Axborat xavfsizligini ta’minlash mexanizimi -keys tuzish Jamiyatning jadal sur’atlarda axborotlashtirilishi sababli



Yüklə 13,04 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü13,04 Kb.
#192414
Sevinchi keys


Axborat xavfsizligini ta’minlash mexanizimi –Keys tuzish Jamiyatning jadal sur’atlarda axborotlashtirilishi sababli axborot xavfsizligi muammosi o’tildi. Axborot xavfsizligi (inglizcha: Information Security, shuningdek, inglizcha: InfoSec) — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli,[1] qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir[2]. Bunga, birinchi navbatda, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, tahdid manbalari, zaifliklar, potensial taʼsirlar va mavjud xavflarni boshqarish imkoniyatlarini aniqlaydigan koʻp bosqichli xavflarni boshqarish jarayoni orqali erishiladi. Bu jarayon xavflarni boshqarish rejasining samaradorligini baholash bilan birga olib boriladi[3].
Ushbu faoliyatni standartlashtirish maqsadida ilmiy va kasbiy hamjamiyatlar texnik axborot xavfsizligi choralari, yuridik javobgarlik, shuningdek, foydalanuvchi va maʼmurlarni tayyorlash standartlari sohasida asosiy metodologiya, siyosat va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida ish olib boradi. Ushbu standartlashtirishga asosan maʼlumotlarga kirish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni tartibga soluvchi keng koʻlamli qonunlar va qoidalar taʼsir koʻrsatadi. Biroq, tashkilotda agar doimiy takomillashtirish madaniyati toʻgʻri shakllantirilmagan boʻlsa, har qanday standartlar va metodologiyalarni joriy etish yuzaki taʼsir koʻrsatishi mumkin [4]. 1975-yilda Jerri Zalser va Maykl Shreder oʻzlarining „Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligi“[44] nomli maqolasida birinchi boʻlib xavfsizlikni buzishni uchta asosiy toifaga ajratishni taklif qilishgan. Bular ma’lumotlarni ruxsatsiz oshkor qilish (inglizcha: unauthorized information release), ma’lumotni ruxsatsiz oʻzgartirish (inglizcha: Unauthorized information modification) va ma’lumotlarga kirishni ruxsatsiz rad etish (inglizcha: Unauthorized denial of use).

Ungboyeva Sevinch


Iqtisodiy xavfsizlik fanida 4-mustaqil ish
Yüklə 13,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin