Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə17/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Dasturning tuzilishi.


C++ tilida barcha dasturlar main() nomli funksiya bilan boshlanishi lozim. main() funksiya bo’lgani uchun qiymat qaytarishi lozim. Shu sababli ko’pchilik C++ dasturlash muhitlarida int main() tipli sifatida (ya’ni butun sonli qiymat qaytaruvchi) boshlanadi. Bu holda dastur oxirida return 0 (yoki ixtiyoriy son) buyrug’i bo’lishi lozim. Ba’zi hollarda void main() tipsiz sifatida (ya’ni qiymat qaytarmaydigan) boshlanadi. Bu holda dastur oxirida return 0 (yoki ixtiyoriy son) buyrug’i bo’lmaydi.
Qavslar funksiya nomi qismi bo`lib, aynan u kompilyatorga ingliz tilidagi oddiy main emas, balki funksiya ishlatilayotganligini bildiradi. Qavslar har bir funksiyaning ajralmas qismi bo`lib, ko`pchilik hollarda qavs ichida funksiya parametrlari beriladi.
main() dan keyin ko`rsatmalar beriladi. Ko`rsatmalar standart buyruq va kutubxona tarkibidagi standart funksiya yoki o`zimiz yozgan xususiy funksiya shaklida beriladi. Birinchi ko`rsatmadan oldin ochuvchi figurali qavs ({), oxirgi ko`rsatmadan keyin esa yopuvchi figurali qavs (}) qo`yiladi. Ochuvchi va yopuvchi figurali qavslar orasidagi funksiyani tashkil qiluvchi ko`rsatmalar ketma- ketligi, ko`pincha funksiya tanasi deyiladi. Shunday qilib, C++ tilida yozilgan eng oddiy dasturning tuzilishi quyidagicha:
int main() //dasturning boshlanishini bildiruvchi funksiya. Kirish nuqtasi.
{ //funksiya shu yerdan boshlanadi.
……..
…….. //kompyuter bajarishi kerak bo`lgan ko`rsatmalar
……. //shu yerda joylashtiriladi.
return 0; //funksiya qiymat qaytaradi.
} //funksiya shu yerda tugaydi.
Ochuvchi va yopuvchi figurali qavslar cheklovchi deb ataladi hamda ular kodning ma`lum bir qismini yagona blok sifatida ajratish uchun xizmat qiladi. Funksiya ochuvchi figurali qavs bilan boshlanib, yopuvchi figurali qavs bilan yakunlanishi lozim. Bundan tashqari, funksiya ichida alohida bloklar xususiy figurali qavslar bilan ajratilishi va ular bir nechta bo`lishi mumkin. Har bir ochuvchi figurali qavsning o`z yopuvchi figurali qavsi mavjud.
int main()
{
……..
{
……..
{
……..
}
……….
}
……. return 0;
}
Qavslarni ishlatish tartibi matematikada qavslar ishlatilish tartibiga asoslangandir. Qavslarni ishlatishga doir cheklov mavjud emas.
{…{…{….{…..{….}…}…}…}…}
Dastur ishga tushirilganda kompyuter ishni main() funksiyaning birinchi ko`rsatmasini bajarishdan boshlaydi. Masalan, C++ tilida Salom so`zini ekranga chiqarish dasturi quyidagi ko`rinishda yoziladi.
1–misol. Salom.cpp dasturi misolida С++ tilida tuzilgan dastur qismlarini namoyish qilish
// Salom.cpp dasturi #include
using namespace std; //Dev C++ muhitida qo’yilishi lozim int main( )
{ cout << “Salom!\n”; return 0;}
NATIJA:
Salom!
TAHLIL

  1. – satrda iostream.h fayli joriy faylga biriktilyapti. Dasturda birinchi funta (#) belgisi joylashgan. U preprotsessorga signal uzatadi. Kompilyatorning har safar ishga tushirilishida preprotsessor ham ishga tushiriladi. U dasturdagi funta (#) belgisi bilan boshlanuvchi qatorlarni o`qiydi.

include - preprotsessorning buyrug’i bo`lib, u quyidagicha tarjima qilinadi: “Bu buyruqni ortidan fayl nomi keladi. Ushbu nomdagi faylni topish va fayldagi mazmunni dasturning joriy qismiga yozish lozim”.
Burchakli qavs ichidagi faylni mos fayllar joylashtirilgan barcha papkalardan izlash lozimligini ko`rsatadi. Agarda kompilyator to`g`ri sozlangan bo`lsa, burchakli qavslar iostream.h faylini sizning kompilyatoringiz uchun mo`ljallangan .h kengaytmali fayllarni o`zida saqlovchi papkadan izlashi kerakligini ko`rsatadi. iostream.h (input – output stream – kiritish– chiqarish oqimi) faylida ekranga ma`lumotlarni chiqarish jarayonini ta`minlaydigan cout ob`ekti aniqlangan. Birinchi qator bajarilgandan so`ng iostream.h fayli joriy dasturga xuddi uning mazmunini qo`l bilan yozganimizdek biriktiriladi. Preprotsessor kompilyatordan keyin yuklanadi va funt (#) belgisi bilan boshlanuvchi barcha qatorlarni bajaradi, dastur kodlarini kompilyatsiyaga tayyorlaydi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin