hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – A4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – Times New Roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havola (ssыlka)lar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi;
Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar;
Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning nomi,
Maqolaning oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomidan soʻng 4-5 satrlik annotatsiya yoziladi. Annotatsiyadan soʻng oʻzbek, rus va ingliz tillarida kalit so'zlar beriladi. Shundan keyin asosiy matn beriladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matn ichida havola (ssыlka)lar kvadrat qavslar ichida beriladi (bu narsa iqtibos deyiladi yana tekshirilganda plagarism deb topilmasligi uchun) Havolalarning tartib raqami matn oxiridagi foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tegishli manbaga taalluqli boʻladi.
Iqtiqbos-ni sodda qilib aytganda! Bu olgan ma'lumotingiz manbasini oshkoriy yoritish hisoblanadi!
Qanday iqtiqbos qilinadi?... Siz ma'lumot olgan manba #adabiyotlar_royxati dan joy oladi(1)! Yozayotgan matningizda shu ma'lumotni qo‘lladingiz(2), shu jumla oxirida [ ] mana shunday qavs ichida manbaani keltirib ketasiz(3)!
Xalqaro konferensiyalar va jurnallar odatda asosiy qismi IMRAD qolipida tayyorlangan maqolalarni qabul qiladi.Ya'ni:
I-ntroduction (Kirish)
M-ethodology (Uslubiyat)
R-esults (Natijalar)
A-nd
D-iscussion (Muhokama)
IMRAD formati juda oddiy...
Maqolaning
boʻlimlari tabiiy savollarga javob berish kerak:
1) Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bagʻishlangan? (Kirish boʻlimi)
2) Ikkinchi savol: muammo qanday oʻrganildi? (Metodlar boʻlimi)
3) Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday?
(Natijalar boʻlimi).
4) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)
Maqolaning sarlavha va annotatsiya qismi uning eng muhim tarkibiy tuzilishi hisoblanadi!
Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada
tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi
haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini
koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar.
Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil
etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish
uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak.