vositalarining rivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot
sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global
ahamiyat kasb etuvchi
hodisalar yuz bergan.
Birinchi axborot inqilobiyozuvning kashf etilishi bilan bog’liq.
Yozuv
insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi
.
O’z
yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan
yuqori iqtisodiy va
madaniy darajaga erishganligi ma’lum
.
Bunga misol qilib,
Qadimgi Misr,
Movarounnahr davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin. Bu borada piktografik
va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Ikkinchi axborot inqilobi(XVI asr o’rtalari
) – kitob bosishning ixtiro
qilinishi bilan bog’liq.Bu hodisa axborotlarni saqlabgina qolmay, ularni ommaga
yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohida
tabaqalar doirasidan chiqib,
ommaviy tusga kirdi. Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi.
Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib,
umuminsoniy
sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.
Uchinchi axborot inqilobi( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti
bilan bog’liq.
Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ
uzatish va qabul qilish imkonini berdi. Insoniyat taraqqiyotining aynan shu
bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi.
Axborot uzatish
vositalarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo’lgan
fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
To’rtinchi axborot inqilobi ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli
texnika va xususan, shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Shuni
ta’kidlab o’tish
lozimki
,
axborot
revolyutsiyasiga ХХ
asr
o’rtalarida
kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng
tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini
radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va
rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi axborot inqilobi“Axborotlashgan
jamiyat” rivojiga asos soldi. Axborot katta oqimlarining vujudga kelishiga:
Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi;
masalan, ХХ asr boshlarida ilmiy xodim
uchun fizika sohasida chop
etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish yetarli hisoblangan
bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga etdi.
Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob,
hujjatlar,
hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan
ko’payib borishi.
sabab bo’ldi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion
portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900–yilgasha
bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan borgan bo’lsa, 1900-
yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950-yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga,
1970-yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga
ortib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: