Insoniyat tarixidan ma’lumki, har bir davlat millatiga, fuqarolariga, yaratgan madaniy boyliklariga, milliy urf-odatlari, an’analariga buyuk hurmat bilan qaragan va uni avaylab asragan. XXI asrga kelib, dunyo manzarasi o‘zgardi.
Globallashuv, demokratiya bayrog‘i ostida kichik davlatlarga gegemon davlatlar tomonidan turli nayranglar, xavf-xatarlar kuchaydi. Dunyo notinch bo‘lib qoldi.
Bugungi zamonda ma’naviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli mojorolarga barham berish, tinchlik va totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab-avaylash, dunyo halqlarining ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand bo‘lishiga erishmoq kerak.
Bunday shart–sharoitga qanday qilib erishiladi? Buning uchun:
birinchidan, ozodlik, adolat va demokratiya tamoyillariga asoslangan do‘stona va ittifoq madaniyatiga erishish;
ikkinchidan, zo‘rovonlikni qaytaruvchi va turli nizolar paydo bo‘lganida, uni bartaraf etishga chorlaydigan, muammolarni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal etuvchi madaniyatni ta’minlash;
uchinchidan, o‘z jamiyatining ichki rivojida uning barcha huquqini, har kishining to‘la miqyosda bor imkoniyatlarini amalga oshirishda to‘liq ishtirokini ta’minlovchi madaniyatga erishish kabi ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak.