Savol va topshiriqlar. 1. Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlarini aytib bering.
2. Kompyuterning dasturiy ta'minoti deganda nima tushuniladi?
3. Kompyuterning apparatli ta'minoti deganda nima tushuniladi?
4. Interfeys nima? Qanday interfeyslarni bilasiz?
5. Qanday dasturlar amaliy dasturlar deyiladi? Ularga misol keltiring.
6. Qanday dasturlar sistemaviy dasturlar deyiladi? Ularga misol keltiring.
8-Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimini. Reja: Tizim bosh menyusi.
Bosh menyuni sozlash.
3. Bosh menyuning klassik ko`rinishi
Bosh menyuga yorliqlar qo`shish.
LINUKS operatsion tizimi imkoniyatlari
Tizim bosh menyusi Windows operatsion tizimining bosh menyusiga Пуск tugmachasi orqali murojaat qilinadi. Bosh menyuni ochish uchun sichqoncha ko`rsatkichi yordamida Пуск tugmasi bosiladi. Ko`rib turganingizdek Bosh menyu bir nechta tarkib topgan. Bular quyidagilar:
Internet muhitida va elektron pochta bilan ishlash dasturlari bo`limi;
Ko`p foydalaniladigan dasturlar ro`yxati bo`limi;
Tizimda mavjud bo`lgan barcha dasturlarning murojaat yorliqlar menyusi;
Joriy foydalanuvchi qayd ma`lumotiga tegishli ob`ektlar bo`limi;
Operatsion tizim sozlashlari bo`limi;
Operatsion tizim ma`lumotnomasi bo`limi;
Foydalanuvchi qayd ma`lumotidan chiqish va tizimni o`chirish tugmalari.
Bosh menyuni sozlash.
Bosh menyu sozlash uchun Пуск tugmachasiga sichqoncha o`ng tugmasini bosing;