Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi
muammolari
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon
beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis
burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar
odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki
Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati
bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter
qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA),
noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali
telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar
va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega.
Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini
ta’minlaydi.
Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz
tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17
metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning
xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy
kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin.
Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi
qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik
bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi,
zaruriyat tug’ilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.
- 43 -
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan
foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab
etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDA larni ishlatishadi.
Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo’la
turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga o’z vazifalarini samarali bajarishga imkon
beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki
maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari,
narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy
simli lokal tarmoqlariga o’xshash.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaxarga teng bo’lgan xududga xizmat
qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida
esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va
masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik
kompaniya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan
beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional
tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi yoki mobil
foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon
beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta
bo’lishini ta’minlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto
kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy
mulohazalarga
tayangan
holda,
telekommunikatsiya
kompaniyalari
ko’pgina
foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global
tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati
barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to’lovi unchalik yuqori
bo’lmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni
uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta
xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida
bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi ilovalardir. Abonentlar,
masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr qilinayotganlarida
ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar
xududiy chegaralanmaganlar.
Dostları ilə paylaş: |