbiyaviy qimmatiga alohida e'tibor qaratadilar. O'qituvchilar, sinf rahbarlari, direktor va uning o'rinbosarlariga o'zlarining ishlari haqida hisob beradilar. Hisob berish o'qituvchilar va maktab rahbarlariga o'z ishlarining natijalarini tahlil qilishga, kamchiliklarning sabablarini aniqlashga, ularni bartaraf etish yo'llarini belgilashga ko'maklashadi. Boshqarish faoliyatida muayyan tizimning bo'lishi muhimdir. Buning ma'nosi shundan iboratki, bu ish tasodifiy bir-biriga aloqasi bo'lgan tadbirlar yig'indisidan iborat bo'lmay, sharoit xususiyatlarini qat'iy hisobga olishni taqozo etadi.
Maktab ichki nazorati bo'yicha ishlangan rejani bir chorakka, yarim yillik va bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzish mumkin. Lekin rejani bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzish maqsadga muvofiqdir.
Maktab rahbarlari tomonidan amalga oshiriladigan maktab ichki nazoratining rejasi quyidagi masalalarni o'z ichiga olishi mumkin:

  1. Maktabning hamma ko'rsatkichlari bo'yicha rejaning baja- rilishi.

  2. O'quv-tarbiya ishlarining ahvoli.

  3. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar.

  4. Maktabdagi jamoatchilik hamda otaliq tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar.

  5. Maktabda pedagog xodimlar bilan ishlash masalasi.

  6. Maktab hujjatlarini yuritish holati.

  7. Maktab o'quvchi-yoshlar tashkilotining ishlari.

  8. Maktabning moliya-xo'jalik ishlari.

  9. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi.

  10. Sinf rahbarlarining ishlari va hokazo masalalar.

Bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzilgan maktab ichki nazorati­ning mavzu rejasini o'quv yilidagi pedagoglarning birinchi yig'ili- shida tasdiqlash va uni maktab o'qituvchilari jamoasiga ma'lum qilish maqsadga muvofiqdir. Lekin nazorat qilishda ma'lum tizim va aniq rejaning bo'lmasligi, maqsadning noaniqligi, hujjatlarni tartibga solishga va ma'lum bir fikrga kelish uchun tegishli mate- riallar to'plashga e'tibor bermaslik, nazorat ishlariga yetarlicha faol jalb etmaslik ayrim maktab rahbarlarining o'qituvchilar jamoasi tavsiyasini yaxshi bila olmasligiga sabab bo'ladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, maktab ichki nazoratining shakl va usullari turlichadir. Buni qay darajada, qanday qilib amalga oshirish maktab rahbarlarining ilmiy-metodik, pedagogik saviyalariga hamda mazkur masalaga nisbatan qunt bilan izlanishlariga bog'liqdir.
Maktab ichki nazoratini o'rganiladigan masalaga qarab, asosan, ikki guruhga bo'lish mumkin: a) maktab ishlarini tematik nazorat qilish; b) maktab ishlarini kompleks (frontal) nazorat qilish.
Maktab tarbiyaviy ishini samarali tashkil etishning yana bir muhim sharti — rahbarda tarkib topgan kelajak maqsadlarining mavjudligi, o'zining bugungi tarbiyalanuvchisining ertangi qiyofasi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishidir. Shaxsni tarbiyalash uzoq davom etadigan jarayondir.
Xullas, maktab direktori tarbiyaga oid qo'yilgan vazifalarni hal qilish va o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish sistemasini nisbiy ravishda uch ko'rinishga ajratadi. Bular quyidagilardir:

              1. Maktabda tarbiya berish.

              2. Oilada tarbiya berish.

D. Maktabdan va oiladan tashqarida tarbiya berish.
Bularning har birida rahbarlikning ba'zi bir tashkiliy vositala- rini ko'rib chiqamiz. Maktabdagi tarbiya jarayonini direktor o'z yordamchilari orqali, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ish tashkilotchisi, sinf rahbarlari hamda o'qituvchilar orqali boshqaradi. Bunda u tarbiyaviy ishlarni umummaktab miqyosida rejalashtiradi. Yil davomida pedagoglar jamoasida muhokama qilish uchun barcha xodimlarning bir xildagi tushunishi mumkin bo'lgan prinsipial masalalarni qo'yib boradi. Maktab direktori tarbiyaviy ishlarning kundalik ahvolini darslarga, suhbatlarga, majlislarga, turli mavzulardagi yig'ilishlarga kirish hamda o'quvchilar, ota- onalar, o'qituvchilar bilan doimiy suhbatlashib borish orqali o'rganib boradi va ba'zi yo'l qo'yilgan juz'iy kamchiliklarni yo'l- yo'lakay tuzatib boradi. Direktor tarbiyaviy ishlar sifatini hamda ta'sirchanligini oshirish maqsadida o'qituvchilarning malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi. O'qituvchilarning o'z-o'zini boshqarishini yo'lga qo'yadi. Maktabda o'z-o'zini boshqarish organlarining ta'sirchanligi esa unga nisbatan ma'muriyatning va o'qituvchilar jamoat tashkilotlarining e'tibori hamda yaqindan g'amxo'rlik ko'rsatishiga bog'liqdir. Xulosa shuki, maktab direktori sinf rahbarlarisiz, o'qituvchilar jamoasi va ota-onalarning faolligisiz tarbiya berishda kutilgan samaraga erisha olmas ekan. Shuning uchun ham maktab direktori doimo ular kuchiga tayangan holda ish yuritishi va ular bilan muntazam aloqada bo'lib turishi lozim.
Sinf rahbari yoki guruh murabbiysining tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ko‘p qirrali va mas’uliyatli hisoblanadi.
Sinf rahbari (guruh murabbiysi) sinf, guruhlarda barcha sinfdan tashqari tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi va o‘tkazadi. U respublikamizning tashqi va ichki siyosati, iqtisodiyoti, ma’naviyati va boshqa ijtimoiy munosabatlariga oid Prezidentimiz farmonlari, hukumat qarorlarini, turli idoralarning ko‘rsatmalarini o‘quvchi va talabalarga etkazish va bularga amal qilish borasida sistemali tadbirlar uyushtiradi. U sinf va guruhlarda jamoaga asoslangan ishlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirishi va bu borada qaytariqlar, uzilishlar bo‘lmasligi uchun ularni muvofiqlashtirishi kerak. Sinf rahbari va guruh murabbiylarining vazifasi o‘quvchi-talaba yoshlarga yo‘naltirilgan barcha ta’sirlarni tashkil etish, rag‘batlantirish,markazlashtirishdan iborat. Ushbu sinfda, guruhda mashg‘ulotlar olib boruvchi o‘qituvchilar, kasb ustalari faoliyati bo‘yicha yagona talablar tizimini ishlab chiqish, yo‘naltirish, muvofiqlashtirish, tashqi dunyo bilan o‘quvchi-talaba yoshlarni bevosita bog‘lashdan iborat.
Ushbu soha kishilari turli jamoat tashkilotlari va ota-onalar komitetlari faoliyatlarini birlashtirishga erishadi. Turli sinflar, guruh jamoalari, kengashlar bilan aloqani mustahkamlaydi.
Sinf rahbari va guruhmurabbiysiga kasbiy talablar. Ko‘p tomonlama faoliyat sinf rahbari va guruh murabbiysidan yuqori madaniyat va yaxshi psixologik-pedagogik tayyorgarlikni talab etadi. Sinf va guruh murabbiysining vazifasi prezident va hukumat farmon hamda qarorlaridagi asosiy g‘oyalarni ma’rifiy-ma’naviy tadbirlar asosida o‘quvchi-talaba yoshlarga singdirish va ular o‘rtasida keng targ‘ib etishdan iborat.
Sinf rahbari va guruh murabbiysi eng yangi voqea va hodisalarni, respublikamizdagi va jahondagi o‘zgarishlarni birinchi bo‘lib yoshlarga etkazuvchi hisoblanadi. Yaxshi tarbiyachi - avvalo, yuqori insoniy fazilatli, to‘g‘riso‘z, halol va barcha harakatlari hamda fikri bilan madaniyatli insondir. U tarbiyalanuvchilarining ma’naviy dunyosini, qarashlarini bilishi, ularning quvonchi va qayg‘usiga doimo sherik bo‘lishi, ularning ishonchiga kira olishi, chidamlilik va kamtarlik sifatlariga ega bo‘lishi lozim.Zamonaviy sinf rahbari va guruh tarbiyachisi hozirgi davr nazariy bilimlari bilan qurollangan, pedagogik intuitsiyaga ega bo‘lgan, o‘qituvchi va bolalar bilan tez muomalaga kirisha oladigan, o‘quvchilarning hissiyoti va irodasini ustalik bilan boshqara oladigan mutaxassisdir.U tadqiqotchi va tashkilotchi, jamoatchi sifatida o‘zining butun qalbini o‘quvchi talabalarga bag‘ishlay oladi. Sinf rahbari va guruh murabbiysining yuksak kasbiy sifatlaridan biri tarbiyalanuvchining ma’naviy shakllanishini oldindan belgilay olish va butun jamoa rivojlanishini rejalashtirishdan iborat. Buni qisqa qilib quyidagi sxemada borish mumkin: maqsad-reja-tizim.
Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlari tizimi.
Sinf rahbari va guruh murabbiysining faoliyatini mazkur ta’lim muassasalaridagi barcha ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tushunish kerak. SHuning uchun ular o‘zlarining butun faoliyatini ishlayotgan ta’lim muassasasidagi boshqa tashkilotlar, jamoalar bilan kelishib, muvofiqlashtirib yo‘lga qo‘ymog‘i lozim.
Sinf rahbari, guruh murabbiysining tashkiliy-pedagogik ishlari o‘quvchilarni doimiy o‘rganish, sinf, guruh jamoalarini tashkillashtirish va shakllantirish, turli yoshlar tashkilotlari bilan birgalikda ishlash, ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishdan iborat.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, hozirgacha yosh sinf rahbarlari, guruh murabbiylariga uslubiy yordam beruvchi namunaviy tarbiyaviy ishlar dasturi, yaqin kelajakka mo‘ljallangan tadbirlar tizimining yo‘qligi, ishlab chiqilmagani bu ishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlari tizimida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkillashtirishning samarali metod va shakllarini maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish va ularning ta’sirchanligiga erishish alohida o‘rin egallaydi. Bu esa barcha tarbiyaviy ta’sirlarni yaxlit aqlli, tashkiliy kuchda: o‘quvchilar, kasb ustalari, tarbiyachilar, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, maktabdan tashqari muassasalar, o‘quvchi yoshlar, ota-onalarda birlashtiradi.
Sinf rahbari va guruh murabbiysining tashkiliy-pedagogik ishlari.
1.«Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u holda uni har tomonlama bilishi ham zarur». Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ushbu fikri har bir sinf rahbari va guruh murabbiysi uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun tarbiyalanuvchini doimo o‘rganib borish zarur. O‘quvchilarni o‘rganish pedagogdan har bir shaxs psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashni, buning uchun pedagogik tadqiqotlar prinsiplari va metodlarini o‘zlashtirishni talab etadi.
Muayyan shaxs to‘g‘risida, uning xarakteri, qobiliyati, sog‘lig‘i va boshqa xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun uni tabiiy sharoitda, uning hayotiy faoliyati sharoitlari bilan bog‘liq holda o‘rganish muhimdir. Doimiy qonuniyat - o‘rgana borib tarbiyalash, tarbiyalay borib o‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim.
O‘quvchini o‘rganish dasturi, avvalo, bolaning oila sharoiti, oila tarkibi, uning moddiy sharoiti, an’analari va oilaviy munosabatlar, o‘quvchiga yaratilgan sharoit, shuningdek, ota-onalar sog‘lig‘i, uydagi muhit va boshqalarni ham hisobga oladi. Bolaning ota-onasiga, o‘qituvchilarga, sinfdagi o‘rtoqlariga munosabati, mehnat va ijtimoiy ishlardagi ishtiroki, o‘zaro yordam munosabatlaridagi o‘rni, shaxs qobiliyati va talanti, uning xotirasi, diqqati, fikrlash quvvati, qanchalik tez yoki sekin o‘zlashtirishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlari, qaysi sport turiga qiziqishi va boshqalarni o‘rganish kerak.
Bolani o‘rganish asosiy maqsad emas, balki bu bilan tarbiyalanuvchi rivojlanish dinamikasini, uning kelajagini o‘rganish, o‘qish va tarbiyasidagi qiyinchiliklarni ko‘ra bilish va oldini olish, uning keyingi rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar yaratishdan iborat.
Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu ish agar sistemali tarzda va ilmiy asoslangan holda, sinf rahbarining umumiy faoliyati bilan birga qo‘shib olib borilsa, muvaffaqiyat keltiradi.
Ota-onalar bilan ishlash tizimining asosiy elementlari oilani o‘rganish, uning urf-odatlari, an’analari, oilada ota-ona hamda kattalarning o‘rni, mikroiqlim, undagi tarbiya xarakteri, bola tarbiyasida ota yoki onaning o‘rni, bola tarbiyasida oilaviy hamkorlik, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi yagona talablarga rioya qilish, ota-onalar o‘rtasida kundalik yangiliklar muhokamasi, maktab va oila o‘rtasida bola rivojlanishi to‘g‘risida o‘zaro axborot almashib turish, birgalik-da qarorlar qabul qilish, zarur pedagogik yordam, maslahatlarni uyushtirib turish, ota-onalarni sinf va maktabdagi turli tarbiya mavzusidagi tadbirlarga taklif etish, jamoatchilikni oila va maktab hamkorligiga keng jalb etishdan iborat.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari yagona talablar asosida o‘zaro ishonch, hurmat, ishchan munosabatlarga tayanib yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Murabbiylar, guruh rahbarlarining talaba yoshlarning ota-onalari bilan ishlashi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunday sharoitda talaba yoshlarning ota-onalari bilan telefon orqali so‘zlashuvlar, xat yozishuvlar, ularni o‘quv yurtiga taklif etish orqali kelishib olish, maslahatli ishlarni birgalikda bajarish, boshqa talabalar yordamida ota-onalar bilan sistemali aloqalar o‘rnatish foydalidir.
Ayniqsa, bunday ishlar sinf yoki guruh ota-onalar faollari qo‘mitalari orqali muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Shuning uchun sinf rahbari shunday faollar, qo‘mitalar faoliyatini birlashtirish va yo‘naltirishga alohida e’tibor berishi lozim.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin