Awr1112 O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi


Konspekt yozish qoidalari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#122696
1   2   3   4   5   6   7
RiFgQJm8ttTIsZ1ed20TgFMybTy8UMQcJ0EuMGW8

Konspekt yozish qoidalari

agar talaba ma’ruzachi bergan axborotlarni yozishga 
ulgurmasa, ma’ruzadan keyin tinch muhitda to‘ldirish uchun 
joy qoldirishi hamda kalit so‘zlarni yozib olishi kerak;

agar o‘qituvchi doskada bir nimalarni yozsa yoki chizsa, 
talaba bu axborotni albatta yozib olishi kerak;

konspektlashtirishda ma’ruza mazmunini to‘liqroq qamrab 
olish uchun o‘ziga ma’lum bo‘lgan qisqartirishlar, 
abbreviaturalarni qo‘llash muhim. 


A K A D E M I K YO Z U V 1
6
Konspekt turlari
rejali;
m
аtnli;
erkin;
tematik.


A K A D E M I K YO Z U V 1
7
Rejali konspekt
Rejali konspektni oldindan asarga tuzilgan reja yordamida oson yozish mumkin.
Bunda reja konspekt yozilishi uchun maxsus tuziladi yoki mustaqil
yozuv sifatida
oldindan tuzilganidan foydalaniladi. Bunday yozuvda rejaning har bir savoliga
konspektning
ma’lum bir qismi to‘g‘ri keladi. Biroq rejaning qismi qo‘shimcha va
tushuntirishlarni talab qilmasa, u matn bilan berilmaydi. Bu aniq, qisqa, ixcham reja-
konspektning
o‘ziga xos xususiyatidan biri.
Konspektlashtirish maqsadlarini
e’tiborga olib o‘qiganlarini qayta bayon qiladigan,
reja shaklida qisqa
bo‘lgan konspekt o‘rganish jarayonida materialni yaxshiroq
o‘zlashtirishga yordam beradi. Kitobning mazmuni konspekt yozishda esda qoladi. U
o‘z fikrini ketma-ket va aniq ifodalay olish, reja tuzishda uning mazmunini
umumlashtirib kitob ustida ishlashga
o‘rgatadi.


A K A D E M I K YO Z U V 1
8
Rejali konspekt
Ko‘nikma bo‘lganda konspekt o‘z shaklida tez, qisqa, oddiy va tushunarli tuziladi.
Bunday afzalliklari doklad yoki chiqishlar tez tayyorlashda eng yaxshi yordamchi
bo‘ladi. Agar kitob orasiga belgilar qo‘yilgan varoqlar qo‘yilsa, ular asosida konspekt
tuzish osonroq
bo‘ladi.
Biroq vaqt
o‘tishi bilan u bilan ishlash qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, chunki har
doim ham manbaning mazmuni xotirada saqlanib qolmaydi. Bu holda kitobni
o‘qish
davomida belgilar
qo‘yilgan varoqlar yordamga keladi. Shu sababli belgilar qo‘yilgan
varoqlar saqlab
qo‘yiladi.
Savol-javobli konspekt eng sodda rejali konspekt sanaladi. Bunda savollar shaklida
tuzilgan rejaga konspekt
ko‘rinishida aniq javoblar beriladi.
Ishlab chiqish,
o‘zgarish kiritish jarayonlarida rejali konspekt sxema
rejali konspekt
bo‘lishi mumkin, ya’ni mantiqiy tuzilish va alohida mazmunlarning
o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi konspekt. Mantiqan to‘g‘ri ma’noga ega bo‘lishi uchun
yozuvda asl nusxadagi ketma-ketlik
o‘zgarishi mumkin.


A K A D E M I K YO Z U V 1
9

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin