Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Elektron raqamli imzo va uni respublikamizda tadbiq etilish holati



Yüklə 182,09 Kb.
səhifə6/10
tarix30.11.2023
ölçüsü182,09 Kb.
#170116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-Mustaqil ish.Kibervavfsizlikdocx

Elektron raqamli imzo va uni respublikamizda tadbiq etilish holati
Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir.
YUridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolarni berish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sen­tyabr­dagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini ro‘yxatga olish, yuridik va jismoniy shaxsga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish, shuningdek, elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reestrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lgan Ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda 2006 yilda elektron raqamli imzo kalitlari soni 93 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi chorak yakuniga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar soni 163 531 nafarga etdi.
Korporativ va global tarmoqlarda elektron hujjat aylanishida axborot xavfsizligini ta’minlaydigan eng samarali yo‘llardan biri elektron raqamli imzodir. Elektron raqamli imzo orqali elektron hujjat biror kimsaga yuborilganda, elektron hujjat kim tomondan yaratilgani aniq bo‘ladi, hujjat butunligi saqlanadi va noqonuniy o‘zgartirilishining oldi olinadi.
Elektron raqamli imzo bu elektron hujjatda yoritilgan u yoki bu ma’lumotlarda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo egasini identifikatsiya qilish imkonini beradi hamda an’anaviy qo‘lda qo‘yilgan imzo bilan bir xil kuchga ega.
Hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini har bir sohada joriy etish, hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart – sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, “elektron hujjat”, “elektron raqamli imzo (ERI)” tushunchalari jamiyatning har qaysi sohasiga jadal kirib bormoqda.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Ma’lumot jo‘natuvchining qabul qiluvchiga qandaydir ma’lumotni oddiy usulda jo‘natish ko‘p hollarda turlicha muammolarning kelib chiqishiga olib keladi. Bunda jarayon qatnashchilari asosan quyidagi holatlarga duch keladilar:
- rad etish – xabar yuborgan o‘zi yuborgan xabarni rad etishi;
- qalbakilashtirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi, qalbakilashtiradi;
- o‘zgartirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi;
- niqoblash – tartib buzar xabarni boshqa shaxsga rasmiylashtiradi va h.k.
SHunday hollarda ERI aloqa tizimlarida yuqorida sanab o‘tilgan buzilishlaridan muhofaza qilinishini ta’minlaydi, ya’ni:maxfiy kalit faqat yuboruvchining o‘zigagina ma’lum bo‘lsa, u holda qabul qiluvchi tomonidan qabul qilib olingan ma’lumot faqat yuboruvchi tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi; raqib tomon maxfiy kalitni bilmagan holda o‘zgartirish, qalbakilashtirish, niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi. Hujjatni o‘zgartirishga urinishda xesh qiymat o‘zgaradi va imzo qonuniy kuchga ega bo‘lmay qoladi.

SHuningdek, ERI korxona va savdo-sotiqqa oid tashkilotlarda hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirishda, elektron hujjatga yuridik maqomini berishda katta ahamiyatga ega. 1-rasm. ERIni shakllantirish jarayoni.ERIning umumiy tan olingan sxemasi (modeli) uchta jarayonni o‘z ichiga oladi:
ERI kalitlarini generatsiyalash; ERIni shakllantirish;ERIni tekshirish (haqiqiyligini tasdiqlash).
Elektron hujjatni ERI bilan shakllantirish jarayoni 1-rasmda keltirilgan bo‘lib, avval yuboriluvchi ma’lumotning xesh-funksiya qiymati hisoblanadi. So‘ngra elektron raqamli imzo algoritmiga ko‘ra jo‘natuvchi tomon yopiq kaliti orqali ma’lumot imzolanadi.
ERIni tekshirishda jo‘natuvchi tomon ochiq kaliti orqali hisoblangan xesh-funksiya qiymati va ma’lumot xesh-funksiya qiymatlari solishtiriladi. Quyidagi 2-rasmda. ERIni tekshirish jarayoni keltirilgan.
Turli ERI algoritmlarini shakllantirish va uning haqiqiyligini tekshirish amallari ularning matematik funksiyalari orqali farqlanadi.
Ushbu maqolada mavjud ERI algoritmlarining matematik funksiyalari muammolar murakkabligiga ko‘ra sinflangan (1-jadval):
- Faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Elliptik egri chiziqli diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Parametrlar algebrasiga asoslangan ERI algoritmlari.

Yüklə 182,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin