38
– shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash;
– shaxsni axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir
ko‘rsatilishidan himoya qilish.
Mamlakatimiz qonunchiligida mazkur normalar axborot xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiq keladi. Xususan,
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 19-moddasi shaxsning axborotdan
erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar va kafolatlarni yaratishni ko‘zda tutib,
bunga ko‘ra har bir shaxs erkin
ravishda axborotlarni izlash, olish va tarqatish
huquqiga ega.
Axborot xavfsizligining keyingi muhim tarkibiy qismi bo‘lmish shaxsning
shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash bo‘yicha
ham Inson huquqlari
umumjahon Deklaratsiyasida muhim talablar belgilangan.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, shaxsiy hayot daxlsizligi bilan bog‘liq qoida
dastlab, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida huquqiy jihatdan
mustahkamlangan bo‘lib, xususan, uning 12-moddasida shunday deyiladi: “Hech
kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik va noqonuniy tarzda
aralashish, uning uy-joyi daxlsizligi va yozishmalardagi sirlariga o‘zboshimchalik
va noqonuniy tarzda tajovuz qilish va uning or-nomusi va sha’niga tajovuz qilish
mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv
yoki tajovuzlardan qonun
orqali himoya qilinish huquqiga ega.
Jahon xalqaro tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat miqyosida
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish sohasidagi muammolar axborot
resurslarini boshqarish, bu sohadagi aniq va ravshan
strategiyani ishlab chiqish
kabi vazifalardan tashqari, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik
hujjatlarini yaratish, zamon talablaridan kelib chiqib, ularni takomillashtirish kabi
masalalar bugungi kunda dolzarb bo‘lib turibdi.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining
rivojlanib borishi iqtisodiyot, ta’lim, fan hamda boshqa sohalarda faoliyat
samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga,
axborot texnologiyalarining rivojilanishi jarayonida axborot xavfsizligini
39
ta’minlash bilan bog‘liq qonun hujjatlarini xalqaro standartlar,
xorij tajribasi va
milliy manfaatlarini hisobga olgan holda takomillashtirib borish lozim bo‘ladi
O‘zstandart agentligining 05.09.2016 yildagi 05-784 sonli qarori bilan 2016
yil 8 sentyabrdan quyidagi Davlat standartlari joriy etilgan:
Dostları ilə paylaş: