Axborot texnologiya fanining taraqqiyot darajasi reja



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü36,85 Kb.
#202443
1   2   3   4
Axborot texnologiya fanining taraqqiyot darajasi-fayllar.org

Axborot texnologiyalarini turkumlash 



Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona


foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha
evolyusion bosqichlarni bosib o‘tdi.
Quyida axborot texnologiyalarini turkumlanishning bir necha turini ko‘rib
chiqamiz.
I. Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari va masala turiga qarab tasniflash.
1 –b o s q i c h. XX asrning 50- yillarida axborot texnologiyalari asosan ish
haqini hisoblashga mo‘ljallangan edi va bu ishlar buxgalterlik elektromexanik va
hisoblash mashinalariga amalgam oshirilar edi.
2 – b o s q i c h. 60-yillarda axborot texnologiyalariga bo‘lgan nuqtai nazar
nacha o‘zgardi. Axborot ko‘pgina parametrlar bo‘yicha davriy hisoblar uchun
ishlatila boshlandi.
3- b o s q i c h . 70 yillar oxiri 80- yillar boshida axborot texnologiyalari qaror
qabul qilish jarayonini qo‘llab- quvvatlovchi va tezlashtiruvchi boshqarishni
nazorat qilish vositasi sifatida keng qo‘llanila boshlandi.
4- b o s q i c h. 80- yillar oxirida axborot texnologiyalarini qo‘llash
konsepsiyasi yana o‘zgardi. U ma’lumotning strategik manbaiga aylandi.
II. Jamiyatni axborotlashtirish yo‘lidagi muommolar bo‘yicha turkumlash.
1- bosqich . 60-yillar apparat qurilmalarining cheklangan imkoniyatlari sharoitida
katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan xarakterlanadi.
2-bosqich . 70- yillar IBM/360 rusumli EHM larning tarqalishi bilan bog‘liq.
Bu davr muammosi - apparat qurilmalarining rivojlanishi dasturiy ta’minotning
rivojlanish darajasidan past bo‘lishidir.
3-bosqich . 80-yillarda kompyuter mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarning
quroliga aylandi. Muammo –foydalanuvchi talabini maksimal darajada qondirish
va unga mos keluvchi kompyuter bilan ishlovchi interfeysni yaratish.
4-bosqich. 90- yillar tashkilotlararo aloqaning zamonaviy texnologiyasining
yaratilishi bilan tavsiflanadi.



Bu davrning asosiy muammolari kompyuter aloqasi uchun protokol va


kelishuvlarni ishlab chiqish, strategik (muhim) ma’lumotlarga chiqishni tashkil
qilish, axborot himoyasi va xavfsizligini tashkil qilish va hokazo.
III. Axborot texnologiyalarining apparat ta’minotining turi bo‘yicha
tasniflash.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha. Tarkibi pero, siyohdon, kitobdan
iborat «Qo‘l» axborot texnologiyasi. Aloqalar pochta orqali xat uzatish
ko‘rinishida o‘rnatilgan. Asosiy maqsad- axborotni kerakli ko‘rinishda ifodalashdan
iborat.
2-bosqich . XIX asrning oxiri. Tarkibida yozuv mashinkasi, telefon, diktafon
bo‘lgan «mexanik» texnologiya.
3-bosqich . XX asr boshi. «elektron» texnologiya. Uning tarkibiga katta EHM
lar va ularga mos ravishda dasturiy ta’minot, elektron yozma mashinalari bo‘lgan.
Texnologiya maqsadi ham shunga mos ravishda o‘zgargan. Axborotni uzatish
shaklidan uning mazmunini shakllantirishga o‘tilgan.
4- bosqich . XX asr o‘rtalari. «Elektron» texnologiya. Uning asosiy qurilmasi
katta EHM lar va ular bazasida yaratilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari
( ABT) va axborot - qidiruv tizimlari (AQT).
5 – bosqich . XX asr oxiri. Yangi «Kompyuter» texnologiyasi. Uning asosiy
qurilmasi har xil maqsadli standart dasturiy mahsulotlarning keng spektriga ega
bo‘lgan shaxsiy kompyuter hisoblanadi. Global va lokal kompyuter tarmoqlari
ishlatila boshlandi.




Xulosa 
Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o‘z
ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektlari haqida
gap yuritamiz.
Bunday obyektlarga sonlar (o‘lchash va modellashtirish natijalari) matnlar,
tasviriy axborotning statisik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va
annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.
Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga
axborot obyektlarini yaratish, kerakli axborot obyektlarini izlash, axborotlarni
yig‘ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash,
axborot obyektlarini (matn, suhbat, rasm, o‘yin va boshqa ko‘rinishda) uzatish,
modellashtirish, loyihalash, obyektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.







Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin