124
Tarmoq nomlari xizmati (Domain Name System – DNS) foydalanuvchilar
nomi va host-kompyuter - manzilini ko‘rsatadi. DNS kompaniyaning tarmoq
tuzilishi haqida ma’lumotlarini saklaydi. DNS ning muammolaridan biri shundaki,
bundagi ma’lumotlar bazasini mualliflashtirilmagan foylalanuvchilardan yashirish
ancha qiyin. Buning natijasida, hakerlar DNS ni ko‘pincha host-kompyuterlarning
ishonchli nomlari haqida ma’lumotlar manbasidan foydalanish uchun ishlatishi
mumkin.
Uzoq terminallar emulyatsiyasi xizmati uzoq tizimlarni bir-biriga ulash uchun
xizmat qiladi. Bu serverdan foydalanuvchilar TELNET serveridan ro‘yhatdan
o‘tish va o‘z nomi va parolini olishi lozim. TELNET serveriga ulangan haker
dasturni shunday o‘rnatishi mumkinki, buning natijasida u foydalanuvchining
nomi va parolini yozib olish imkoniga ega bo‘ladi.
World Wide Web (WWW) – bu tizim Internet yoki intranet tarmoqlaridagi
har xil serverlar ichidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun xizmat kiladi. WWW ning
asosiy xossalaridan biri – Tarmoqlararo ekran orqali aniq protokol va manzillarni
filtrlash zarurligini tarmoqning himoyalash siyosati qarori bilan hal etilishidir.
Har qanday tashkilotning
tarmoq xavsizligi siyosati ikki qismdan iborat
bo‘ladi:
tarmoq servislaridan foydalanish;
tarmoqlararo ekranni qo‘llash.
Dostları ilə paylaş: