Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v
Germaniyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, eng yaxshi tarbiya bu zukko va komil ota-ona tomonidan o‘z farzandiga berilgan tarbiyadir. Chunki ota-ona oldida farzandiga ta'sir etish imkoniyatlari boshqalardan ko‘ra eng ko‘p hisoblanib, bu vazifani ado etishda ham ular o‘zlaridagi bor mehrni ishga soladi. Qolaversa, barkamol ota-onaning bosh maqsadi farzandlarining ilmli bo‘lishlari uchun muhit hamda sharoit yaratib berishga qaratiladi va ular har qanday sharoitda ham vaqt ajratib, bolalarining ta'lim-tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanadilar. Shu nuqtai nazardan "Barkamol ota-ona - sifatli ta'lim, mustahkam oila» mutanosibligiga erishish har qanday sog‘lom jamiyatning maqsadidir. Ammo bugun oliy ma'lumotli, komil ota-onalar soni har qancha ko‘payib borayotgan bo‘lishiga qaramay, dunyo pedagoglarining xavotiri ham shunchalik kuchayib bormoqda. Chunki keyingi o‘n yil ichida ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi uchun ajratayotgan vaqtlari tobora qisqarib bormoqda. Buning sabablari sifatida nikohsiz tug‘ilish holatlarining ortib borishi va ajrashishlarning ko‘payayotgani qanchalik tashvishli holat sifatida e'tirof etilayotgan bo‘lsa, ota-onalarning ishga haddan ortiq berilib ketishi natijasida farzandlari bilan birga bo‘lishga vaqt topa olmayotganligi ham eng jiddiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.