Masofaviy boshqarish: PowerShell tizimlarni masofadan boshqarishni qo'llab-quvvatlaydi, bu ma'murlarga bitta kompyuterdan bir nechta tizimlarni boshqarish imkonini beradi. CMD bu xususiyatga ega emas.
Skript yaratish: PowerShell foydalanuvchilarga takroriy vazifalarni avtomatlashtirish va tizimlarini boshqarish uchun maxsus skriptlar yaratish imkonini beruvchi kuchli skript tilini o'z ichiga oladi. CMD PowerShell kabi kuchli skript tiliga ega emas.
Umuman olganda, PowerShell CMD-ga qaraganda ancha rivojlangan va kuchli buyruq qatori interfeysidir. PowerShell-ning ob'ektga yo'naltirilgan yondashuvi, modulli arxitekturasi va kuchli skript tili uni murakkab tizimlarni boshqarish va takroriy vazifalarni avtomatlashtirishga muhtoj bo'lgan tizim ma'murlari va quvvat foydalanuvchilari uchun afzal ko'rgan tanlovga aylantiradi.
5-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Yuklanuvchi usb fleshkani tashkil etish
Ishdan maqsad: Operatsion tizimni o’rnatish uchun USB disk yaratuvchi dasturlar va jarayon bilan tanishish.
Amaliy mashg’ulotni bajarishda zaruriy vositalar: Kompyuter va Windows operatsion tizim turkumidagi tizim yuklovchi disk, Ultra ISO amaliy dasturiy paketi.
1-rasm
Ko‘plab foydalanuvchilar «Windows» yoki boshqa distributivdagi operatsion tizim bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishda «UltraISO» dasturi xizmatiga tayanishadi – bu esa o‘z navbatida oddiy va tezkor usul bo‘lib, odatda yaratilgan yuklanuvchi fleshka ko‘plab kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Ushbu qo’llanma orqali turli variantlarda qadamma‑qadam «UltraISO»da yuklanuvchi fleshkani yaratish jarayonini ko‘rsatib beriladi.
«UltraISO» yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 10, 8, Windows 7, Linux) obrazidan, shuningdek turli «LiveCD»lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.
«UltraISO» dasturida disk obrazidan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Boshlanishiga «Windows» va boshqa operatsion tizimlarni o‘rnatish yoki kompyuterning reanimatsiyasi uchun yuklanuvchi USB saqlash qurilmasini yaratishning eng keng tarqalgan variantini ko‘rib chiqamiz. Ushbu misolda biz, «Windows 7» yuklanuvchi fleshkasini yaratishdagi har bir bosqichni ko‘rib o‘tamiz, keyinchalik esa ushbu operatsion tizimni har qanday kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Kontekstdan shunisi ma’lumki, bizga ISO fayl ko‘rinishidagi «Windows 7», 8 yoki 10 (yoki boshqa OT)ning yuklanuvchi ISO obrazi, «UltraISO» dasturi va muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlamagan (chunki ularning barchasi o‘chiriladi) fleshka kerak bo‘ladi. Ishga kirishamiz.«UltraISO» dasturini ishga tushiring, dastur menyusida «Fayl» → «Otkrit»ni tanlang, operatsion tizim obrazi fayli joylashgan manzilni ko‘rsating va «Otkrit» tugmasini bosing.
Ochilganidan so‘ng siz «UltraISO»ning asosiy oynasida obrazga kiruvchi barcha fayllarni ko‘rishingiz mumkin. Umuman olganda ularni shunchaki ko‘rib chiqishdan ma’no yo‘q, shuning uchun davom etamiz.
2-rasm
Dasturning bosh menyusida «Samozagruzka» → «Zapisat obraz jestkogo diska» («UltraISO»ni rus riliga tarjimasining turli versiyalarida, har xil variantlar bo‘lishi mumkin, biroq mazmuni tushunarlidir) larga bosing.
4-rasm
Dostları ilə paylaş: |