Axborot texnologiyalari” kafedrasi 20-06 guruh talabasi erkinov javohir



Yüklə 226 Kb.
səhifə2/4
tarix13.05.2023
ölçüsü226 Kb.
#112738
1   2   3   4
Erkinov Javohir

Funksiyalarni amalga oshirish. Funksiya – bu ko'p marta ishlatiladigan dastur bo'lagi. Funksiyalar ma'lum buyruqlar blokini ko'rsatilgan nom bilan saqlash va shu blokni dasturning istalgan joyida, istalgan miqdorda bajarish imkonini beradi.
Funksiyalar def zahira so'zi orqali aniqlanadi. Bu so'zdan so'ng funksiya nomi, undan so'ng qavs va shu qavs ichida bir necha o'zgaruvchilarni ko'rsatish mumkin bo'ladi va oxirida ikki nuqta (:) yoziladi. Shulardan so'ng funksiyani tashkil qiluvchi buyruqlar bloki yoziladi. Quyidagi misolda buning oson ekanligini ko'rish mumkin.

  1. Misol:

  2. Ikki sonnning yig’indisini topuvchi funksiya yaratish.

  3. a,b=eval(input('ikkita sonni kiriting')) #a va b sonlarni kiritish

  4. def funk(a,b): # funksiya e’lon qilish

  5. return a+b #qiymat qaytarish

  6. print(funk(a,b)) #funksiyaga murajaat qilish

  7. NATIJA:



  8. Misol: (function1.py nomi bilan saqlang)

  9. def Salom():

  10. print('Salom, Dunyo!') # funksiyaga tegishli blok

  11. # Funksiya oxiri

  12. Salom() # funksiyani chaqirish

  13. Salom() # ya'na bir marta funksiyani chaqirish

  14. Natija:

  15. $ python function1.py

  16. Salom, Dunyo!

  17. Salom, Dunyo!

Bu qanday ishlaydi:
Biz Salom funksiyasini yuqorida aytib o'tilgan qoida bo'yicha aniqladik. Bu funksiya hech qanday paramert qabul qilmaydi shuning uchun qavs ichida xech qanday parametr yozilmadi. Funksiya parametri – bu qandaydir kiruvchi qiymatlar bo'lib, tegishli natija olish uchun biz uni funksiyaga berishimiz mumkin.
E'tibor bering, bitta funksiyani ko'p marta chaqirishimiz mumkin, demak, aynan bir xil dastur kodini qayta-qayta yozishga hojat yo'q.



Yüklə 226 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin