Funksiyalarni amalga oshirish. Funksiya – bu ko'p marta ishlatiladigan dastur bo'lagi. Funksiyalar ma'lum buyruqlar blokini ko'rsatilgan nom bilan saqlash va shu blokni dasturning istalgan joyida, istalgan miqdorda bajarish imkonini beradi.
Funksiyalar defzahira so'zi orqali aniqlanadi. Bu so'zdan so'ng funksiya nomi, undan so'ng qavs va shu qavs ichida bir necha o'zgaruvchilarni ko'rsatish mumkin bo'ladi va oxirida ikki nuqta (:) yoziladi. Shulardan so'ng funksiyani tashkil qiluvchi buyruqlar bloki yoziladi. Quyidagi misolda buning oson ekanligini ko'rish mumkin.
Misol:
Ikki sonnning yig’indisini topuvchi funksiya yaratish.
a,b=eval(input('ikkita sonni kiriting')) #a va b sonlarni kiritish
def funk(a,b): # funksiya e’lon qilish
return a+b #qiymat qaytarish
print(funk(a,b)) #funksiyaga murajaat qilish
NATIJA:
Misol: (function1.py nomi bilan saqlang)
def Salom():
print('Salom, Dunyo!') # funksiyaga tegishli blok
# Funksiya oxiri
Salom() # funksiyani chaqirish
Salom() # ya'na bir marta funksiyani chaqirish
Natija:
$ python function1.py
Salom, Dunyo!
Salom, Dunyo!
Bu qanday ishlaydi: Biz Salomfunksiyasini yuqorida aytib o'tilgan qoida bo'yicha aniqladik. Bu funksiya hech qanday paramert qabul qilmaydi shuning uchun qavs ichida xech qanday parametr yozilmadi. Funksiya parametri – bu qandaydir kiruvchi qiymatlar bo'lib, tegishli natija olish uchun biz uni funksiyaga berishimiz mumkin.
E'tibor bering, bitta funksiyani ko'p marta chaqirishimiz mumkin, demak, aynan bir xil dastur kodini qayta-qayta yozishga hojat yo'q.