5. Kompyuter tarmoqlarining texnik va dasturiy ta’minoti
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan
hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1. O’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga
muvofiq:
- past 100 Kbit/s gacha;
101
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2. Kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga
muvofiq:
- LAN - lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki
modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan
kompyuter lokal tarmoq;
- MAN katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta
radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan
ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global Area Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3. Tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning
alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va
katta kompyuterlar hamda alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish
tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham
yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida
tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4. Tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat
ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin);
-
tarqatilgan
(Distrubuted)
tarmoqlar.
Bunda
serverlar
tarmoq
foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
- server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu
erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan
foydalanishi mumkin.
5. Tarmoq operatsion tizimlarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OT):
102
- gomogenli - hamma tugunlarda bir xil operatsion tizimlardan foydalaniladi
(masalan, WINDOWS OT tarmog’i);
- geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion tizimlari
ishlatiladi (masalan, Nowell Net Ware, Windows, Linux, …).
Kompyuter tarmog’ining texnik ta’minoti.
Server - tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida
kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar bazasi
va boshqa fayl ma’lumotlari saqlanadi.
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z
mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi
juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
- fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan
foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga
kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o’zida turli stantsiyalardan
bir xil so’rov kelganda, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
- print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqal
i
xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni
qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
- faks - server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam
tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Faks-server olgan faksimil xabarlar
alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
Konsentrator (HUB) - tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashuvini
ta’minlovchi maxsus qurilma. U 8, 16, 24, 32 ta kompyuterlarni o’zaro bog’lash
mumkin.
Axborotni uzatish kabellari - tarmoqda axborotni bir kompyuterdan
boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi.
Modem - axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga (yoki telefon aloqa
tarmog’iga) o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so’zlari birikmasidan kelib
chiqqan bo’lib, uning yordamida axborot uzatuvchi kompyuterda raqamli
103
ko’rinishdan anolog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek qabul qiluvchi
kompyuterda anolog ko’rinishdan raqamli ko’rinishga aylantiriladi.
Ishchi stantsiyalar - bu foydalanuvchi kompyuterlaridir.
Kompyuter tarmog’ining dasturiy ta’minoti. Tarmoqning imkoniyati uning
foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat
turi hamda unga kirish uchun uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda
ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi
uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning
ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko’pgina
foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri
resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh
kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli
modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin Fayl –serverning disk
sig’imi odatdagi kompyuterlarnikidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan boshqa
kompyuterlar foydalanadi.
Tarmoqlarda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Masalan, printer,
modem, maksimal aloqa uchun qurilma. Fayl - server resurslarini boshqaruvchi va
ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti
tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl - serverda
joylashadi. Ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl - server orasidan murojaat
qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys vazifasini bajaruvchi uncha katta
bo’lmagan qobiq joylashtiriladi. Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallagan
dasturiy tizimlar foydalanuvchiga fayl - serverdan foydalanish imkonini beradi.
Qoida bo’yicha ushbu dasturiy tizimlar faylli serverda saqlanishi va barcha
foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanishi mumkin. Lekin, bu
dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo’lganda foydalanuvchi
kompyuteriga, ya’ni ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda
barcha ma’lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo’lsa va faylli
serverda saqlanayotgan bo’lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga
104
oshiriladi. SHubhasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar
foydalanuvchining kompyuteriga ko’chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil «mijoz-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy
ta’minoti resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni
qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga ham
mo’ljallangan. «Mijoz - server» dasturiy tizimi serverning dasturli ta’minoti va
foydalanuvchi - mijozning dasturli ta’minotidan iborat.
Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz - dasturlar
foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida
ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini
qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi va foydalanuvchi
kompyuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi
serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 40 Gigabayt va undan ko’p) bilan
ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ko’p sonli foydalanuvchilarning yuqori unumli
ishlashini, ishonchlilikni va himoyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoqlari
ilovalarida mijoz - server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta
matnli sahifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashhur Web - serverlar,
FTP serverlar, elektron pochta serverlari ma’lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining
mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat ko’rsatish va ulardan javob olish
uchun so’rash imkoniyatini beradi.
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog’i server deb
yuritilishi mumkin.
WINDOWS OT lokal tarmog’i bugungi kunda sozlash va ishlatish uchun juda
qulaydir. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar sizning kompyuteringiz lokal
tarmoqsa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda
ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish
darkor.
105
Yuqorida keltirilgan simlar orqali va maxsus HUB qurilmasidan foydalangan
holda kompyuterni tarmoqra ulash. HUB lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan
boglash uchun kerak bo’lsa, Switch HUB lar binolar orasiga qo’yiladi.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi va ishchi guruhiga ega
bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari
mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish).
Dostları ilə paylaş: |