Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalaming
ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro
bog‘langan majmui. Kompyuterlar aro ma’lumotlami almashishni
ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb
ataladi.
Tarmoq orqali axborotlami uzoq masofalarga uzatish imkoniyati
vujudga keldi. Tarmoq axborotlami uzatish, alohida foyda-
lanilayotgan kompyuterlami birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta
masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini
beradi. Bundan tashqari har bir kompyutemi ma’lum bir vazifani
bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlaming resurslaridan
(ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo
kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish
mumkin.
Tarmoq taqdim etadigan hizmatlar.
Kompyuter tarmoqlari
axborotlami elektr signallari ko‘rinishida uzatish va qabul qilishga
ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun
quriladi, ya’ni bog‘langan kompyuterlar orqali biror masalalami
yechish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilami
mi sol tariqasida keltirish mumkin:
-Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar
asosiy kompyuteming (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o‘z
ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
-Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar
o‘z ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi
orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin;
-Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha
kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir
vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
-Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda
tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlaming va ularda qayd qilingan
foydalanuvchilaming tarmoqda o‘zini tutishi hamda faoliyat
yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: