Axborot haqida tushuncha



Yüklə 70,23 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü70,23 Kb.
#176846
1   2   3   4
1-savol

Axborot xossalari 
Axborot quyidagi xossalarga ega: 
• 
ishonchlilik; 
• 
to’liqlilik; 
• 
qimmatlilik; 
• 
dolzarblilik; 
• 
tushunarlilik; 
• 
qulaylilik; 
• 
qisqa va lo’ndalilik; 
va boshqalar. 
Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni yoki 
voqelikni real akslantirsa. Ko’pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi 
bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi – ob’ekt, hodisa yoki jarayon 
haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. 
Ishonchli bo’lmagan axborot uning noto’g’ri talqin qilinishiga yoki noto’g’ri 
qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. 
Ishonchli axborot vaqt o’tishi bilan ishonchli bo’lmagan axborotga aylanishi 
mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan u eskirib, voqelikni to’g’ri, ro’yi-rost 
akslantirmasligi ham mumkin.

Axborot to’liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to’g’ri qaror qabul 


qilish uchun yetarli darajada bo’lsa. To’liq bo’lmagan va haddan ziyod ortiqcha 
axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash 
Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg’oloni» asaridagi axborot miqdori qancha yoki 
pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday 
javob olish mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda 
ishlatiladigan birliklar bilan tanishib chiqamiz. 
Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bir bit qabul qilingan ( bit — 
inglizcha binary, digit — ma’nosi ikkilik raqam). 
Axborot nazariyasida bit – ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini 
beruvchi axborot miqdoridir.. 
Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va 
saqlovchi xotiraning eng kichik bo’lagidir. 
Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi — bayt ishlatiladi. 
1 bayt 8 bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish 
uchun 8 bit zarur (256=2
[i]
). 
Axborot texnologiyasi – bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan 
yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va 
vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. 
• 
Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, 
kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. 
• 
Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik 
sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta 
“1” yoki bitta “0”. 
• 
Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan 
ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb 
ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. 

• 
Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun 


kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar 
mavjud: 
• 
1 Kb =1024 bayt, 
• 
1 Mb=1024 Kbayt, 
• 
1 Gb =1024 Mbayt, 
• 
1 Tb =1024 Gbayt. 

Yüklə 70,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin