• ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek
o’zini tutishlik kafolati;
• aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga
xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini
tulik tekshirish mumkinligi kafolati;
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini
kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;
• qasddan buzilishlarga to’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan
kelishilgan xolda o’zini
tutishi.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi,
soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash
buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi,
axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning
kurinishlarining oldini olish;
- 9 -
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini
va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;
-
davlat
sirini,
konunchilikka
mos
xujjatlashtirilgan
axborotning
konfidentsialligini saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish,
ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |