Axborot haqida tushuncha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə18/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Axborot haqida tushuncha

LINUKS operatsion tizimi.
Linuks operatsion tizimi (OT), boshqa OT kabi, zamonaviy kompyuterning ishini ta'minlovchi asosiy qismdir. Unga 1991 yilda, o'sha vaqt hali talaba, Linus Torvalds asos solgan. U qisqa vaqt ichida kompyuter ishqibozlari orasida tez tarqaldi. Hozirgi kunda, u tez rivojlanayotgan OT dan biri hisoblanadi. Allaqachon u faqat "g'alati" kompyuter ishqibozlari uchun deb hisoblanmaydi, chunki u axborot texnologiyalar bozorida o'z o'rniga ega IBM, Novell, SUN kabi katta kompaniyalar unga ko'p millionli investitsiya qilmoqda.
Nima uchun Linuks o'ziga katta e'tibor qaratmoqda? Nima uchun Microsoft o'zining biznesiga havf-hatarlar orasida iqtisodiy inqirozdan keyin aynan Linuksni tan oladi?
Birinchidan, Linuksning asosi UNIX OT ga o'xshaydi. UNIX OT birinchi OTlardan biri bo'lib texnik nuqtai nazardan eng mustahkam va himoyalangan hisoblanadi. Ammo asosiy sabab bu emas. Eng asosiy sabab - boshqalardan, masalan Windows yoki UNIXdan, farqi Linuks bitta kompaniya yoki shaxsga tegishli emas. uning egasi - hamma. Buning hammasi GPL litsenziyasi tufayli, Linuks aynan shu litsenziya shartlari asosida tarqatiladi. bu litsenziya, aniqrog'i kelishuv, nima bilan boshqalardan farqli? Bu litsenziyaning shartlari bo'yicha dastur kompyuter tilida yozilgan asl kod bilan birga tarqaatiladi (sotiladi). Bu degani istalgan kishi unga o'zgarish kiritishi mumkin, ammo o'zgarishlar hammaga ochiq bo'lishi shart. Linuks ustida ishlash uchun dasturchilar inernetda foydalanishini hisobga olsak, hamma internet foydalanuvchilari imkoniyatlariga yarasha potensial Linuks tuzuvchisi hisoblanadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, olmoniya va fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar turli sohalarda Windows OTni Linuks bilan almashtirish yo'llarini jiddiy o'ylab ko'rmoqda. Sabablaridan biri - Microsoft o'zining monopolist tabiati tufayli o'ziga qulay bo'lgan shartlarni oldin surmoqda va bundan tashqari xato va nosozliklar tez-tez uchrab turadi.
Linuksning rivojlanishiga hissa qo'shuvchi minglab ishqibozlar soniga kompyuter muhandislaridan tashqari xato va nosozliklar haqida xabar qiluvchi foydalanuvchilar, ko'plab Internet forumlarda bir-biriga yordam beruvchi foydalanuvchilar, kompyuter grafikasi bo'icha rassomlar va Linuks uchun qo'llanma yozuvchilar kiradi. Bundan tashqari, ularning safiga albatta tarjimonlar ham kiradi. Ular tufayli Linuks eng ko'p tilga tarjima qilingan OT hisoblanadi. Buning hammasi aksariyat holda beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi. Shuning uchun Linuks davrimizning nafaqat texnik balki ijtimoiy hodisasidir.

Tabiiyki, AQSH va Yevropa mamlakatlari kabi rivojlangan davlatlarda tez tarqalmoqda. Ammo Linuks na iqtisodiy, na siyosiy chegaralarni biladi va albatta O'rta Osiyoni ham chetlab o'tmadi. Matbuot nazaridan chetda qolgan bo'lsa ham, mana bir necha yil davomida Linuks ishqibozlari, "Linux o'zbekcha gapiradi" va Khujand.org loyihalari, uni O'zbekiston va Tojikiston sharoitlariga moslash bilan shug'ullanib kelmoqda. Qirg'izistonlik ishqibozlar ham qirg'izcha Linuks ustida ishlamoqda.


Ushbu loyiha "Linux o'zbekcha gapiradi" loyihasida batafsilroq to'xtalib o'tadi. Ushbu loyihaga bir guruh o'zbekistonliklar 2002 yilda asos solgan. Dastlab asos sifatida Linuksning Mandrakelinux turi tanlangan. Qisqa vaqt ichida o'zbekchalashtirish uchun kerak bo'lgan o'zbekcha tugmatag, o'zbekcha shriftlar va hokazo asosiy qismlar yaratildi. So'ng qiyin va sinchkov ish - kompyuter ekranida ko'rinadigan xabarlarni inglis tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish boshlandi. Bu ishning qiyinchiligi shundan iboratki, bunday ish birinchi marta bajarilgan ya'ni tarjima bo'yicha qo'llanma yo'q edi va kompyuterga xos inglischa so'zlar o'zbek tilida yo'q edi. Shunga qaramasdan tarjimalar sifati juda yuqoridir va agar foydalnuvchilar xato va yaxshilash haqida xabar bersa tarjimalar sifati bundan ham oshadi. Hozirgi kunda, taxminan 30000 xabar tarjima qilingan. Eng muhimi, kompyuter atamalarini tarjima qilish bo'yicha noyob bilim va metodika to'plangan. Albatta agar bu qo'llansa o'zbek tilini rivojlantirishda yordam beradi.
O'zbekchaga tarjima qilingan OT 14 oktabrda chiqqan Mandrakelinux 9.2 hisoblanadi. Shuning uchun bu sana o'zbekcha Linuksning tug'ilgan kuni hisoblanadi. Yaqin orada o'zining foydalanuvchilari huzuriga Mandrakelinux OTning yaxshilangan versiyasi chiqadi. Shuni aytib o'tish kerakki, uni Internetdan bepul va qonuniy ravishda yozib olish mumkin. Uni o'rnatish uchun qo'llanmani" Linux o'zbekcha gapiradi" loyihasiga bag'ishlangan veb-sahifadan topish mumkin.
Bundan tashqari o'sha yerda o'zbek tilida Linuks va u uchun dasturlar haqida ma'lumot almashish uchun forum ham bor. Bu bilan o'zbekzabon foydalanuvchilar savol-javob usulida muammolarni yechib Internetda o'zbek tilidagi ma'lumotni boyitishi mumkin. Linuksning tashqi ko'rinishi bilan tanishmoqchi bo'lganlar uchun ham alohida sahifa bor. Loyihaning o'ziga xos hususiyati - kompyuter atamalari bo'yicha lug'at. U yerda istagan kishi tarjimaga oid o'z takliflarini kiritishi mumkin. Ushbu lug'at harakatni markazlashtirish va yagona andoza ishlab chiqish maqsadida yaratilgan.
Loyihaning yana bir noyob natijasi o'zbek tilida yozilgan matnning imlosini tekshirish imkoniyatini yaratuvchi vositadir. Hozirgi kunda matn tahrirchi, xat-xabar va chat kabi dasturlarda bunday imkoiyat allaqachon mavjud. Bu qulaylikni yaratuvchi o'zbekcha lug'atda 30000 dan ziyod so'z bor.
Loyihadagi hamma ish bo'sh vaqtda, beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi.Ayni paytda loyiha homiyga ega emas, hamma harajatlar shaxsiy cho'ntakdan qoplanmoqda. Loyihaning hamma natijalari GPL litsenziya asoslarida tarqatiladi. ularni loyihaning veb-saytidan yoki ular qo'llanilayotgan turli joydan yozib olish mumkin.



Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin