Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning
strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat
infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot
tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli
jabhalarida keng qo’llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni
boshqarish va x.k.)
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash
va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi.
«Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat
qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga
xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va
uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy
iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |